Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə3/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Jahonning siyosiy xaritasida so'nggi davrda eng katta o'zgarishlarni keltirib chiqargan tarixiy voqea qaysi? J: 1991-yilda sobiq Sovet Ittifoqining parchalanishi.

  • Sobiq Sovet Ittifoqining parchalanishi natijasida 15 ta yangi mustaqil davlat vujudga keldi va bular qaysilar? J: Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldova, Litva, Latviya, Estoniya, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston.

  • Yevropada 1991-1992-yillarda Yugoslaviyaning parchalanishi natijasida qaysi mustaqil bo'ldi?

    J: Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina hamda Makedoniya (2019-yildan boshlab Shimoliy Makedoniya deb nomlanadi).

    1. Yugoslaviya tarkibida o'shanda faqat qaysi davlatlar qoldi? J: Serbiya bilan Chernogoriya

    2. Nechanchi yilda Chernogoriya Serbiyadan ajralib, mustaqil davlatga aylandi? J: 2006-yilda

    29. 1993-yil 1-yanvardan Chexoslovakiya davlati o'rnida qanday mustaqil respublikalar barpo bo'ldi? J: Chexiya va Slovakiya mustaqil respublikalari
    30. 1990-yilda dunyo siyosiy xaritasida qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi? J: Yevropada ikki nemis davlati (Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi) qo'shilishi natijasida yagona Germaniya Federativ Respublikasi, Osiyoda esa Yaman Arab Respublikasi va Yaman Xalq Demokratik Respublikasi birlashishi hisobiga yagona Yaman Respublikasi tashkil etildi.

    1. Afrikada nechanchi yilda ko'p yillik urush natijasida Eritreya Efiopiya tarkibidan ajralib, suveren davlat maqomiga ega bo'ldi? J: 1993-yilda

    2. Okeaniyada nechanchi yilda Palau davlati AQSHning nazorati ostidagi hududdan mustaqil davlatga aylandi? J: 1994-yilda

    3. Janubi-sharqiy Osiyoda 2002-yilda qaysi davlat mustaqil davlatlar qatorini to'ldirdi? J: Sharqiy Timor

    4. Afrika qit'asida 2011-yil 9-iyulda referendum natijalariga ko'ra, Sudan tarkibidan qaysi davlat ajralib chiqdi? J: Janubiy Sudan.
      1. MAVZU: MAMLAKATLARNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANGANLIGI BO‘YICHA TASNIFI.


    1. Jahon mamlakatlarining eng muhim belgilaridan biri nima? J: ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidir

    2. Davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligini baholash uchun bir qancha mezonlar qo'llaniladi. Bu mezonlardan asosiylari qaysilar: J:

      • yalpi ichki mahsulot (YIM)ning umumiy va aholi jon boshiga nisbatan hajmi;

      • milliy iqtisodiyotning tarmoqlar tarkibi;

      • eksportning tovar tarkibi hamda mamlakatning xalqaro ixtisoslashuvi;

      • turli ko'rsatkichlar bilan belgilanadigan aholining turmush darajasi.

    3. Jahon mamlakatlari ushbu mezonlar asosida BMT tomonidan nechta ta yirik blokka bo'linadi? J: 3 ta yirik blokka. (rivojlangan, rivojlanayotgan va o'tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar).

    4. Rivojlangan mamlakatlar qatoriga, odatda qaysi davlatlar kiritiladi? J: Yevropadagi ko'plab davlatlar (Sharqiy Yevropadan tashqari), AQSH, Kanada, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Isroil va Janubiy Afrika Respublikasi kabi davlatlar kiritiladi.

    5. Shu bilan birga oxirgi yillarda qaysi davlatlarham rivojlangan mamlakatlar sifatida e'tirof etilmoqda? J: Koreya Respublikasi va Singapur

    6. Rivojlangan mamlakatlar nimasi bilan ajralib turadi? J: YIMning aholi jon boshiga hajmi 25 000 AQSH dollaridan ortiqligi, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan qayta ishlash sanoatning yuqori darajada rivojlanganligi, eksport tarkibida tayyor mahsulotlar yetakchilik qilishi, aholining salomatlik va ma'lumotlilik darajasi yuqoriligi bilan ajralib turadi

    7. Rivojlangan mamlakatlar orasida ulkan iqtisodiy salohiyati va ishlab chiqarish hajmi bilan qaysi guruhni tashkil etuvchi davlatlar alohida ajralib turadi? J: «Katta yettilik» guruhi

    8. «Katta yettilik» guruhiga qaysi davlatlar kiradi? J: AQSH, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya hamda Italiya kiradi

    9. Yevropadagi qaysi bir qator «Katta yettilik»ka kirmaydigan davlatlar kichik rivojlangan davlatlar guruhini tashkil qiladi? J: Avstriya, Belgiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Finlandiya, Shveysariya va boshqa

    10. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimi turli davrlarda Yevropadan ko'chib kelgan aholi tomonidan shakllantirilgan va hozirgi kunda rivojlanishning yuqori ko'rsatkichlari bilan tavsiflanadigan qaysi davlatlar «ko'chirilgan» kapitalizm mamlakatlari guruhi sifatida ajratiladi? J: Avstraliya, Yangi Zelandiya, Isroil, JAR singari davlatlar

    11. Qaysi hudud davlatlari rivojlanayotgan mamlakatlar blokiga kiritiladi? J: Osiyo, Afrika, Amerika hamda Okeaniyaning aksariyat davlatlari

    12. Qaysi davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va xususiyatlari bilan bir-biridan ancha farq qiladi? J: Jahon aholisining eng katta qismi (2018-yil ma'lumotlariga ko'ra, 6 mlrd kishi)

    yashaydigan davlatlar.

    1. Ulkan tabiiy-resurs, demografik va iqtisodiy salohiyatga ega tayanch rivojlanayotgan mamlakatlar guruhini qaysi davlatlar tashkil qiladi? J: Xitoy, Hindiston, Braziliya va Meksika

    2. Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar guruhi tarkibiga qaysi davlatlar kiritiladi? J: Saudiya Arabistoni, BAA, Kuvayt, Qatar, Bahrayn, Ummon, Bruney kabi Osiyo davlatlari

    3. Bu mamlakatlarda YIMning aholi jon boshiga to'g'ri keladigan hajmi ancha yuqori bo’lsada nima uchun, bu davlatlar rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiritilmaydi? J: ularning iqtisodiyoti xomashyo resurslariga asoslanganligi sababli

    16. 2017-yil holatiga ko'ra, YIMning aholi jon boshiga ko’ra dunyoda qaysi davlat birinchi turadi? J: Qatar davlati, bu ko'rsatkich boyicha jahonda 1-o'rinni egallagan - 124 740 AQSH doll.).

    1. Tabiiy resurslarning xilma-xil va katta zaxiralari, ulkan aholi va mehnat resurslari salohiyatiga ega bo'lgan, sanoat va qishloq xo'jaligi sohalarida yuqori natijalarga erishayotgan qaysi davlatlardan iborat yirik industrial-agrar mamlakatlar guruhi shakllanmoqda? J: Turkiya, Eron, Pokiston, Indoneziya, Argentina va boshqa davlatlar

    2. Qaysi mamlakatlar xalqaro turizmga ixtisoslashgan bo'lib, aholi turmush darajasining nisbatan yuqori ko'rsatkichlari bilan ajralib turuvchi rivojlanayotgan mamlakatlarning alohida guruhini tashkil etadi? J: Karib dengizi va Okeaniyadagi ayrim orol mamlakatlar

    3. Rivojlanayotgan mamlakatlar ichida eng og'ir ijtimoiy-iqtisodiy holat eng sust rivojlangan mamlakatlar guruhi tarkibiga BMT tomonidan hozirgi vaqtda nechta davlat kiritilgan? J: 48 ta davlat kiritilgan bo'lib, ularning 34 tasi Afrikada, 9 tasi Osiyoda, 4 tasi Okeaniyada, 1 tasi Amerikada joylashgan.

    4. Sobiq Ittifoq respublikalari, 1990-yillargacha sotsialistik tuzum asosida rivojlangan, keyinchalik esa undan voz kechgan qaysi davlatlar BMT tomonidan alohida o'tish iqtisodiyotidagi davlatlar blokiga birlashtiriladi? J: Sharqiy Yevropa davlatlari (Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Bolgariya va b.) hamda Mongoliya


    5. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin