Aholi zichligi darajasi bo'yicha Kanada jahondagi qaysi o’rinlarda turadi?
səhifə 54/54 tarix 21.10.2023 ölçüsü 1,39 Mb. #158828
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)
Aholi zichligi darajasi bo'yicha Kanada jahondagi qaysi o’rinlarda turadi? J: eng so'nggi o'rinlardan birida turadi (1 km 2 ga 4 kishi).
Aholining 4/5 qismi qaysi hududlarida mujassamlashgan? J: mamlakatning iqlim sharoiti
birmuncha qulayroq bo'lgan janubiy hududlarida mujassamlashgan.
Kanadaning qaysi hududlarida aholi zichligi yuqori? J: janubi-sharqiy chegarabo'yi hududlarida.
Kanada jahonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligi jihatidan peshqadam davlatlaridan biri bo’lib, qaysi guruhning a'zosi? J: «Katta yettilik» guruhining a'zosi.
Kanada nimalarni qazib olishda jahon bo'yicha yetakchi o'rinlarda turadi? J: uran, nikel, rux,
oltin, platina, molibden rudalari, olmos, kaliy tuzlari, asbest, oltingugurt qazib olishda.
Kanadada qaysi sanoati ham yuqori darajada rivojlangan? J: neft-gaz sanoati ham.
Tog'-kon sanoati bilan bir qatorda Kanadada qaysi sanoati ham yuqori darajada rivojlangan?
J: elektr energetikasi, yog'ochni qayta ishlash, selluloza-qog'oz, mashinasozlik, rangli va qora metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat sanoati.
Dehqonchilik mamlakat qaysi qismida yaxshi rivojlangan? J: janubidagi unumdor qora tuproqli dashtlarda.
Kanada jahondagi eng yirik nima eksportyorlaridan biri? J: bug'doy eksportyorlaridan biri.
Qanday ekinlarni yetishtirish va jahon bozoriga yetkazish bo'yicha ham Kanada peshqadam davlatlardan biri? J: Raps, soya va kungaboqar kabi moyli ekinlarni.
MAVZU: BRAZILIYA.
Braziliya Federativ Respublikasi qayerdagi eng yirik davlat? J: Janubiy Amerikadagi.
Qirg'oqlari sharqdan qaysi okean suvlari bilan yuviladi? J: Atlantika okeani suvlari bilan.
Braziliya qaysi davlatlardan tashqari Janubiy Amerikadagi barcha davlatlar bilan chegaradosh? J: Chili va Ekvadordan tashqari.
Hududining kattaligi bo'yicha jahon mamlakatlari orasida nechanchi o'rinni egallaydi? J: 5- o'rinni.
Braziliyaning boshqaruv shakli qanday? J: prezidentlik respublikasi.
Braziliya qachon mustaqillika erishgan? J: 1822-yil 7- sentabr.
Braziliyaning yer maydoni qancha? J: 8515,7 ming km 2
Braziliyaning aholisi necha kishi? J: 209,4 mln kishi (2018- y.).
Braziliyaning aholi zichligi 1km 2 ga necha kishi to’g’ri keladi? J: 24,6 kishi.
Braziliya poytaxti qaysi shahar? J: Brazilia shahri.
Braziliyaning ma’muriy-hududiy tuzilishi qanday? J: Braziliya 26 ta shtat va 1 ta federal poytaxt okrugidan iborat.
Braziliyaning hududi qadimgi qaysi platformada joylashgan? J: Janubiy Amerika platformasida joylashgan. Shuning uchun relyefi pasttekislik va yassitog'liklardan iborat.
Mamlakat shimolida katta maydonni qaysi pasttekisligi egallaydi? J: Amazoniya pasttekisligi.
Amazoniya pasttekisligidan janubda kuchli parchalangan qaysi yassitog'ligi joylashgan? J: Braziliya yassitog'ligi joylashgan.
Braziliyada qanday qazilmalarning yirik konlari mavjud? J: neft, ko'mir, temir rudasi, boksit, nikel, uran, olmos va boshqa foydali qazilmalarning yirik konlari.
Nima uchun Braziliyada iqlim sharoiti yuqori darajadagi namgarchilik va issiqlik xosdir? J: Braziliyaning katta qismi ekvatorial va subekvatorial iqlim mintaqalarida joylashganligi sababli.
Sernam iqlim tufayli Braziliyada qanday tarmoqlar yaxshi rivojlangan? J: gidrografik tarmoqlar.
Braziliya shimolidan jahonning eng sersuv daryosi qaysi daryo o'tadi? J: Amazonka daryosi.
Qayerda jahondagi eng yirik va qalin o'rmon massivlaridan biri shaklangan? J: Amazonkaning havzasida.
Braziliyada necha mln. kishidan ortiq aholi yashaydi? J: 209 mln. kishidan ortiq aholi yashaydi (2018-y.).
Aholining tabiiy ko'payishi yuqori emas, yillik hisobda necha % ga teng? J: 0,7-0,8 % ga teng.
Braziliyada shahar aholisining ulushi necha % dan yuqori? J: 85 % dan yuqori.
Braziliyada jahon miqyosida yirikligi bilan ajralib turadigan ikkita qaysi shahar joylashgan? J: San-Paulu va Rio-de-Janeyro joylashgan.
Braziliyaliklarning irqiy tarkibida kimlar ko'pchilikni tashkil qiladi? J: yevropaliklar va mulatlar.
Davlat tili va kundalik hayotda eng ko'p ishlatiladigan til qaysi? J: portugal tili.
Aholining diniy tarkibida kimlar yetakchilik qiladi? J: katoliklar.
Mamlakatning qaysi qismi jahondagi aholi eng zich joylashgan hududlardan biri? J: Mamlakatning Atlantika okeaniga tutash janubi-sharqiy qismi jahondagi aholi eng zich joylashgan
hududlardan biri.
Braziliyaning qaysi qismida, aholi juda siyrak joylashgan? J: Amazoniya o'rmonlarida.
YIM hajmi bo'yicha Braziliya jahonda nechanchi o'rin egallaydi? J: 7-o'rin egallaydi (2018- y.).
Braziliya sanoati so'nggi yillarda qay tarzda o'sib bormoqda? J: barqaror ravishda.
Sanoatining eng muhim tarmoqlaridan biri nima hisoblanadi? J: metallurgiya hisoblanadi.
Jahondagi eng yirik temir rudasi konlaridan hisoblanadigan qaysi konlar katta iqtisodiy ahamiyatga ega? J: Minas-Jerays va Karajas.
Mashinasozlik tarmoqlaridan Braziliyada qaysilar yaxshi rivojlangan? J: avtomobilsozlik, samolyotsozlik, kemasozlik.
Mamlakatda qaysi tarmoqlar katta yutuqlarga ega? J: mikroelektronika, radiotelemexanika, asbobsozlik kabi tarmoqlar.
Braziliya elektr energiyasini ishlab chiqarish bo'yicha jahonning nechtalik davlatlariga kiradi? J: birinchi o'ntaligiga kiradi.
Mamlakat elektr energetikasida nimaning o'rni katta? J: GESlarning o'rni.
Mamlakatdagi qaysi GESlar jahondagi eng yirik GESlar qatoriga kiradi? J: Itaypu, Tukurai, Ksindo.
Braziliya bioyoqilg'i ishlab chiqarish bo'yicha jahonda nechanchi o'rinda turadi? J: AQSHdan keyingi ikkinchi o'rinda.
Braziliyada bioyoqilg'i mahsuloti nimani qayta ishlash asosida ishlab chiqariladi? J: shakarqamishni qayta ishlash asosida.
Avtotransport vositalarining asosiy qismi aynan qanday yoqilg’idan foydalanib ishlaydi? J: bioyoqilg'i (etanol)dan.
Qishloq xo'jaligida qaysilar tovar ahamiyatiga egaligi bilan ajralib turadi? J: dehqonchilik va chorvachilik.
Dehqonchilikda qaysilar muhim ahamiyatga ega? J: donli ekinlar, kofe, shakarqamish, paxta, soya, tamaki, banan yetishtirish.
Braziliya nimaning eksporti bo'yicha jahonda birinchi o'rinda turadi? J: shakar, kofe, soya va tamakining eksporti bo'yicha.
Chorvachilikda nima yuqori darajada rivojlangan? J: go'sht qoramolchiligi va parrandachilik.
Braziliya nima ishlab chiqarish va eksport qilish bo'yicha jahondagi yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi? J: go'sht ishlab chiqarish va eksport qilish bo'yicha.
Dostları ilə paylaş: