Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə51/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Shimoliy va Janubiy Amerika materiklarini qaysi kanal ajratadi? J: Panama kanali.

  • Amerikaning zamonaviy siyosiy xaritasida nechta mustaqil davlat mavjud? J: 35 ta mustaqil davlat.

  • Qit'adagi 4 ta mamlakat dunyoning 10 ta eng yirik davlatlari qatoridan joy olgan davlatlari qaysi? J: Kanada, AQSH, Braziliya va Argentina.

  • Qaysi davlatlarning maydoni 1 mln. km2 dan oshadi?J: Boliviya, Kolumbiya, Peru va Meksikaning maydoni.

  • Qaysi davlatlarining hududi esa 500 ming km2 dan katta? J: Venesuela va Chili davlatlarining.

  • Shu bilan birga, Amerikadagi nechta davlatning maydoni 1 ming km2 dan kam? J: 7 ta davlatning maydoni. Ularning barchasi Karib dengizidagi orollarda joylashgan.

  • Amerikada faqatgina qaysi davlatlar bevosita dengizga chiqish imkoniyatiga ega emas? J: 2 ta davlat - Boliviya va Paragvay.

  • Qaysi davlat qirg'oqlari ikkita, ya'ni Atlantika va Tinch okean suvlari bilan yuviladi? J: Meksika, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama va Kolumbiya.

  • Qaysi davlatlar uchta - Atlantika, Tinch va Shimoliy Muz okeanlariga chegaradosh? J: AQSH va Kanada.

  • Amerikadagi 35 davlatdan nechtasi respublika va nechtasi Britaniya Hamdo'stligi qirolliklari, ya'ni konstitutsion monarxiyalar hisoblanadi? J: 25 tasi respublika, 10 tasi Britaniya Hamdo'stligi qirolliklari, ya'ni konstitutsion monarxiyalar hisoblanadi.

  • Konstitutsion monarxiya davlatlari qayerda joylashgan? J: 2 tasi - Kanada va Beliz - Shimoliy Amerika materigida joylashgan, qolgan 8 tasi esa Karib dengizidagi orol davlatlaridir.

  • Amerikada 7 ta federativ davlat joylashgan bo’lib, bular qaysilar? J: AQSH, Argentina, Braziliya, Kanada, Meksika, Venesuela hamda Sent-Kits va Nevis.

  • Qaysi davlatlar jahondagi eng kichik federativ davlat hisoblanadi? J: Sent-Kits va Nevis.

  • Amerika 2 ta yirik siyosiy-geografik mintaqaga bo'linadi va bular qaysilar? J: Shimoliy Amerika va Lotin Amerikasiga.

  • Shimoliy Amerika mintaqasida qaysi davlatlar joylashgan? J: AQSH va Kanada.

  • Amerikadagi AQSHdan janubda joylashgan barcha davlatlar qayerni tashkil qiladi? J: Lotin Amerikasini.

  • Jahonning ushbu yirik mintaqasi Lotin Amerikasi deb atalishi nima bilan bilan bog'liq? J: ko'p davlatlarida aholi qadimgi lotin tilidan kelib chiqqan ispan, portugal va fransuz tillarida so'zlashishi bilan bog'liq.

  • Shimoliy Amerika va Lotin Amerikasi nimasi bilan farq qiladi? J: ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi hamda aholining milliy-madaniy xususiyatlari bilan.

  • Qaysi davlatlar «Katta yettilik» guruhiga kiradigan rivojlangan davlatlar hisoblanadi? J: AQSH va Kanada.

  • Lotin Amerikasi davlatlari esa qanday davlatlardir? J: rivojlanayotgan davlatlardir. 56-MAVZU: AMERIKA QO’SHMA SHTATLARI.

    1. Amerika Qo'shma Shtatlari jahon mamlakatlari orasida maydoni jihatidan va aholisi soni

    bo'yicha nechanchi o'rinda turadi? J: maydoni jihatidan 4-, aholisi soni bo'yicha esa 3-o'rinda turadi.

    1. Shuningdek, AQSH nimalar bo'yicha zamonaviy jahonning yetakchi davlatlaridan biridir? J: iqtisodiy, harbiy-siyosiy va ilmiy-texnologik qudrati bo'yicha.

    2. AQSH hududi necha qismdan iborat? J: 3 qismdan.

    3. AQSH hududi 3 qismdan iborat bo’lib, bular qaysilar? J: Shimoliy Amerika materigining o'rta qismidagi kontinental shtatlar, Shimoliy Amerikaning shimoli-g'arbida joylashgan Alyaska hamda Tinch okeandagi Gavayi orollari.

    4. AQSH qaysi okeanga chiqish imkoniyatiga ega? J: 3 ta - Atlantika, Tinch va Shimoliy Muz okeaniga.

    5. AQSH quruqlikda faqat qaysi davlatlar bilan chegaradosh? J: Kanada va Meksika bilan AQSH.

    6. AQSH va qaysi davlatning chegarasi jahon bo'yicha ikkita davlat o'rtasidagi eng uzun chegara hisoblanadi? J: Kanadaning chegarasi.

    7. Bering bo'g'izi orqali AQSH qayer bilan chegaradosh? J: Rossiya bilan.

    8. AQSH qachon mustaqillika erishgan? J: 1776-yil 4-iyul.

    9. AQSHning yer maydoni qancha? J: 9519,4 ming km2

    10. AQSHning aholisi necha kishi? J: 328 mln kishi (2018-y.).

    11. AQSHning aholi zichligi 1km2 ga necha kishi to’g’ri keladi? J: 34,5 kishi.

    12. AQSH poytaxti qaysi shahar? J: Vashington shahri.

    13. AQSH boshqaruv shakli qanday?J: prezidentlik respublikasi: prezident davlat va hukumat rahbari hisoblanadi.

    14. Siyosiy-hududiy tuzilishi nuqtayi nazaridan, qanday federatsiyadir? J: AQSH 50 ta shtat va Kolumbiya federal poytaxt okrugidan iborat federatsiyadir.

    15. AQSH shtatlari qayerda joylashgan? J: 48 ta shtat hamda Kolumbiya okrugi (Vashington shahri) kontinental shtatlar hududida joylashgan, 49-shtat Alyaska, 50-shtat esa Gavayi hisoblanadi

    16. AQSH hududi nima uchun tabiiy sharoiti juda xilma-xil? J: hududi yirikligi uchun.

    17. AQSHning relyefi qanday tuzilgan? J: Kontinental shtatlarning sharqiy va markaziy qismlari, asosan, tekisliklardan iborat, g'arbiy qismidan esa Kordilyera tog'larining bir nechta tarmoqlari o'tgan.

    18. Qaysi shtatlarining relyefi ham, asosan, tog'li?J: Alyaska va Gavayi shtatlarining.

    19. Alyaska hududida Shimoliy Amerika materigining eng baland nuqtasi qaysi cho'qqisi joylashgan? J: balandligi 6 194 metr bo'lgan Denali (oldingi nomi - Mak-Kinli) cho'qqisi joylashgan.


    20. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin