Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə48/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Janubiy Afrika Respublikasi aholisining salkam necha % ini turli mahalliy millat va elatlar tashkil qiladi? J: 80 % ini.

  • JAR Tropik Afrika davlatlaridan nimasi bilan ajralib turadi? J: yevropaliklarning nisbatan yuqori ulushi (10 % ga yaqin) bilan

  • Yevropaliklarning katta qismini afrikanerlar – nechanchi asrlarda ko'chib kelgan gollandlarning avlodlari tashkil etadi? J: XVII-XIX asrlarda ko'chib kelgan gollandlarning.

  • Ular niderland tili asosida shakllangan qaysi tilda so'zlashadi? J: afrikaans tilida.

  • Mamlakatning qaysi hududlarida aholi zichligi yuqori? J: shimoli-sharqidagi sanoat rayonlari, janubi-sharqiy va janubiy dengizbo'yi hududlarida.

  • Mamlakatning qaysi hududlarida aholi zichligi juda siyrak? J: g'arbiy va shimoli-g'arbiy cho'l hududlarida.

  • JARning iqtisodiyoti nimaga ixtisoslashgan? J: og'-kon sanoati, mashinasozlik, ko'ptarmoqli qishloq xo'jaligi va turizmga.

  • Nimaning hisobiga JARda tog'-kon sanoati yuqori darajada rivojlangan? J: Turli foydali qazilmalarning boy zaxiralari hisobiga.

  • JAR qaysi resurslarni qazib olish bo'yicha jahon mamlakatlari ichida yetakchi o'rinlarni egallaydi? J: ko'mir, temir rudasi, marganes, oltin, platina, palladiy, olmos va boshqa mineral resurslarni qazib olish bo'yicha.

  • JAR jahondagi eng yirik nima eksportyorlaridan biridir? J: ko'mir eksportyorlaridan biri.

  • Qishloq xo'jaligi mamlakat hududining necha % qismida intensiv rivojlangan, xolos? J: 15 % qismida. Buning asosiy sababi suv resurslarning taqchilligi bilan bog'liq.

  • Dehqonchilikning eng muhim tarmoqlari qaysilar hisoblanadi? J: bog'dorchilik va uzumchilik.

  • Chorvachilikning asosiy tarmoqlari qaysilar? J: qoramolchilik, qo'ychilik, echkichilik.

  • JARda chorvachilikning noodatiy tarmog'i nimani boqish ham rivojlangan? J: tuyaqushlarni boqish.

  • JARning qaysi qismida turizm yaxshi rivojlangan? J: janubiy dengizbo'yi qismida hamda mamlakat ichkarisidagi yirik shaharlarda.
    1. MAVZU: NIGERIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI.


    1. Nigeriya Federativ Respublikasi qayerda joylashgan? J: G'arbiy Afrikada.

    2. Qirg'oqlari qaysi ocean suvlari bilan yuviladi? J: janubdan Atlantika okeanining Gvineya qo'ltig'i suvlari bilan.

    3. Nigeriya qachon mustaqillika erishgan? J: 1960-yil 1-oktabr.

    4. Nigeriyaning yer maydoni qancha? J: 923,7 ming km2

    5. Nigeriyaning aholisi necha kishi? J: 195,9 mln kishi (2018-y.).

    6. Nigeriyaning aholi zichligi 1km2 ga necha kishi to’g’ri keladi? J: 212,1 kishi

    7. Nigeriya poytaxti qaysi shahar? J: Abuja shahri.

    8. Boshqaruv shakli qanday? J: prezidentlik respublikasi.

    9. Nigeriya federativ davlat bo'lib, nechta shtat va federal poytaxt hududidan iborat? J: 36 ta shtat va federal poytaxt hududidan.

    10. Nigeriyaning shtatlari, asosan, nima asosida ajratib qo'yilgan? J: etnik tamoyil asosida.

    11. Poytaxti - Abuja shahri - mamlakatning qaysi qismida joylashgan? J: markazida joylashgan.

    12. Nigeriyaning hududi qaysi daryolari bilan relyefi jihatdan farq qiladigan ikki qismga bo'linadi? J: Niger va Benue daryolari bilan.

    13. Nigeriyaning relyefi qanday? J: Shimolda relyef, asosan, yassi tog'liklardan iborat, mamlakatning janubiy qismi esa pasttekisliklar bilan band.

    14. Nigeriyaning eng katta tabiiy boyligi nima? J: uning neft zaxiralari.

    15. Neft konlari ko'proq mamlakatning qaysi qismida joylashgan? J: janubiy qismida.

    16. Mamlakat, asosan, qaysi iqlim mintaqalarida joylashgan? J: subekvatorial va ekvatorial iqlim mintaqalarida. Yil bo'yi issiq harorat saqlanadi.

    17. Yog'in miqdori janubiy dengizbo'yi hududlaridan qaysi tomonga kamayib boradi? J:shimolga tomon.

    18. Ekvatorial iqlimli qismida yillik yog'in miqdori necha mm atrofida?J: 3 000 mm atrofida.

    19. Nigeriyaning asosiy tabiat zonalari qaysilar? J: Doimiy va fasliy nam o'rmonlar hamda savannalar.

    20. Nigeriyadagi daryolardan eng yirigi qaysi daryo hisoblanadi? J: Niger daryosi.

    21. Nigeriya daryosi qayerda katta deltani hosil qiladi? J: Gvineya qo'ltig'iga quyilishida.

    22. Mamlakatning muhim iqtisodiy rayoni qayer? J: Niger deltasi.

    23. Nigeriya aholi soni bo'yicha jahonda nechanchi o'rinda turadi? J: 7-o'rinda turadi va u dunyoning 10 ta peshqadam davlati orasida tabiiy ko'payishning eng yuqori sur'atlari bilan ajralib turadi.

    24. Nigeriya aholisi yiliga necha million kishiga ko'paymoqda? J: 4-4,5 million kishiga.

    25. Nigeriya aholisining deyarli yarmi qayerlarda yashaydi? J: shaharlarda.

    26. Nigeriyada nechta «millioner» shahar mavjud? J: 6 ta.

    27. Gvineya qo'ltig'i sohilida joylashgan qaysi shahri nafaqat Nigeriya, balki butun Afrikadagi eng yirik shahar hisoblanadi? J: Lagos shahri.

    28. Lagos nechanchi yilgacha mamlakat poytaxti bo'lgan? J: 1991-yilgacha, lekin uning aholisi juda ko'pligi sababli poytaxt Abuja shahriga ko'chirildi.

    29. Nigeriya qaysi Afrikadagi aksariyat mamlakatlar singari ko'pmillatli davlat? J: Tropik Afrikadagi.

    30. Nigeriya aholisining etnik tarkibi nechtadan ziyod mahalliy millat va elatlardan iborat?J: 250

    tadan ziyod.

    1. Eng yirik millatlari qaysilar? J: xausa, yoruba va igbo (har biri jami aholining tahminan 20 % ini tashkil qiladi).

    2. Nigeriyaning davlat tili qaysi? J: ingliz.

    3. Nigeriyaning qaysi qismlarida islom va xristian dini ko'proq tarqalgan? J: shimoliy va g'arbiy shtatlarida islom dini, sharqiy va janubiy shtatlarida esa xristian dini ko'proq tarqalgan.

    4. Aholi zichligi mamlakatda o'rtacha hisobda 1 km2 ga necha kishidan ziyodroq? J: 200 kishidan ziyodroq, qirg'oqbo'yi hududlarida bundan 3-4 barobar yuqoridir.


    5. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin