Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə49/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Nigeriya YIMning umumiy hajmi bo'yicha Afrikada nechanchi o'rinda turadi? J: 1-o'rinda.

  • YIMning aholi jon boshiga to'g'ri keladigan miqdori esa uncha yuqori emas - necha AQSH dollari atrofida? J: 6 000 AQSH dollari atrofida. Ammo bu Tropik Afrikadagi ko'p davlatlarga nisbatan birmuncha balandroq ko'rsatkichdir (mintaqa bo'yicha o'rtacha ko'rsatkich 3 600 AQSH dollariga teng).

  • Mamlakat iqtisodiyotining asosi va davlat byudjeti daromadining bosh manbayi nima? J: neft eksporti.

  • Nigeriya sanoatining eng rivojlangan tarmog'i qaysi? J: Neftni qazish va uni qayta ishlash sanoati.

  • Mamlakatda qaysi sanoati ham birmuncha rivojlangan? J: o'rmon, to'qimachilik, oziq-ovqat va tog'-kon sanoati ham.

  • Nigeriyada aholi bandligining asosiy sohasi nima? J: Qishloq xo'jaligi.

  • Nigeriyada qanday eva ekinlari yetishtiriladi? J: yeryong'oq, makkajo'xori, sholi, sorgo, tabiiy kauchuk, paxta, sholi, turli sabzavot va meva ekinlari.

  • Nigeriya chorvachiligining asosiy tarmoqlari qaysilar? J: Qoramolchilik, qo'ychilik, echkichilik, cho'chqachilik.

    1. MAVZU: MISR ARAB RESPUBLIKASI.


    1. Misr Arab Respublikasi qayerda joylashgan? J: Afrikaning shimoli-sharqida hamda kichik qismi Osiyo qit'asidagi Sinoy yarimorolida.

    2. Misr Arab Respublikasi qirg'oqlari qaysi dengiz suvlari bilan yuviladi? J: shimolda O'rta, sharqda Qizil dengiz suvlari bilan yuviladi.

    3. Suvaysh kanali bu ikki dengizni tutashtiradi hamda ayni paytda, qayerning chegarasi hisoblanadi? J: Afrika va Osiyoning chegarasi hisoblanadi.

    4. Misr iqtisodiy geografik o'rnining qulayligi nima bilan belgilanadi? J: Suvaysh kanalining o'tganligi, Osiyo va Afrika tutashgan hududda joylashganligi.

    5. Misr qachon mustaqillika erishgan? J: 1922-yil 28-fevral.

    6. Misrning yer maydoni qancha? J: 1001,4 ming km2

    7. Misrning aholisi necha kishi? J: 97 mln kishi (2018-y.).

    8. Misrning aholi zichligi 1km2 ga necha kishi to’g’ri keladi? J: 97 kishi.

    9. Misr poytaxti qaysi shahar? J: Qohira shahri.

    10. Misr davlatining boshqaruv shakli qanday? J: prezidentlik respublikasi.

    11. Misr poytaxti - Qohira shahri qayerda joylashgan? J: Nil deltasida joylashgan.

    12. Misrning hududi, asosan, nimalardan iborat? J: tekisliklardan.

    13. Faqat qaysi qismlarida tog'lar mavjud? J: Qizil dengizga yaqin qismi hamda Sinoy yarimorolida.

    14. Foydali qazilmalardan Misrda, asosan, qanday konlar mavjud? J: neft, tabiiy gaz, temir rudasi, fosforit konlari mavjud.

    15. Misr hududi qanday iqlim mintaqasida joylashgan? J: Misr hududining katta qismi tropik, O'rta dengiz sohili esa subtropik iqlim mintaqasida joylashgan.

    16. Misrda yoz va qishi qanday kechadi? J: Yozi juda issiq, qishi iliq.

    17. Yog'in juda kam yog'adi, yillik miqdori, odatda, necha mm dan oshmaydi? J: 200 mm dan

    oshmaydi. Shuning uchun mamlakat hududi, asosan, tropik cho'llar bilan band.

    1. Mamlakatning yagona daryosi qaysi? J: uning hududini janubdan shimolga kesib o'tib, O'rta dengizga quyiladigan Nil - cho'llari orasidan oqib o'tadigan tranzit daryodir.

    2. Tranzit (lotincha tranzitus - o`tish) - biron stansiya, rayon, davlat orqali yuk yoki fuqaro olib o`tish. Yuk yoki fuqaro transportning boshqa turiga o`tkaziladigan yoyinki boshqa tomonga yo`naltiradigan stansiya ham tranzit deyiladi. Irmoq qabul qilmasdan biron hududdan oqib o`tib ketadigan daryo tranzit daryo deb ataladi.

    3. Nil daryosida jahondagi eng yirik suv omborlaridan biri - Asvoqaysi suv ombori barpo etilgan? J: Asvon suv ombori.

    4. Misr Afrika davlatlari orasida aholi soni bo'yicha nechanchi o'rinda turadi? J: Nigeriya va Efiopiyadan keyingi uchinchi o'rinda turadi.

    5. Misr aholisi yiliga deyarli necha % ga kishiga ko'payadi? J: 2,5 % ga, ya'ni 2 milliondan ziyod kishiga.

    6. Misrda shahar aholisining ulushi necha % atrofida? J: 45 % atrofida va bu ko'rsatkich Shimoliy Afrikaning boshqa davlatlariga nisbatan pastroq darajada.

    7. Misrning eng yirik shaharlari qatoriga qaysilar kiradi? J: Qohira, Iskandariya va Giza kiradi.

    8. Misr bir millatli davlat hisoblanadi, chunki aholisining necha % i arablardan iborat? J: 99 % i

    9. Misrda keng tarqalgan din qaysi? J: islom.

    10. Lekin misrliklarning necha % ga yaqin qismi xristian diniga mansub? J: 10 % ga yaqin qismi.

    11. Misrliklarning 90 % idan ziyod qismi qayerda yashaydi? J: aholi zichligi bilan jahon miqyosida ajralib turadigan Nil vodiysi va deltasida yashaydi.

    12. Shuningdek, Misrda yana qayerlarida aholi zichligi birmuncha yuqori? J: Suvaysh kanali bo'yida, O'rta va Qizil dengizlar sohillarida.

    13. Mamlakat iqtisodiyoti qanday xarakterga ega? J: agrar-industrial xarakterga.

    14. Sanoati, asosan, qaysi tarmoqlariga ixtisoslashgan? J: neft-gaz, to'qimachilik, oziq-ovqat va kimyo tarmoqlariga.

    15. Shuningdek, qaysi sanoati ham rivojlanib bormoqda? J: metallurgiya, mashinasozlik sanoati ham.

    16. Qishloq xo'jaligi qanday dehqonchilikka tayanadi? J: sug'orma dehqonchilikka.

    17. Asosiy ekinlar qaysi? J: paxta, sholi, makkajo'xori, sabzavot, meva va poliz ekinlari.

    18. Chorvachilikning asosiy tarmog'i nima hisoblanadi? J: qoramolchilik hisoblanadi.

    19. Misr Arab Respublikasining davlat byudjeti uchun qayer muhim daromad manbayi xisoblanadi? J: Suvaysh kanali orqali kemalar tranzitidan tushadigan bojlar muhim daromad manbayidir.

    20. Misr iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri nima hisoblanadi? J: turizm hisoblanadi.

    21. Turizmning rivojlanishiga nima katta ta'sir ko'rsatadi? J: Misr dengizbo'yi hududlarining tabiiy sharoiti hamda mamlakatning juda boy tarixiy-madaniy merosi katta ta'sir ko'rsatadi.

    1. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin