Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə53/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Asosiy qishloq xo'jalik ekinlari qaysilar? J: bug'doy, makkajo'xori, soya, paxta, shakarqamish, qandlavlagi, turli sabzavot va mevalar.

  • Makkajo'xori, soya, tamaki va paxta eksporti bo'yicha AQSH jahonda nechanchi o'rinda turadi? J: 1-o'rinda turadi.

  • Chorvachilikning asosiy tarmoqlari qaysilar? J: qoramolchilik, parrandachilik va cho'chqachilik.

  • Qaysi mahsulotlarini eksport qilish bo'yicha AQSH jahondagi yetakchi davlatlardan biri? J: Go'sht va sut mahsulotlarini eksport qilish bo'yicha.

  • AQSHda turli tarmoqlarga ixtisoslashgan qishloq xo'jalik mintaqalari vujudga kelgan, bular qaysilar? J: Kordilyera tog'lari etaklarini egallagan Buyuk tekisliklardagi bug'doy mintaqasi, Markaziy tekisliklarning shimolidagi makkajo'xori mintaqasi, Missisipi havzasining janubidagi paxta mintaqasi, Buyuk ko'llarga tutash shtatlaridagi sut mintaqasi shular jumlasidandir.

  • AQSH tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlarning soni bo'yicha jahonda yetakchilik qilmasa ham, nimaning hisobiga eng katta daromad oluvchi davlat hisoblanadi? J: turizm hisobiga.

  • AQSHga ko'proq qayerdan sayyohlar keladi? J: Kanada va Yevropadan.

  • Qaysi shtatlarida dengizbo'yi turizmi keng rivojlangan? J: Florida, Kaliforniya va Gavayi shtatlarida.

  • Qaysi shaharlarga har yili o'nlab million sayyohlar tashrif buyuradilar? J: Nyu-York, Chikago, Los-Anjeles va boshqa shaharlarga.

  • AQSHda tabiiy va ijtimoiy-tarixiy sabablarga ko'ra turli iqtisodiy qudrat va ixtisoslashuvga ega bo'lgan nechta yirik iqtisodiy rayon (makrorayon) ajratiladi? J: 4 ta.

  • AQSHda tabiiy va ijtimoiy-tarixiy sabablarga ko'ra turli iqtisodiy qudrat va ixtisoslashuvga ega bo'lgan birinchi yirik iqtisodiy rayoni qaysi? J: Atlantika okeani bo'yida joylashgan maydoni kichik, ammo aholi soni va zichligi katta bo'lgan, yuqori darajada sanoatlashgan, eng yirik moliyaviy markazlarga ega bo'lgan shtatlarni qamrab olgan Shimoli-sharq;

  • AQSHda tabiiy va ijtimoiy-tarixiy sabablarga ko'ra turli iqtisodiy qudrat va ixtisoslashuvga ega bo'lgan ikkinchi yirik iqtisodiy rayoni qaysi? J: Buyuk ko'llardan janub va g'arbda joylashgan, ko'ptarmoqli sanoat, donchilik va sut chorvachiligiga ixtisoslashgan O'rta G'arb;

  • AQSHda tabiiy va ijtimoiy-tarixiy sabablarga ko'ra turli iqtisodiy qudrat va ixtisoslashuvga ega bo'lgan uchinchi yirik iqtisodiy rayoni qaysi? J: paxtachilik, tamakichilik, bog'dorchilik, neft- kimyo va to'qimachilik sanoati, dengizbo'yi turizmi rivojlanishi bilan ajralib turadigan, qora tanli aholining salmog'i nisbatan yuqori bo'lgan Janub;

  • AQSHda tabiiy va ijtimoiy-tarixiy sabablarga ko'ra turli iqtisodiy qudrat va ixtisoslashuvga ega bo'lgan to’rtinchi yirik iqtisodiy rayoni qaysi? J: ko'proq tog'li relyef va qurg'oqchil iqlimga ega, rangli metallurgiya, aerokosmik, elektronika sanoati, bog'dorchilik va yaylov chorvachiligiga

    ixtisoslashgan, ispanzabon aholining nisbatan yuqori salmog'i bilan ajralib turuvchi G'arb.
      1. MAVZU: KANADA.


    1. Kanada hududining kattaligi bo'yicha jahonda nechanchi o'rinda turadi? J: 2-o'rinda.

    2. Kanada davlati qayerda joylashgan? J: Shimoliy Amerika materigining shimoliy qismi va unga yondosh orollarda.

    3. Kanada qirg'oqlari qaysi okean suvlari bilan yuviladi? J: shimolda Shimoliy Muz okeani, sharqda Atlantika okeani, janubi-g'arbda Tinch okean suvlari bilan.

    4. Kanada quruqlikda faqat qayer bilan chegaradosh? J: AQSH bilan.

    5. Kanada qachon mustaqillika erishgan? J: 1867-yil 1-iyul.

    6. Kanadaning yer maydoni qancha? J: 9976 ming km2

    7. Kanadaning aholisi necha kishi? J: 37,2 mln kishi (2018-y.).

    8. Kanadaning aholi zichligi 1km2 ga necha kishi to’g’ri keladi? J: 4 kishi (3,7 kishi).

    9. Kanada poytaxti qaysi shahar? J: Ottava shahri.

    10. Kanada Britaniya Hamdo'stligi qirolligi bo'lib, davlat rahbari rasmiy ravishda kim hisoblanadi? J: Buyuk Britaniya hukmdori hisoblanadi.

    11. Amalda siyosiy boshqaruv tepasida kim turadi? J: mamlakatning bosh vaziri.

    12. Kanadaning ma’muriy-hududiy tuzilishi qanday? J: Kanada 10 ta provinsiya va 3 ta hududdan iborat federativ davlat.

    13. Kanadaning relyefi qanday tuzilgan? J: Kanadaning sharqiy qismi qadimgi platformada joylashgan bo'lib, asosan, tekislik va kuchli parchalangan yassi tog'liklardan iborat bo'lsa, Tinch okeanga tutash g'arbiy qismi baland Kordilyera tog'lari bilan band.

    14. Kanadaning hududida qanday konlar mavjud? J: uran, temir, nikel, mis, qo'rg'oshin, rux, oltin, neft va tabiiy gazning yirik konlari.

    15. Kanada hududining necha % i sovuq iqlim zonasiga to'g'ri keladi? J: 75 % i.

    16. Asosiy tabiat zonalari qaysilar? J: tayga, tundra va arktika cho'llari.

    17. Janubida nima keng tarqalgan? J: dasht landshafti.

    18. Mamlakat qanday resurslarga juda boy? J: yer, suv hamda o'rmon resurslariga.

    19. Shimoliy yarim shardagi o'rmonlarning deyarli necha qismi Kanadaga to'g'ri keladi? J: 1/3 qismi.

    20. Kanada aholisining tabiiy ko'payish sur'atlari necha foizga teng? J: yillik hisobda 0,5 % dan kam, mexanik ko'payishi esa yiliga 1% gacha yetadi.

    21. Shahar aholisining ulushi necha % dan ortiq? J: 80 % dan ortiq.

    22. Eng yirik shaharlari qaysilar? J: Toronto, Monreal, Vankuver, Kvebek.

    23. Kanadada ikkita eng yirik millat tarkib topgan bo’lib, bular qaysilar? J: kanadalik inglizlar va kanadalik fransuzlardir. Shuning uchun Kanadada ham ingliz, ham fransuz tillari rasmiy til maqomiga ega.

    24. Fransuz tilida so'zlashuvchi aholining 85 % i mamlakat sharqidagi qaysi provinsiyasida iqtiqomat qiladi? J: Kvebek provinsiyasida.

    25. Kanadadagi fransuz madaniyatining markazi qaysi shahri hisoblanadi? J: Monreal shahri.

    26. Mamlakatning shimolida tub aholi kimlar yashaydi? J: eskimoslar va amerikalik hindular yashaydi.


    27. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin