Mavzulashgan


Aholining irqiy, etnik va



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə47/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Aholining irqiy, etnik va diniy tarkibi jihatidan Afrika qit'asi nechta katta qismga bo'linadi? J: ikkita katta qismga.

  • Birinchisiga kiruvchi mintaqa qaysi? J: Misr, Liviya, Sudan, Jazoir, Tunis, Marokash, Mavritaniya kabi davlatlardan iborat bo'lgan Shimoliy Afrika mintaqasi.

  • Bu davlatlarda, asosan, nimasi bilan ajralib turadi? J: janubiy yevropeoid irqiga mansub bo'lgan arab va barbarlar istiqomat qiladi, asosiy din islom dini hisoblanadi, aholining etnik va diniy tarkibi yaxlitliligi bilan.

  • Qit'adagi boshqa davlatlar esa qaysi mintaqasini tashkil qiladi? J: Tropik Afrika mintaqasini.

  • Bu mintaqa aholisining etnik tarkibi qanday? J: juda rang-barang bo'lib, asosan, negroid irqiga mansub yuzlab millat, elat va qabilalardan iborat. Dinlardan esa islom, xristianlik va turli xil mahalliy dinlar keng tarqalgan bo'lib, har xil davlatlarda ularning nisbati turlicha.

  • Afrika davlatlarining jahon xo'jaligidagi o'rni, asosan, nima bilan belgilanadi? J: tog'-kon sanoati va tropik dehqonchiligi bilan belgilanadi.

  • Nima uchun qit'adagi davlatlar iqtisodiyotida ko'proq xomashyoni yetkazadigan tarmoqlar ustunlik qiladi? J: Buning asosiy sabablari ixtisoslashuvning mustamlakachilik davrida shakllanganligi, ishlab chiqarishning texnik va texnologik qoloqligi bilan bog'liq.

  • Neft va tabiiy gaz eksport qilish va hajmi bo’yicha yuqori davlatlari? J: Nigeriya, Jazoir, Angola, Liviya, Gabon, Kongo, Ekvatorial Gvineya.

  • Uran - J: Niger va Malavi.

  • Boksit Gvineya.

  • Mis - Zambiya va KDR (Kongo Demakratik Respublikasi).

  • Fosforit Marokash.

  • Oltin - Gana va Tanzaniya.

  • Olmos - Botsvana, KDR, Angola, Zimbabve, Namibiya

  • JAR qaysi resurslari bilan ajralib turadi? J: toshko'mir, temir, marganes, oltin, platina, olmos kabi mineral resurslarni qazib olish va eksport qilish hajmi bilan ajralib turadi.

  • Aksariyat Afrika davlatlarining qishloq xo'jaligi uchun ma'lum bir ekin turining nimasi xosdir? J: yakkahokimligi.

  • Qaysi davlatlarda asosiy ekin paxta? J: Sudan, Mali, Chad va Burkina-Fasoda.

  • Kakao - Kot-d'Ivuar, Gana, Kamerunda.

  • Yeryong'oq - Senegal va Gambiyada.

  • Kofe - Efiopiya va Ugandada.

  • Keniyada esa asosiy ekin nima hisoblanadi? J: choy hisoblanadi.

  • Ko'ptarmoqli qishloq xo'jaligi qayerlarda shakllangan? J: JAR hamda O'rta dengizbo'yi davlatlarida.

  • Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi nuqtayi nazaridan Afrika nechta qismga bo'linadi? J: 3 ta qismga.

  • Qaysi davlat qit'adagi davlatlar orasida iqtisodiy jihatdan eng qudratlisi bo'lganligi uchun alohida ajratiladi? J: JAR.

  • Qaysi davlatlar birmuncha yuqori darajada rivojlanayotgan davlatlar Shimoliy (O'rta dengizbo'yi) Afrika iqtisodiy geografik mintaqasini hosil qiladi? J: Misr, Liviya, Jazoir, Tunis va Marokash

  • Qit'aning qolgan davlatlari qaysi mintaqa tarkibiga kiradi? J: Tropik Afrika mintaqasi tarkibiga.

  • Tropik Afrikadagi nechta davlat BMT tomonidan jahonning eng sust rivojlangan davlatlar guruhiga kiritilgan? J: 34 ta davlat.
    1. MAVZU: JANUBIY AFRIKA RESPUBLIKASI.


    1. Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) Afrika qit'asining qaysi qismida joylashgan? J: chekka janubiy qismida.

    2. JARning qirg'oqlari qaysi okean suvlari bilan yuviladi? J: janubi-g'arbda Atlantika, ja-nubi- sharqda Hind okeani suvlari bilan.

    3. JAR qanday dengiz yo'llari bo'yida joylashgan? J: muhim va serqatnov xalqaro dengiz yo'llari bo'yida.

    4. JARdagi qaysi shahar Janubiy yarim shardagi eng yirik portshaharlardan biri? J: Keyptaun

    shahri.

    1. JAR qachon mustaqillika erishgan? J: 1910-yil 31-may.

    2. JARning yer maydoni qancha? J: 1219,9 ming km2

    3. JARning aholisi necha kishi? J: 57,7 mln kishi (2018-y.).

    4. JARning aholi zichligi 1km2 ga necha kishi to’g’ri keladi? J: 47,3 kishi

    5. JARning boshqaruv shakli qanday? J: parlamentar respublika.

    6. JAR poytaxti qaysi shahar? J: Pretoriya shahri.

    7. Pretoriya shahrida faqat prezident va hukumatning qarorgohlari joylashgan bo’lib, parlament va Oliy sud esa qaysi shahrida faoliyat ko'rsatadi? J: parlament Keyptaunda, Oliy sud esa Blumfonteyn shahrida faoliyat ko'rsatadi.

    8. JAR hududining relyefi xilma-xil bo’lib, Sharqiy va janubida qanday tog'lari joylashgan? J: Sharqiy qismida Drakon tog'lari, janubida esa Kap tog'lari joylashgan.

    9. Mamlakatning shimoliy va markaziy qismlari hamda g'arbiy hududlari nimasi bilan ajralib turadi? J: shimoliy va markaziy qismlari Veld platosi bilan band, g'arbiy hududlari esa tekislik relyefi bilan ajralib turadi.

    10. JARda qanday boyliklarning zaxiralari mavjud? J: ko'mir, marganes, xrom, uran, oltin, olmos, platina, vanadiy va turli nodir metallarning.

    11. JARning markaziy va g'arbiy hududlarida qanday iqlim shakllangan? J: issiq va qurg'oqchil tropik iqlim.

    12. Mamlakat janubi va sharqidagi dengizbo'yi hududlarda esa qanday iqlim kuzatiladi? J: nam subtropik iqlim.

    13. Mamlakatning qaysi qismida suv resurslari taqchilligi mavjud? J: qurg'oqchil iqlimli qismida.

    14. JAR qit'a davlatlari orasida aholi soni bo'yicha nechanchi o'rinda turadi? J: 6-o'rinda.

    15. Aholi tabiiy ko'payishi sur'atlari aksariyat Afrika davlatlariga nisbatan pastroq bo'lib, yillik hisobda necha % ga teng?J: 1-1,2 % ga.

    16. JAR aholisi nimaning hisobiga ham ko'paymoqda? J: qo'shni davlatlardan ko'chib kelayotganlar hisobiga.

    17. JARda urbanizatsiya darajasi necha % ga teng? J: 65 % ga teng va bu ko'rsatkich Afrikadagi ko'p davlatlarga nisbatan ancha yuqori.

    18. Mamlakatning eng yirik shahri va iqtisodiy poytaxti qayer hisoblanadi? J: Yoxannesburg.


    19. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin