Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə45/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Singapur Osiyoning aholi tabiiy ko'payishi eng past bo'lgan davlatlardan biridir va aholisi, asosan, nimaning hisobiga o'smoqda? J: tashqi migratsiya hisobiga o'smoqda.

  • Singapur aholisining necha % dan ortig'ini xitoyliklar tashkil qiladi? J: 75 % dan ortig'ini.

  • Singapurda malaylar va hindlarning ulushi % i to'gri keladi? J: Malaylarning ulushi 15 % atrofida,

    hindlarga esa aholining 8 % i to'gri keladi.

    1. Rasmiy tillari qaysilar? J: ingliz, xitoy, malay, tamil.

    2. Eng ko'p tarqalgan dinlar qaysilar? J: buddizm va konfutsiylik.

    3. Sanoatning qaysi tarmoqlari yaxshi rivojlangan? J: elektronika, elektrotexnika, kemasozlik, neftni qayta ishlash, kimyo, farmasevtika tarmoqlari yaxshi rivojlangan va eksportga yo'naltirilgan.

    4. Sanoat uchun xomashyo resurslari qayerdan olinadi? J: qo'shni davlatlardan import qilinadi.

    5. Singapur qaysi sohalarda katta yutuqlarga erishgan? J: Axborot texnologiyalari va biotexnologiya sohalarida.

    6. Qaysi sohalari ham Singapur uchun katta iqtisodiy ahamiyatga ega? J: Xalqaro transport va bank-moliya xizmatlarini ko'rsatish, turizm sohalari.

    7. Singapur shahri dunyodagi eng yirik qanday shaharlardan biri hisoblanadi? J: eng yirik port shaharlardan biri hisoblanadi.
    1. MAVZU: AFRIKANING GEOGRAFIK O‘RNI VA SIYOSIY XARITASI.


    1. Afrika qit'asi qaysi hududlardan iborat? J: shu nomdagi materik va unga tutash orollardan iborat.

    2. Afrika nomi qanday kelib chiqqan? J: Qadimgi finikiyaliklar «afarik» so'zi bilan Karfagendan g'arbda yashovchi qabilalarni ataganlar («afar» so'zi finikiyaliklar tilida «chang» ma'nosini anglatgan).

    3. Kimlar Karfagen va uning atroflarini bosib olganlaridan so'ng bu hududga Afrika nomini berdilar? J: Rimliklar. Keyinchalik esa bu nom butun materik va qit'aga nisbatan qo'llana boshlagan.

    4. Afrikaning orollar bilan birgalikdagi maydoni necha mln. km2 ni tashkil etadi? J: 30,3 mln. km2 ni tashkil etadi.

    5. Afrikaning o'rtasidan va g'arbidan nima o'tgan? J: o'rtasidan ekvator chizig'i, g'arbidan esa bosh meridian.

    6. Afrika qaysi yarim sharlarda joylashgan? J: Shimoliy, ham Janubiy, ham Sharqiy, ham G'arbiy yarim sharlarda joylashgan.

    7. Afrika qirg'oqlari qaysi dengiz va okeani suvlari bilan yuviladi? J: shimolda O'rta dengiz, shimoli-sharqda Qizil dengiz, sharqda Hind okeani, g'arbda Atlantika okeani suvlari bilan yuviladi.

    8. Qizil dengiz, Suvaysh kanali va Bob-al-Mandob bo'g'izi Afrikani qayerdan ajratib turadi? J: Osiyodan.

    9. O'rta dengiz va Gibraltar bo'g'izi Afrikani qayerdan ajratib turadi? J: Yevropa qit'asidan.

    10. Afrika qit'asi nimasi bilan ajralib turadi? J: orol va yarimorollar ozligi bilan.

    11. Afrikaning tarkibiga qaysi orollar kiradi? J: Hind okeanidagi Madagaskar, Maskaren, Komor, Seyshel orollari, Atlantika okeanidagi Yashil burun, Kanar, San-Tome va Prinsipi, Avliyo Yelena va boshqa orollar kiradi.

    12. Madagaskar oroli sayyoramizdagi orollar orasida maydoni jihatidan nechanchi o'rinda turadi? J: 4-o'rinda.

    13. Afrikaning yagona yirik yarimoroli qaysi? J: Somali yarimoroli.

    14. Afrikaning hozirgi siyosiy xaritasida nechta mustaqil davlat mavjud? J: 54 ta mustaqil davlat.

    15. Qaysi davrdan boshlab Afrikaning aksariyat hududlari Yevropa davlatlarining mustamlakalariga aylandi? J: Buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlab.

    16. XX asrning boshiga kelib Afrikada faqatgina nechta mustaqil davlat qolgan edi? J: 2 ta mustaqil davlat qolgan edi. Bir necha ming yillik davlatchilik tarixiga ega.

    17. XX asrning boshiga kelib Afrikada faqatgina ikkita mustaqil davlat qolgan edi, bular qaysilar? J: Efiopiya hamda 1847-yil AQSHning yordamida barpo etilgan G'arbiy Afrikadagi Liberiya davlati.

    18. Qit'aning qolgan hududi esa qaysi davlatlar tomonidan o'zaro bo'lib olingan edi? J:Buyuk Britaniya, Fransiya, Portugaliya, Belgiya, Germaniya, Italiya va Ispaniya tomonidan.

    19. Afrika davlatlari nechanchi yillarda mustaqillikka erishisha boshladi? J: 1950-yillarda.

    20. Qachon va kim tomonidan «Afrika yili» deb e'lon qilindi? J: 1960-yil BMT tomonidan.

    21. 1960-yil BMT tomonidan «Afrika yili» deb e'lon qilinib, shu yil qit'adagi nechta mamlakat
    mustaqillikka erishdi? J: 17 ta mamlakat mustaqillikka erishdi va jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi.

    1. Ko'plab mamlakatlari nechanchi yillar mobaynida davlat mustaqilligini qo'lga kiritdi? J: 1960- 1980-yillar mobaynida.

    2. Qit'adagi eng yosh davlatlar qaysilar hisoblanadi? J: 1990-yilda mustaqillikka erishgan Namibiya, 1993-yilda Efiopiyadan ajralib chiqqan Eritreya va 2011-yilda mustaqilligini e'lon qilgan Janubiy Sudan hisoblanadi.

    3. Afrikadagi ko'plab davlatlarning chegaralari qaysi davrida shakllangan? J: mustamlakachilik davrida shakllangan bo'lib, aksariyat hollarda tabiiy va etnik chegaralarga mos kelmaydigan sun'iy ko'rinishga ega.

    4. Nima uchun haligacha qit'ada turli harbiy mojarolar va davlat to'ntarishlari tez-tez sodir bo'lib turadi? J: Afrikadagi ko'plab davlatlarning chegaralari mustamlakachilik davrida shakllangan bo'lib, aksariyat hollarda tabiiy va etnik chegaralarga mos kelmaydigan sun'iy ko'rinishga ega.

    5. Afrika siyosiy xaritasining o'ziga xos jihatlaridan biri nima? J: yirik maydonli davlatlarning ko'pligidir.

    6. Jahondagi hududi 1 mln. km2 dan katta bo'lgan 29 ta davlatdan nechtasi Afrikada joylashgan? J: 12 tasi.

    7. Hududi 1 mln. km2 dan katta bo'lgan Afrikadagi davlatlar qaysilar? J: Jazoir, KDR, Sudan, Liviya, Chad, Niger, Angola, Mali, JAR, Efiopiya, Mavritaniya, Misr.


    8. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin