Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə41/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Aholi eng zich darajada qaysi tekisligda joylashgan? J: Kanto tekisligida

  • Yaponiya YIM ning umumiy hajmiga ko'ra dunyoda qaysi o’rinni egallaydi? J: AQSH, Xitoy va Hindistondan keyingi to'rtinchi o'rinni egallaydi.

  • Yaponiya sanoati eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan tarmoqlardan qaysilariga ixtisoslashgan? J: elektronika, elektrotexnika, dastgohsozlik, kemasozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik, kimyo va neft-kimyo sanoatiga.

  • Yaponiyaning eng mashhur transmilliy kompaniyalar toifasiga qaysilar kiradi? J: «Toyota»,

    «Honda», «Sony», «Mitsubishi» va boshqalar.

    1. Yaponiya dehqonchiligining yetakchi tarmog'i qaysi?J: sholikorlik

    2. Sholi jami ekin maydonlarining qanchasiga ekiladi? J: yarmiga

    3. Yaponiyada transportning qaysi turlari yuqori darajada rivojlangan? J: barcha turlari

    4. Mamlakatning yirik shaharlarini bog'lovchi qaysi tezyurar poyezdlari alohida e'tiborga sazovor? J: «Sinkansen» tezyurar poyezdlari

    5. Yaponiyada ayrim orollar orasida suvosti tunnellar ham o'tkazilgan bo’lib, ulardan eng uzuni qaysi? J: Xonsyu va Xokkaydo orollarini bog'laydigan Seykan tunnelidir (54 km)

    6. Har yili Yaponiyaga necha mln. atrofida xorijiy sayyohlar tashrif buyuradi? J: 30 mln. atrofida

    7. Xonsyu orolining sharqida 600 km masofada shakllangan qaysi mintaqasi iqtisodiy jihatdan Yaponiyaning eng rivojlangan rayoni hisoblanadi? J: Tinch okean sanoat mintaqasi

    8. Yaponiyaning qaysi hududi iqtisodiy jihatdan nisbatan sust rivojlangan? J: Kyusyu orolining janubi, Sikoku va ayniqsa, Xokkaydo oroli.
    1. MAVZU: HINDISTON RESPUBLIKASI.


    1. Hindiston Respublikasi qaysi hududda joylashgan? J: Janubiy Osiyoda

    2. Hindiston Respublikasi jahon mamlakatlari orasida maydoni bo'yicha nechanchi o’rinda turadi? J: 7-o’rinda

    3. Hindiston Respublikasi aholi soni bo'yicha nechanchi o'rinda turadi? J: 2-o'rinda turadi (2018-y.)

    4. Hindiston hududi, asosan, qaysi yarimorolda joylashgan? J: Hindiston yarimorolida

    5. Hindiston Respublikasi shimoldan janubga va g'arbdan sharqqa qancha masofaga cho'zilgan? J: himoldan janubga 3,2 ming km, g'arbdan sharqqa 2,9 ming km masofaga cho'zilgan.

    6. Hindistonga yana qaysi orollar ham qarashlidir? J: Lakkadiv, Andaman va Nikobar orollari ham

    7. Hindiston qanday joylashganligi iqtisodiy geografik o'rnining qulayligini belgilaydi? J: Hindiston Yevropa va Osiyo mamlakatlarini bog'laydigan serqatnov dengiz yo'llari bo'yida joylashganligi.

    8. Hindiston Respublikasi qachon mustaqillika erishgan? J: 1947-yil 15-avgust.

    9. Hindiston Respublikasining poytaxti qaysi shahar? J: Dehli shahri

    10. Hindiston Respublikasining yer maydoni qancha? J: 3287,2 ming km2

    11. Hindiston Respublikasining aholisi necha kishi? J: 1371 mln kishi (2018-y.).

    12. Poytaxti - Dehli - mamlakatning qaysi qismida joylashgan? J: shimoli-g'arbida

    13. Hindiston boshqaruv shakli jihatidan qanday davlat? J: parlamentar respublika

    14. Siyosiy-hududiy tuzilishiga ko'ra, Hindiston qanday davlat hisoblanadi? J: federativ davlat

    15. Hindistonning ma’muriy hududiy tuzilishi qanday? J: 29 ta shtat va 7 ta ittifoqdosh hududlari mavjud.

    16. Federatsiya birliklari, asosan, qaysi tamoyil bo'yicha ajratilgan? J: etnik tamoyil bo'yicha

    17. Hindistonning hududidan qanday relyef shakillarini uchratish mumkin? J: sayyoramizdagi eng baland tog'lar, qalin o'rmonlar, savannalar bilan qoplangan parchalangan yassi tog'liklar, bepoyon qumli cho'llarni uchratish mumkin.

    18. Qaysi mineral boyliklarning zaxiralari ancha kattadir? J: Temir, marganes, xrom, titan, uran, toriy rudalari, ko'mir, olmos, turli qimmatbaho toshlar

    19. Hindistonning turli hududlari hamda dengiz sayozliklaridan nima topilgan? J: neft

    20. Mamlakatning iqlimiy sharoitiga nima katta ta'sir ko'rsatadi? J: shimol tomondan baland Himolay tog'lari bilan o'ralganligi.

    21. Hindiston hududida qaysi fasli deyarli kuzatilmaydi? J: qish fasli deyarli kuzatilmaydi (Himolay tog'laridan tashqari).

    22. Hindiston dehqonlari yiliga necha marta hosil yig'ishlari mumkin? J: 2-3 marta

    23. Yog'ingarchilik mavsumiy xarakterga ega bo'lib, asosan, qaysi oylarida ko'p yog'adi? J: iyun- oktabr oylarida.

    24. Daryolardan eng yiriklari qaysi daryolar? J: Himolay tog'laridan boshlanib, Bengaliya qo'ltig'iga quyiladigan Gang va Braxmaputra daryolari.

    25. Shu bilan birga qaysi daryolarham yirik daryolar hisoblanadi? J: Godavari, Maxanadi, Kaveri, Krishna, Narmada va Tapti daryolari

    26. Hindiston aholi soni jihatidan jahonda nechanchi o’rinni egallaydi? J: Xitoydan keyingi ikkinchi o'rinni egallaydi (2018-y.)

    27. Nima sababdan ikki mamlakat orasida aholi sonidagi farq borgan sari qisqarib bormoqda? J: Hindiston aholisining tabiiy o'sish sur'atlari Xitoyga nisbatan ancha yuqoriligi hisobiga

    28. Hindiston aholisi tarkibi bo’yicha jahondagi qanday davlatdir? J: eng ko'pmillatli

    29. Hindistonda eng ko'psonli millatlar qaysilar hisoblanadi? J: Hindlar, bengallar, telugular, panjobliklar, tamillar eng ko'psonli millatlar

    30. Hindlarning jami aholidagi ulushi necha % dan biroz balandroq? J: 40% dan biroz balandroq

    31. Aholining necha % i induizm diniga e'tiqod qiladi? J: 80% i

    32. Ikkinchi o'rinda qaysi din vakillari turadi? J: musulmonlar turadi


    33. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin