Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə42/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Musulmonlar mamlakat aholisining necha % ini tashkil qiladi? J: 13 % ini

  • Shuningdek, Hindistonda yana qaysi din vakillari ham yashaydi? J: xristianlar, sikxlar, buddistlar va boshqa din vakillari

  • Hozir mamlakat aholisining necha qismi shaharlarda yashaydi? J: 1/3 qismi

  • Shaharlari orasida qaysilari eng yiriklari hisoblanadi? J: Mumbay (Bombey), Kolkata (Kalkutta), Dehli, Bangalor, Chennay (Madras), Haydarobod, Ahmadobod eng yiriklari.

  • Aholining o'rtacha zichligi har 1 km2 maydonga necha kishini tashkil etadi? J: 417,1 kishi (2018-yil).

  • Aholi zichligi qaysi hududlarda juda yuqori darajada? J: Gang vodiysi va dengizbo'yi tekisliklarida

  • Aholi zichligi qaysi hududlarda esa ancha siyrak joylashgan? J: Himolay tog'lari yonbag'irlari, mamlakatning shimoli-g'arbiy va markaziy qurg'oqchil hududlarida.

  • Hindiston jahonda yalpi ichki mahsulot hajmiga ko'ra nechanchi o’rinda turadi?J: AQSH va Xitoydan keyingi 3-o'rinda turadi (2017-y.) va tayanch rivojlanayotgan mamlakatlardan biri sanaladi.

  • Hindistonni ko'pincha «tafovutlar mamlakati» deyishadi, bunga sabab nima? J: chunki unda boylik bilan kambag'allik, eng zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari bilan natural ishlab chiqarishga asoslangan oddiy xo'jaliklar uyg'unlashib ketgan.

  • Hindiston yengil va oziq-ovqat sanoatiga ixtisoslashgan mamlakatdan tobora qanday mamlakatga aylanib bormoqda? J: zamonaviy og'ir sanoat tarmoqlari rivojlangan mamlakatga aylanib bormoqda

  • Hindiston iqtisodiyotining asosini qaysi sanoat tashkil etadi? J: metallurgiya, mashinasozlik va kimyo sanoati.

  • Hindiston qaysi maxsulotlarni ishlab chiqarishda jahon mamlakatlarining birinchi beshtaligiga kiradi? J: ko'mir va temir rudalari, osh tuzini qazishda, po'lat, cho'yan, mis, alyumimiy, sement, ip-gazlama, poyabzal ishlab chiqarishda.

  • Qaysi shahri butun dunyoga mashhur zamonaviy axborot texnologiyalarning markazi hisoblanadi? J: Bangalor shahri

  • Qishloq xo'jaligida jami band aholining necha % iga yaqin qismi ishlaydi? J: 40% iga yaqin qismi

  • Ekin maydonlarining kattaligiga ko'ra, u jahonda nechanchi o'rinda turadi? J: AQSHdan keyingi 2-o'rinda turadi.

  • Sug'oriladigan maydonlarining hajmiga ko'ra esa, Hindiston faqat qaysi davlatdan keyin turadi? J: Xitoydan keyin

  • Hindiston qanday ekinlar yetishtirish bo'yicha jahon mamlakatlarining yetakchi uchtaligiga kiradi? J: sholi, bug'doy, kartoshka, shakarqamish, yeryong'oq, sabzavot, meva, paxta, choy, murch, turli dorivor ekinlar yetishtirish bo'yicha.
    1. MAVZU: FORS QO‘LTIG‘I ARAB DAVLATLARI.


    1. Jahon energetika xo'jaligida qaysi mintaqa alohida o'ringa ega? J: Fors qo'ltig'i mintaqasi.

    2. Fors qo'ltig'i atrofida nechta davlat joylashgan? J: 8 ta davlat.

    3. Fors qo'ltig'i atrofidagi davlatlardan 6 tasi, ya’ni qaysi davlatlar tabiiy geografik, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, demografik va milliy-madaniy jihatdan bir-biriga ancha o'xshaydi? J: Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Ummon, Qatar, Kuvayt, Bahrayn.

    4. Bu mamlakatlar guruhi qanday davlatlar deb ataladi? J: Fors qo'ltig'i arab davlatlari.

    5. Fors qo'ltig'idagi kichik orollarda joylashgan Bahrayndan tashqari, shu guruhdagi barcha davlatlar qaysi yarimorolda joylashgan? J: Arabiston yarimorolida.

    6. Mintaqa iqtisodiy geografik o'rnining qulayligi nima bilan belgilanadi? J: uchta qit'a - Osiyo, Afrika va Yevropa tutashgan hududda, xalqaro ahamiyatdagi dengiz yo'llari bo'yida joylashganligi bilan belgilanadi.

    7. Fors qo'ltig'i arab davlatlari haqida umumiy ma'lumotlar.

      Davlat

      Poytaxt

      Maydoni
      (ming km2)

      Aholisi (mln. kishi, 2018-y.)

      Bahrayn

      Manama

      0,7

      1,5

      Birlashgan Arab
      Amirliklari

      Abu-Dabi

      83,6

      9,5

      Kuvayt

      Al-Kuvayt

      17,8

      4,2

      Qatar

      Doxa

      11,4

      2,7

      Saudiya Arabistoni

      Ar-Riyod

      2150

      33,4

      Ummon

      Maskat

      309,5

      4,7

    8. Mintaqadagi hududiy va demografik salohiyati bo'yicha eng yirik davlat qaysi? J: Saudiya Arabistoni.

    9. Qaysi davlatlari kichik mamlakatlar hisoblanadi? J: Qatar, Kuvayt va Bahrayn.

    10. Fors qo'ltig'i arab davlatlarining barchasi qanday boshqaruv shakliga ega? J: monarxiya boshqaruv shakliga ega.

    11. Saudiya Arabistoni, Qatar, Ummon qanday boshqauv shakliga ega davlatlar? J:mutlaq monarxiyalar.

    12. Kuvayt va Bahrayn qanday boshqauv shakliga ega davlatlar? J: konstitutsion monarxiyalar.

    13. BAA esa qanday boshqauv shakliga ega davlat? J: har biri mutlaq monarxiya hisoblanadigan yettita amirlik federatsiyasi bo'lib, davlat tuzumida mutlaq va konstitutsion monarxiya elementlari uyg'unlashgan.

    14. Arabiston yarimoroli relyefida nimalar asosiy o'rin egallaydi? J: tekislik va yassi tog'liklar.

    15. Fors qo'ltig'i arab davlatlarining iqlimi qanday? J: Iqlimi tropik, yil bo'yi issiq va quruq.

    16. Yozda havo harorati necha gradusga teng? J: kunduzi havo harorati odatda +50oC dan yuqori bo'ladi, kechasi esa 0oC gacha tushishi mumkin.

    17. Yillik yog'in miqdori necha mm ga yetmaydi? J: 100 mm ga yetmaydi.

    18. Fors qo'ltig'i mintaqasida asosiy tabiat zonasi qaysi? J: tropik cho'llardir.

    19. Fors qo'ltig'i davlatlarining asosiy tabiiy boyligi nima? J: ulkan neft va gaz zaxiralari hisoblanadi.

    20. Neft zaxiralari bilan, ayniqsa, qaysi davlatlar ajralib turadi? J: Saudiya Arabistoni, Kuvayt va BAA.

    21. Tabiiy gaz zaxiralari bilan esa qaysi davlatlar ajralib turadi? J: Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA.

    22. Arabiston yarimorolida doimiy oqar suvlar yo'qligi sababli qadimdan nimlar asosiy suv manbayi sifatida xizmat qilgan? J: yerosti suvlari.

    23. Daryolar faqatgina yomg'irlar yog'ganda suvga to'ladigan o'zanlar qanday ko'rinishiga ega? J: vodiylar ko'rinishiga.

    24. Fors qo'ltigi arab davlatlari aholisining muhim xususiyati nimadan iborat? J: xorijiy migrantlarning katta ulushidir.

    25. Fors qo'ltigi arab davlatlarida xorijiy ishchilar aholining necha % ini egallaydi? J: Ummonda xorijiy ishchilar aholining 25 % ini, Saudiya Arabistonida 30 % ini tashkil etsa, boshqa davlatlarda bu ko'rsatkich 50 % dan yuqori, BAAda esa 90 % ga yaqin.


    26. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin