Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə38/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Xitoy iqtisodiy geografik o'rnining qulayligi nima bilan belgilanadi? J: Tinch okeani

dengizlariga bevosita chiqish imkoniyatiga ega ekanligi bilan

  1. Xitoy Xalq Respublikasining boshqaruv tuzumi va siyosiy hayotida nima muhim hisoblanadi?

J: Xitoy Kommunistik partiyasi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lib, partiyaning yetakchisi ayni paytda davlat rahbari - Xitoy Xalq Respublikasi raisi ham hisoblanadi.

  1. Ma'muriy-hududiy jihatdan qanday tuzilgan? J: Xitoy tarkibida 23 ta provinsiya, 5 ta muxtor (avtonom) rayon, 4 ta markazga bo'ysunuvchi shahar va 2 ta maxsus ma'muriy rayon (Gonkong va Makao) ajratiladi

12. 1999-yilda Xitoy tarkibiga kirgan mustamlakalar qaysi? J: Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlakasi Gonkong (Syangan) 1997-yilda, Portugaliyaning mustamlakasi maqomiga ega bo'lgan Makao (Aomin).

  1. Xitoy katta hududni egallaganligi hisobiga tabiiy sharoiti, xususan, nimasi bilan ajralib turadi? J: relyef va iqlimning xilma-xilligi bilan

  2. Relyef tuzilishiga ko’ra qanday tarkib topgan? J: Sharqiy qismida tekislik va yassi tog'liklar keng tarqalgan bo'lsa, g'arbiy hududlarini baland tog'lar va cho'llik xususiyatiga ega bo'lgan tog' oralig'idagi botiqlar egallaydi.

  3. Mamlakat hududi shimoldan janubga va g'arbdan sharqqa necha kmga cho’zilgan? J: shimoldan janubga 4 ming km, g'arbdan sharqqa 4,5 ming kmga

  4. Yoqilg'i-energetika resurslaridan qaysi resurslarga boy? J: ko'mir, neft, gaz va yonuvchi slanesga

  5. Xitoyda Yevrosiyoning qaysi eng yirik daryolari oqadi? J: Yanszi, Xuanxe, Amur singari

  6. Gidroenergetika resurslari hajmiga ko'ra, u dunyoda nechanchi o'rinda turadi? J: birinchi o'rinda

19. 2018-yil holatiga ko'ra, Xitoy aholi soni necha kishi? J: 1 mlrd. 394 mln. kishi. jahondagi yetakchi davlatdir

  1. Hozirgi vaqtda Xitoyda jahon aholisining necha % dan ortig'i yashamoqda? J: 18 % dan ortig'i

  2. Xitoyda bir necha o'n yillar davomida (2016-yilgacha) aholi ko'payishini kamaytirish uchun qanday tamoyilga asoslangan davlat siyosati amalga oshirilgan edi? J: «bir oilaga bir bola» tamoyiliga asoslangan davlat siyosati

  3. «Bir oilaga bir bola» tamoyiliga asoslangan davlat siyosati ta'sirida tabiiy ko'payish, 2018-yilga kelib, necha % gacha tushgan? J: 0,5 % gacha tushgan, lekin shunda ham Xitoy aholisi yiliga 7-8 mln. kishiga ko'paymoqda

  4. Aholining etnik tarkibiga ko'ra, Xitoy qanday davlat hisoblanadi? J: ko'pmillatli davlat

  5. Aholisining necha % dan ko'prog'ini xitoyliklar - xanlar tashkil qiladi? J: 90% dan ko'prog'ini

  6. Ammo rasmiy ma'lumotlarga binoan, mamlakatda xanlardan tashqari, nechta mahalliy millat va elatlar yashaydi? J: 55 ta

  7. Bulardan eng yirik millat va elatlar qaysilar ? J: uyg'urlar, mo'g'ullar, tibetliklar, dunganlar, manjurlar

  8. Dinlardan keng tarqalgani qaysi?J: konfutsiylik

  9. Shu bilan birga, Xitoyda qaysi dinlarga e'tiqod qiluvchilar soni ham ancha? J: daosizm, buddizm, islom, xristianlik dinlariga e'tiqod qiluvchilar

  10. Musulmonlar, asosan, qaysi rayonda yashaydi? J: Shinjon-Uyg'ur muxtor rayonida

  11. Aholining o'rtacha zichligi har 1 km2 maydonga necha kishini tashkil etadi? J: 145 kishini tashkil qilgan holda, bu ko'rsatkich Xuanxe va Yanszi daryolari oralig'idagi tekislikda 800-1000 km2/kishini, Tibet tog'ligida esa 1-2 km2/kishini tashkil etadi.

  12. Aholining necha % i mamlakat hududining 1/3 qismida istiqomat qiladi? J: 90 % i

  13. Xitoyda 2011-yilda shahar aholisining ulushi 50 % dan ortdi va hozirgi kunda urbanizatsiya darajasi necha % atrofida bo'lmoqda? J: 60 % atrofida

  14. Mamlakatdagi eng yirik shaharlar qatoriga qaysi shaharlar kiradi? J: Shanxay, Pekin, Gonkong, Chendu, Guanchjou, Tyanszin, Uxan va boshqalar.
  1. MAVZU: XITOY IQTISODIYOTI VA IQTISODIY RAYONLARI.





  1. Xitoy yalpi ichki mahsulot hajmi bo'yicha jahon mamlakatlari orasida nechanchi o'rinni egallaydi? J: birinchi o'rinni

  2. Ammo YIMning aholi jon boshiga to'g'ri keladigan ko'rsatkichi qanday davlatlar darajasida bo'lmoqda? J: rivojlanayotgan davlatlar darajasida

  3. Xitoyda sanoatning barcha tarmoqlari yuqori darajada rivojlangan bo'lib, sanoat mahsulotlarining ko'plab turlarini ishlab chiqarish bo'yicha jahonda nechanchi o'rinlarda turadi? J: birinchi yoki ikkinchi o'rinlarda

  4. XXR qaysi maxsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha jahonda birinchi o'rinni egallaydi? J: ko'mirni qazib olish, elektr energiyasini ishlab chiqarish, po'lat, cho'yan, alyuminiy, rux, kobalt, oltin hamda boshqa qora va rangli metallarni eritish, yog'och tayyorlash, avtomobil, kema, turli elektronika mahsulotlari, mineral o'g'itlar, sement, qog'oz, gazlamalar, kiyim-kechak, poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishda.

  5. Xitoyda XX asrning 70-80-yillarida sanoat korxonalarining necha qismidan ko'prog'i dengizbo'yi hududlarida joylashgan? J: 2/3 qismidan ko'prog'i

  6. Sanoatning tayanch tarmog'i qaysi? J: yoqilg'i-energetika majmuasi

  7. Xitoyda yiliga necha tonnadan ortiq ko'mir qazib chiqarilmoqda? J: 3,5 mlrd. tonnadan ortiq

  8. Ko’mirning asosiy konlari mamlakatning qaysi hududlarida joylashgan? J: shimoli-sharqiy va sharqiy hududlarida

  9. Xitoy nechanchi yildan buyon elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmiga ko'ra jahonda birinchi o'ringa chiqdi? J: 2012-yildan buyon

  10. Hozirgi vaqtda mamlakatda yiliga necha kWh yaqin elektr energiyasi ishlab chiqariladi? J: 6 trln. kWh yaqin elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda.


  11. Yüklə 1,39 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin