Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə34/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Aholi zichligi 1km2 ga necha kishi to’g’ri keladi? J: 12 kishi (2018-yil)

  • Turkmaniston Respublikasi iqtisodiyotining asosini qaysi tarmoqlar tashkil etadi? J: ko'p- tarmoqli yoqilg'i-energetika va kimyo sanoati

  • Turkmaniston qaysi boylik bo'yicha jahonning yetakchi 10 ta mamlakatlari qatoriga kiradi? J: tabiiy gazni qazish va eksport qilish bo'yicha

  • Respublikada elektr energiyasi faqat nimalarda ishlab chiqariladi? J: IESlarda

  • Turkmaniston qaysi mahsulotlarni katta hajmda ishlab chiqaradi? J: kimyo sanoati mineral o'g'itlar, mirabilit, oltingugurt, yod va boshqa mahsulotlarni

  • Turkmanistonda qaysi sanoat ham ancha yaxshi rivojlangan bo'lib, mamlakatning xalqaro ixtisoslashuvida katta ahamiyatga ega? J: to'qimachilik, tikuvchilik, gilamdo'zlik sanoati

  • Qishloq xo'jaligining asosiy tarmoqlari qaysilar? J: donchilik, paxtachilik (asosan, sifatli ingichka tolali navlar yetishtiriladi), uzumchilik, qorako'lchilik, yilqichilik

  • Qanday zotli otlari butun dunyoga mashhur bo'lib, turkmanlarning faxri hisoblanadi? J: Axalteki

    zotli otlari

    1. Davlat gerbida qaysi hayvon tasvirlangan? J: Axalteki oti tasvirlangan

    2. Kaspiy dengizida nima yaxshi rivojlangan? J: baliqchilik

    3. So'nggi yillarda Kaspiy dengizi sohilida qanday yirik turistik zonasi barpo etildi? J: «Avaza» yirik turistik zonasi.
      1. MAVZU: TOJIKISTON RESPUBLIKASI.


    1. Tojikiston Respublikasi Markaziy qaysi qismida joylashgan? J: Markaziy Osiyoning janubi- sharqida, Hisor-Oloy va Pomir tog'lari hududida joylashgan

    2. Tojikiston Respublikasining yer maydoni qancha? J: 142 ming km2.

    3. Tojikiston Respublikasi qaysi davlatlar bilan chegaradosh? J: Shimolda Qirg'iziston, shimoli-g'arb va g'arbda O'zbekiston, janubda Afg'oniston, sharqda Xitoy bilan chegaradosh.

    4. Iqtisodiy-geografik o'rni nima uchun noqulay hisoblanadi? J: Dunyo okeaniga chiqish imkoniyatining yo'qligi, baland tog'lar sharoitida quruqlik transportini rivojlantirishning murakkabligi hisobiga.

    5. Nechanchi yilda Tojikiston mustaqillikka erishdi? J: 1991-yil 9-sentabrda

    6. Boshqaruv shakli jihatidan Tojikiston qanday respublikasi hisoblanadi? J: prezidentlik respublikasi

    7. Ma'muriy-hududiy tuzilishi birmuncha murakkab bo'lib, qanday tuzilgan? J: 2 ta viloyat, 1 ta muxtor viloyat (Tog'li Badaxshon), respublikaga bo'ysunadigan 1 ta shahar (Dushanbe) va 13 ta tumandan iborat

    8. Poytaxti - Dushanbe shahri mamlakatning qaysi qismida joylashgan? J: janubi- g'arbidagi Hisor vodiysida

    9. Tojikiston qo'shni Qirg'iziston singari qanday mamlakat? J: tog'li mamlakat

    10. Hududining necha % dan katta qismini baland tog' tizmalari egallaydi? J: 90 % dan katta qismi

    11. Tojikistonning sharqiy qismini o'rtacha balandligi 4 000 metrdan yuqori bo'lgan qaysi tog'lar egallaydi? J: Pomir tog'lari

    12. Respublikaning eng baland nuqtasi qayer? J: Ismoil Somoniy cho'qqisi (7 495 m.)

    13. Tojikiston seysmik jihatdan faol mintaqada joylashganligi tufayli respublikada nimalar sodir bo'lib turadi? J: kuchli zilzilalar

    14. Tojikiston hududida qanday yirik konlar bor? J: uran, oltin, kumush, polimetall rudalarining yirik konlari

    15. Tojikiston qaysi resurslarga boy emas?J: yoqilg'i-energetika resurslariga

    16. Tojikiston jahonning qanday resurslari bilan eng yaxshi ta'minlangan davlatlaridan biri hisoblanadi? J: suv va gidroenergetika resurslari bilan

    17. Mamlakat hududidan qaysi daryolar oqib o'tadi? J: Panj, Vaxsh, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon kabi Markaziy Osiyoning eng sersuv

    18. Respublikaning eng katta ko'llari qaysilar? J: Qorako'l, Sarez, Iskandarko'l

    19. Pomir tog'ida joylashgan 1911-yilgi kuchli zilzila natijasida Murg'ob daryosi o'zanida vujudga kelgan yirik mashhur ko'li qaysi? J: to'g'onli ko'li - Sarez ko'li mashhur

    20. Tojikiston aholisining soni necha kishiga teng? J: 9,1 mln. kishiga teng (2018-y.)

    21. Tojikiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida nimasi bilan ajralib turadi? J: aholi tabiiy o'sishining yuqori sur'atlari bilan

    22. Tojikiston mintaqadagi shahar aholisining ulushi eng past bo'lgan davlat bo’lib necha foizni tashkil etadi? J: 27 %, (2018-y.)

    23. Poytaxt aholisi necha ming kishidan ortiq? J: 800 ming kishidan (8.8 %).

    24. Aholi zichligi 1km2 ga necha kishi to’g’ri keladi? J: 64,1 kishi (2018-yil)

    25. Katta shaharlar toifasiga qaysi shaharlari mansub? J: Xo'jand, Boxtar (sobiq Qo'rg'ontepa) va Ko'lob shaharlari

    26. Tog'li relyef sharoitidagi dehqonchilik uchun qulay yerlarning yetishmovchiligi aholi asosiy

    qismining qayerlarda joylashuviga olib keldi? J: tog' oralig'idagi botiqlarda

    1. Aholisining yuqori zichligi bilan mamlakat qaysi hududlari alohida ajralib turadi? J: mamlakat shimolidagi Farg'ona vodiysi, janubi-g'arbida joylashgan Hisor hamda Vaxsh vodiylari.

    2. Qaysi tog'larda esa aholi daryo vodiylari va tog' yonbag'irlaridagi mayda qishloqlarda tarqoq holda joylashgan? J: Pomir tog'larida

    3. Aholisining necha % ga yaqin qismini tojiklar tashkil qiladi? J: 85 % ga yaqin qismini

    4. Aholining milliy tarkibida ikkinchi o'rinda umumiy soni 1 mln. kishidan ortadigan kimlar turadi? J: o'zbeklar turadi

    5. Tog'li Badaxshon muxtor viloyatida tojiklar bilan birga ularga qardosh bo'lgan bir guruh mahalliy qaysi elatlar vakillari hamda qirg'izlar yashaydi? J: vaxanlar, rushanlar, ishkashimlar, yozg'ulamlar va boshqalar.

    6. Tojikistonga Markaziy Osiyo davlatlari orasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning nisbatan pastroq ko'rsatkichlari xos bo'lib, iqtisodiyoti qanday yo'nalishga ega? J: agrar-industrial yo'nalishga

    7. Tojikiston sanoatining yetakchi tarmoqlari qaysilar? J: metallurgiya, tog'- kon, kimyo, qurilish materiallari va yengil sanoatdir.


    8. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin