Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə32/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Qurg'oqchil iqlim tufayli Qozog'istonning bepoyon tekisliklarida qanday tabiat zonalari

shakllangan? J: dasht, chalacho'l va cho'l tabiat zonalari shakllangan.

  1. Yog'inlarning ozligi, hududining aksariyat qismini cho'llar ishg'ol qilganligi mamlakatning katta qismida qanday resurslarining tanqisligini keltirib chiqargan? J: suv resurslarining tanqisligini.

  2. Asosiy daryolari hisoblangan qaysi daryolar to'yinish manbalari esa qo'shni mamlakatlar hududida joylashgan? J: Irtish, Ili, Sirdaryo, Ural respublikaning chekka qismlaridan oqib o'tadi.

  3. Qozog'iston aholisi necha mln. kishiga teng? J: 18,4 mln. kishiga teng (2018-y.).

  4. Aholining tabiiy ko'payishi Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlarga nisbatan pastroq bo'lib, yiliga o'rtacha necha % dan ortiqroq? J: 1,5 % dan ortiqroq.

  5. Urbanizatsiya darajasi necha % ga teng? J: 57 % ga teng (2018-y.).

  6. Hozirgi paytda 3 ta «millioner» shahar mavjud bo’lib, bular qaysilar? J: Almati (mamlakatning eng yirik shahri), Nur- Sulton va Shimkent.

  7. Aholi zichligining o'rtacha ko'rsatkichi Qozog'istonda juda past bo'lib, necha kishi atrofida? J: 7 km2/ kishi atrofida.

  8. Aholi respublikaning qaysi qismida zichroq joylashgan? J: janubidagi sug'orma dehqonchilik

rivojlangan daryo vodiylari va tog'oldi tekisliklarida hamda mamlakat shimolidagi sanoatlashgan hududlarida birmuncha zichroq joylashgan.

  1. Qozoqlar aholining necha % ini tashkil etadi? J: 67,5 % ini (2018-yil).

  2. Qozoqlardan tashqari, mamlakatda qanday millatlar vakillari mavjud? J: ruslar (20 %), o'zbeklar (3 %), ukrainlar (1,5 %), uyg'urlar (1,5 %) va boshqa millatlar vakillari mavjud (2018-y.).

  3. Rus, ukrainlar va o'zbeklar mamlakatning qaysi qismida istiqomat qilishadi? J: Rus va ukrainlar shimoliy va sharqiy hududlarda keng tarqalgan bo'lsa, o'zbeklar, asosan, respublikaning janubidagi Turkiston viloyatida istiqomat qilishadi.

  4. Qozog'iston Markaziy Osiyodagi nechta davlat ichida iqtisodiy salohiyati jihatidan yetakchi hisoblanadi? J: 5 ta davlat ichida. Ayniqsa sanoat sohasidagi ko'rsatkichlari ancha yuqori.

  5. Sanoatning asosiy tarmoqlari qatoriga qaysilar kiradi? J: neft-gaz, ko'mir, qora va rangli metallurgiya, kimyo va mashinasozlik kiradi.

  6. Qozog'iston neft, ko'mir, mis, ruxni qazib olish bo'yicha jahonda nechtalik davlatlar qatoriga kiradi? J: neft qazish hajmi bo'yicha jahonning yetakchi 20 ta davlatlari qatoriga, ko'mir, mis, ruxni qazib olish bo'yicha esa birinchi o'ntalikka kiradi.

  7. Qozog'iston 2009-yildan buyon uran qazib olish bo'yicha jahonda nechanchi o'rinni egallab kelmoqda? J: birinchi o'rinni.

  8. U dunyo bo'yicha jami qazib olinayotgan uranning necha % ga yaqin qismini beradi? J: 40 % ga yaqin qismini.

  9. Elektr energiyasining necha % idan ortig'i IESlarda ishlab chiqariladi? J: 90 % idan ortig'i.

  10. Dehqonchilikning bosh tarmog'i qaysi? J: donchilik.

  11. Donchilik ayniqsa qayerda yaxshi rivojlangan? J: shimoliy viloyatlaridagi lalmi yerlarda.

  12. Janubiy viloyatlarda dehqonchilik sug'orish yordamida rivojlantirilib, bu yerda uning asosiy tarmoqlari qaysilar hisoblanadi? J: sabzavotchilik, sholichilik, polizchilik hisoblanadi.

  13. Chorvachilikning yetakchi tarmoqlari qaysilar? J: qo'ychilik, qoramolchilik, yilqichilik, tuyachilik.
    1. MAVZU: QIRG’IZISTON RESPUBLIKASI.


  1. Qirg'iziston Yevrosiyo materigining o'rta qismida, asosan, qaysi tog'li o'lka hududida joylashgan bo'lib, Dunyo okeaniga chiqish imkoniyatiga ega emas? J: Tyanshan tog'li o'lkasi hududida

  2. Qirg'iziston qaysi davlatlar bilan chegaradosh? J: shimolda Qozog'iston, g'arbda O'zbekiston, janubda Tojikiston, sharqda Xitoy bilan chegaradosh.

  3. Mamlakatning iqtisodiy geografik o'rni nima uchun ancha noqulay hisoblanadi? J: chunki xalqaro ahamiyatga ega transport magistrallari uning hududidan deyarli o'tmaydi. Bu holat Qirg'izistonning murakkab relyef sharoiti bilan bog'liqdir.

  4. Qirg‘iziston Respublikasining milliy mustaqilligi qachon e’lon qilingan? J: 1991-yil 30-avgustda

  5. Qirg‘iziston respublikasining yer maydoni qancha? J: 199,9 ming km2.

  6. Qirg‘iziston respublikasining aholisi qancha? J: 6,2 mln kishi. (2018-yil)

  7. Aholi zichligi 1km2 ga necha kishi to’g’ri keladi? J: 31 kishi (2018-yil)

  8. Qirg'iziston boshqaruv shakliga ko’ra qanday davlat? J: parlamentar respublika.

  9. Ma'muriy-hududiy tuzilishi? J: 7 ta viloyat va 2 ta respublika ahamiyatidagi shahar (Bishkek va O'sh)dan iborat.

  10. Poytaxti - Bishkek shahri, mamlakatning qaysi qismida joylashgan? J: shimolida, Chuy daryosi vodiysida

  11. Mamlakat hududining necha foizi tog' tizmalari bilan band? J: deyarli 90 % i

  12. Qirg'izistonning Xitoy bilan chegarasida Tyanshan tog'larining eng baland nuqtasi - qaysi cho'qqi joylashgan? J: G'alaba cho'qqisi (7439 m) joylashgan

  13. Qirg'izistonning asosiy yer osti boyliklari nimadan iborat? J: oltin, surma, simob, volfram, uran, qalay

  14. Nimaning hisobiga Qirg'iziston daryo va ko'llarga boy bo'lib, suv-energetika resurslari bilan yaxshi ta'minlangan? J: Tyanshan tog'larida yirik muzliklarning mavjudligi hisobiga

  15. Eng katta daryolari qaysilar? J: Norin, Chuy va Talas

  16. Eng katta ko'li qaysi? J: Issiqko'l

  17. Qirg'iziston aholisi tog'li relyef sharoitida juda notekis joylashgan bo'lib, aksariyat qismi qayerda istiqomat qiladi? J: tog' oralig'idagi vodiylarda

  18. Qaysi hududlarda aholi zich yashaydi? J: Farg'ona va Chuy vodiylarida

  19. Aholining necha % dan ko'proq qismi shaharlarda istiqomat qiladi? J: 30 % dan ko'proq qismi


  20. Yüklə 1,39 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin