Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə28/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Bir necha yildan buyon Rossiya neft va tabiiy gaz qazib olish hajmi bo'yicha jahondagi yetakchi nechta davlat qatoridan joy oladi? J: 3 ta davlat qatoridan.

  • Nimaning umumiy eksporti bo'yicha esa Rossiya jahondagi yetakchi davlat hisoblanadi? J: Yoqilg'ining umumiy eksporti bo'yicha.

  • Rossiya yoqilg'i sanoatining eng asosiy rayoni qayer hisoblanadi? J: G'arbiy Sibir hisoblanadi.

  • Elektr energiyasi ishlab chiqarish bo'yicha Rossiya jahonda qaysi davlatlardan keying o’rinda turadi? J: Xitoy, AQSH va Hindistondan keyin to'rtinchi o'rinda turadi.

  • Elektr energiyasining eng katta qismi qaysi stansiyalarda ishlab chiqariladi? J: issiqlik stansiyalarida ishlab chiqariladi (65 % dan ortiq), GESlar ulushi 16 % ga, AESlar hissasi esa 18 % ga teng.

  • Rossiya sanoatining tayanch tarmoqlaridan biri? J: Qora metallurgiya.

  • Rossiya jahonda qora metallurgiya tarmoqlari bo’yicha qanday o’ringa ega? J:temir rudasini qazib olish bo'yicha 4-o'rin, po'lat eritish bo'yicha 5-o'rin, po'lat eksporti bo'yicha 4-o'rinda turadi (2016-y.).

  • Yiliga 70 mln. tonnadan ortiq po'lat eritilib, necha mln. tonnaga yaqin qismi eksport qilinadi?J: 30 mln. tonnaga yaqin qismi.

  • Rossiyada qora metall ishlab chiqarish, asosan, uchta qaysi yirik temir rudasi havzalariga tayanadi? J: Kuznetsk, Magnitogorsk va Kursk magnit anomaliyasiga tayanadi.

  • Rossiya yuqori darajada rivojlangan rangli metallurgiya sanoatiga ham ega. Uning asosiy mahsulotlari qaysilar? J: alyuminiy, nikel, mis, oltin, kumush, rux va qo'rg'oshin.

  • Rossiya alyuminiy va nikelni qazib olish va ularni eksporti bo'yicha nechanchi o'rinda turadi? J: alyuminiy va nikelni qazib olish bo'yicha jahonda 2-o'rin, ularning eksporti bo'yicha esa 1-o'rinda turadi (2016-y.).

  • Oltin qazishda mamlakat jahonda nechanchi o'rinda turadi? J: 3-o'rinda.

  • Rangli metallurgiyaning eng yirik korxonalari qayerda faoliyat ko'rsatmoqda? J: Sharqiy Sibirda.

  • Rangli metallurgiyada qaysi daryolarida qurilgan yirik GESlarning ahamiyati katta? J: Yenisey

    va Angara daryolarida qurilgan yirik GESlarning ahamiyati.

    1. Qaysi sanoat Rossiyada ko'p tarmoqli tarkib va keng geografiyasi bilan ajralib turadi? J: Mashinasozlik sanoati.

    2. Rossiyaning mashinasozligi nimalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan? J: aviakosmik texnika, energetika qurilmalari, vagon, yengil va yuk avtomobillari, qishloq xo'jaligi mashinalari, turli dastgohlarni ishlab chiqarishga.

    3. Mamlakatning eng katta avtomobil zavodi korxonasi qaysi? J: Tolyatti shahridagi

    «AvtoVAZ» korxonasi.

    1. Kimyo sanoatining eng muhim mahsuloti nima hisoblanadi? J: mineral o'g'itlar.

    2. Barcha turdagi mineral o'g'itlarni ishlab chiqarish bo'yicha Rossiya jahonda nechanchi o’rinni egallaydi? J: Xitoydan keyingi 2-o'rinni egallaydi (2016-y.).

    3. Rossiya jahon mamlakatlari orasida eng katta yer fondiga ega, biroq qishloq xo'jaligida foydalaniladigan unumli yerlar uning necha % dan ziyodroq qismini tashkil etadi, xolos? J: 10 % dan ziyodroq qismini.

    4. Dehqonchilikning eng muhim tarmog'i qaysi? J: donchilikdir.

    5. Donchilik, asosan, qaysi zonalarida yaxshi rivojlangan? J: janubi va janubi-g'arbini egallagan dasht va o'rmon-dasht zonalarida.

    6. Don ekinlarining yalpi hosili bo'yicha Rossiya jahonning yetakchi nechta davlatlari qatoriga kiradi? J: 5 ta davlatlari qatoriga kiradi va don, xususan, bug'doy eksporti bo'yicha jahon miqyosida ajralib turadi.

    7. Don ekinlaridan tashqari Rossiyada qaysi ekinlar muhim qishloq xo'jalik ekinlari hisoblanadi? J: qandlavlagi, kartoshka, kungaboqar, zig'ir.

    8. Rossiya don eksporti dinamikasi (1992-2017-yy., mln. tonna).




    1. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari qaysilar hisoblanadi? J: qoramolchilik, cho'chqachilik, parrandachilik hisoblanadi.

    2. Shimoliy hududlarida nima rivojlangan?J: bug'uchilik rivojlangan.

    3. Baliq ovlash qaysi dengizlarda rivojlangan? J: Bering, Oxota, Yapon, Barens, Boltiq va Kaspiy dengizlarida.

    4. Transport yo'llarining zichligi mamlakatning turli qismlarida keskin farq qilib, bu holat nima bilan bog'liq? J: tabiiy-iqlim sharoiti va aholi zichligi bilan bog'liq.

    5. Temir yo'llar uzunligi bo'yicha Rossiya nechanchi o’rinni egallaydi? J: AQSHdan keyingi 2- o'rinni, elektrlashtirilgan temir yo'llarining uzunligi bo'yicha esa jahonda 1-o'rinni egallaydi.

    6. Jahondagi eng uzun temir yo'l Moskvani Vladivostok bilan bog'laydigan qaysi magistral hisoblanadi? J: Transsibir magistrali hisoblanadi.

    7. Mamlakatning ayrim hududlarida, ayniqsa, shimoliy o'lkalarida qaysi transportning ahamiyati yuqori? J: daryo transportining ahamiyati.

    8. Rossiyaning Yevropa qismida qaysi daryosi daryo transporti tarmoqlarining o'zagi bo'lib xizmat qiladi? J: Volga daryosi.

    9. Volga daryosi turli irmoq va kanallar orqali qaysi dengizlar bilan bog'langan? J: Boltiq, Oq va

    Azov dengizlari bilan.

    1. Rossiyaning nechta va qaysi shahrlarida metropoliten mavjud? J: 7 ta shahrida (Moskva, Sankt-Peterburg, Nijniy Novgorod, Samara, Yekaterinburg, Novosibirsk va Qozon) metropoliten mavjud.

    2. Rossiya Federatsiyasi rasman nechta iqtisodiy rayonga bo'linadi? J: 11 ta iqtisodiy rayonga.

    3. Iqtisodiy rayonlardan eng yiriklari qaysilar? J: Markaziy, Shimoli-g'arbiy, Ural, Volgabo'yi, G'arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharqdir.

    4. Mamlakat iqtisodiy rayonlari orasidagi tafovutlar, asosan, nima bilan bog'liq? J: tabiiy sharoit va resurslar hamda tarixiy rivojlanish xususiyatlari bilan bog'liq.
      1. MAVZU: OSIYO QIT’ASINING GEOGRAFIK O‘RNI, CHEGARALARI VA SIYOSIY XARITASI.


    1. Jahonning eng yirik qit'asi Osiyo deb atalishi uning nimasi bilan bog'liq? J: geografik o'rni bilan.


    2. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin