Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə24/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Buyuk Britaniyada urbanizatsiya darajasi necha % dan yuqori? J: 80 % dan

  • Mamlakatning eng yirik shaharlari qatoriga, qaysi shaharlar kiradi? J: Londondan tashqari, Birmingem, Manchester, Liverpul, Glazgo, Edinburg kiradi.

  • Mamlakat aholisining etnik tarkibida eng yirik millat kimlar hisoblanadi? J: inglizlar.

  • Qaysi millatlari ham tub millatlar hisoblanadi?J: Shotlandiyaliklar, uelsliklar va irlandiyaliklar.

  • Eng keng tarqalgan din qaysi hisoblanadi? J: protestant xristianligi.

  • Aholi zichligi qayerlarda eng yuqori darajada? J: Markaziy va Janubiy Angliya, Janubiy Uels hamda O'rta Shotlandiya pasttekisligida.

  • Aholi zichligi qayerlarda ancha pastdir?J: Shotlandiyaning shimoli-g'arbiy tog'li hududlarida.

  • Birlashgan Qirollik aholisining deyarli necha % i Angliyada yashaydi? J: 85 % i.

  • Buyuk Britaniya Yevropa va jahon miqyosida iqtisodiy jihatdan eng qudratli davlatlardan biri, qaysi guruhi a'zosi? J: «Katta yettilik» guruhi a'zosi.

  • YIM hajmi bo'yicha Birlashgan Qirollik Yevropada nechanchi o'rinda turadi? J: Germaniyadan keyingi 2-o'rinda turadi.

  • Buyuk Britaniya sanoat inqilobining beshigi bo'lib, nechanchi asr boshida dunyoning yetakchi sanoatlashgan mamlakati hisoblangan edi? J: XIX-XX asr boshida.

  • Hozirgi vaqtda esa Buyuk Britaniya sanoatining yetakchi tarmoqlari qatoriga qaysilar kiradi?J: avtomobilsozlik, aviasozlik, qishloq xo'jalik mashinasozligi, kimyo va farmasevtika sanoatlari.

  • Elektr energiyasi, asosan, nimalarda ishlab chiqariladi? J: IESlarda.

  • Qishloq xo'jaligining yetakchi tarmoqlari qaysilar hisoblanadi? J: sut-g'osht qoramolchiligi, qo'ychilik va cho'chqachilik.

  • Asosiy qishloq xo'jalik ekinlari: qaysilar? J: bug'doy, arpa, kartoshka, qandlavlagi.

  • Buyuk Britaniya iqtisodiyotida xizmat ko'rsatish sohalari ham katta ahamiyatga ega. Ulardan qaysilari o'zining xalqaro iqtisodiy ahamiyati bilan alohida ajralib turadi? J: bank-moliya sohasi, turizm, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari, tibbiyot va oliy ta'lim.

  • London shahri qaysi shahalar bilan birgalikda jahonning eng yirik moliyaviy markazi hisoblanadi?

    J: Nyu-York va Tokio.

    1. Birlashgan Qirollik eng ko'p sayyohlarni qabul qiladigan jahonning yetakchi nechta davlatlardan biri? J: 10 ta davlatlaridan biri.



      1. MAVZU: FRANSIYA RESPUBLIKASI.


    1. Yevropadagi eng yirik davlatlardan biri - Fransiya Respublikasi - qit'aning qaysi qismida joylashgan? J: g'arbida joylashgan.

    2. Fransiyaning qirg'oqlari qaysi dengiz suvlari bilan yuviladi? J: g'arb va shimoli-g'arbdan Atlantika okeani, janubi-sharqdan esa O'rta dengiz suvlari bilan yuviladi.

    3. Fransiya quruqlikda nechta davlat bilan chegaradosh? J: 8 ta davlat bilan.

    4. Eng uzun chegaralari qaysi davlatlar bilan o'tgan? J: Germaniya, Italiya, Ispaniya davlatlari bilan.

    5. Fransiyaga O'rta dengizdagi qaysi orol tegishli? J: Korsika oroli.

    6. Fransiyaning nechtadan ziyod dengizorti hududlari, ya'ni mustamlakalari ham mavjud? J: 10 tadan ziyod. Ular, asosan, Tinch okean va Karib dengizida joylashgan.

    7. Fransiyaning milliy mustaqilligi qachon e’lon qilingan? J: 1801-yil 1-yanvar.

    8. Fransiyaning poytaxti? J: Parij shaxri

    9. Fransiyaning yer maydoni qancha? J: 551,6 ming km2.

    10. Fransiyaning aholisi qancha? J: 65,1 mln kishi. (2018-yil)

    11. Aholi zichligi 1km2 ga necha kishi to’g’ri keladi? J: 118 kishi (2018-yil)

    12. Fransiya boshqaruv shakliga ko’ra qanday davlat? J: prezidentlik respublikasi.

    13. Siyosiy-hududiy jihatdan Fransiya qanday davlat? J: unitar davlat.

    14. Siyosiy-hududiy jihatdan Fransiya nechta hudud (region) ga bo'linadi? J: 18 ta hudud (region) ga bo'linadi. Ulardan 12 tasi Fransiyaning asosiy kontinental qismida, 1 tasi O'rta dengizdagi Korsika orolida joylashgan, qolgan 5 tasi dengizorti hududlaridan iboratdir.

    15. Fransiya hududining necha qismini tekisliklar egallagan? J: 2/3 qismini.

    16. Mamlakatning sharqiy, markaziy va janubiy hududlarida qanday balandlikdagi tog'lar mavjud? J: Alp, Pireney, Ardenna, Vogeza, Markaziy massiv, Yura singari turli balandlikdagi tog'lar.

    17. Fransiyada foydali qazilmalardan, asosan, qanday konlar muhim sanoat ahamiyatiga ega? J: temir, uran va boksit rudalari konlari.

    18. Fransiyada qanday iqlim shakllangan? J: Fransiyaning Atlantika okeaniga yaqin qismida mo'tadil dengiz iqlimi, sharqiy hududlarida mo'tadil kontinental, janubida esa Orta dengiz tipidagi subtropik iqlim shakllangan.

    19. Fransiyada yoz va qishda ob-havo qanday bo’ladi? J: Yozi issiq, qishi esa iliq va yomg'irli.

    20. Yog'inlar eng ko'p yog'adigan payt qaysi vaqtda kuzatiladi? J: yanvardan aprelgacha kuzatiladi.

    21. Fransiyaning eng uzun va eng sersuv daryosi daryosi qaysi? J: Luara (27-rasm), eng sersuvi esa Rona. Shuningdek, Sena va Garonna ham katta daryolar sirasiga kiradi.

    22. Fransiya Yevropa mamlakatlari ichida aholi soni bo'yicha nechanchi o'rinda turadi? J: 4-

    o'rinda.
    23. 2018-yil holatiga ko'ra, Fransiya aholisi necha mln. kishidan ortiqdir? J: 65 mln. kishidan ortiq.


    1. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin