Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə22/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Eski to'qimachilik rayonlari hisoblanmish qaysilar hozirgi vaqtda ham faoliyat ko'rsatmoqda? J: Buyuk Britaniyadagi Lankashir va Yorkshir, Polshadagi Lodz.

  • Lekin so'nggi yillarda yengil sanoat qaysi mintaqaga ko'chayotganligini ta'kidlab o'tish lozim? J: Janubiy Yevropaga.

  • Ko'p tarmoqli chorvachilik Yevropaning qator mamlakatlarida, ayniqsa qaysi mintaqa davlatlarida yuqori darajada rivojlangan bo'lib, xalqaro ixtisoslashuv tarmog'iga aylandi? J: Shimoliy va G'arbiy Yevropa davlatlarida.

  • Janubiy Yevropada chorvachilikdan ustun ahamiyatga ega tarmoq qaysi? J: dehqonchilik.

  • Qaysi davlatlar moyli (zaytun, kungaboqar) ekinlar va subtropik mevalarni yetishtirish bo'yicha dunyoda yetakchi o'rinlarni egallaydi? J: Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya.

  • Fransiya, Italiya va Ispaniyaga necha mln. kishi turistik sayohat qiladi? J: Fransiyaga yiliga 70 mln. dan ortiq, Italiya va Ispaniyaga 50 - 60 mln. kishi.

  • Qaysi mamlakatlar jahonning yirik turistik markazlari hisoblanadi? J: Shveysariya, Portugaliya, Germaniya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Gretsiya va boshqa mamlakatlar.
      1. MAVZU: GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI.


    1. Yevropaning iqtisodiy jihatdan eng qudratli davlati Germaniya Federativ Respublikasi qit'aning qaysi qismida joylashgan? J: markazida joylashgan.

    2. Germaniya maydoni bo'yicha qit'a mamlakatlari orasida nechanchi o'rinda turadi? J: 6-

    o'rinda.

    1. Germaniyaning qirg'oqlari qaysi dengiz suvlari bilan chegaralangan? J: shimoli-g'arbda Shimoliy dengiz, shimoli-sharqda esa Boltiq dengizi suvlari bilan.

    2. Germaniya hududidan eng muhim xalqaro kanallardan biri - Shimoliy va Boltiq dengizlarini tutashtiradigan qaysi kanal o'tadi? J: Kil kanali.

    3. Germaniya quruqlikda nechta davlat bilan chegaradosh? J: 9 ta.

    4. Iqtisodiy geografik o'rnining qulayligi nima bilan belgilanadi? J: Yevropaning turli qismlaridagi davlatlarni tutashtiruvchi yirik avtomobil, temir va suv (daryo va kanallar) yo'llarining o'tganligi bilan.

    5. Germaniyaning milliy mustaqilligi qachon e’lon qilingan? J: 1949-yil 23-may.

    6. Germaniyaning poytaxti? J: Berlin shaxri.

    7. Germaniyaning yer maydoni qancha? J: 357,4 ming km2.

    8. Germaniyaning aholisi qancha? J: 82,8 mln kishi. (2018-yil)

    9. Aholi zichligi 1km2 ga necha kishi to’g’ri keladi? J: 232 kishi (2018-yil)

    10. Boshqaruv shakliga ko’ra qanday davlat? J: parlamentar respublika.

    11. Davlat rahbari kim hisoblanadi? J: prezident, ammo ijro hokimiyatining rahbari va eng katta siyosiy vakolatlar egasi hukumat raisi, ya'ni federal kansler hisoblanadi.

    12. Siyosiy-hududiy tuzilishi jihatidan nechta federalga bo'linadi? J: Germaniya federativ davlat bo'lib, 16 ta federal yerga bo'linadi.

    13. Mamlakat poytaxti qaysi shahar va GFRning qaysi qismida joylashgan? J: Berlin, GFRning sharqiy qismida.

    14. Germaniya hududining relyefi qaysi tomon ko'tarilib boradi? J: shimoldan janubga tomon.

    15. Mamlakatning shimoliy va janubiy qismida nimalar joylashgan? J: shimoliy qismini Shimoliy Germaniya pasttekisligi egallagan, markaziy hududlari past va o'rta tog'lardan iborat, janubida esa balandligi deyarli 3 000 metrga boradigan Alp tog'lari joylashgan.

    16. GFRda qanday konlar mavjud? J: tosh va qo'ng'ir ko'mir, temir rudasi, osh va kaliy tuzlarining konlari

    17. Mamlakat hududi qaysi iqlim mintaqasida joylashgan? J: mo'tadil iqlim mintaqasida. Ob- havo tez-tez o'zgaradi, yog'inlar ko'p yog'adi.

    18. Qishda ob-havo qanday bo'ladi? J: ish odatda yumshoq, qattiq sovuqlar kam sodir bo'ladi.

    19. Germaniyada eng yirik daryolar qaysilar hisoblanadi? J: Reyn, Dunay, Elba, Vezer va Oder hisoblanadi.

    20. GFRdagi barcha yirik daryolar kanallar bilan o'zaro bog'langanligi tufayli uning ichki suv transport yo'llari Dunay orqali qaysi dengiz portlari bilan bog'laydi? J: Shimoliy va Boltiq dengizlari portlarini Qora dengiz portlari bilan bog'laydi.

    21. Germaniya aholisi necha mln kishi? J: 83 mln. kishi (2018-yil ma'lumotlari bo'yicha).

    22. Germaniya aholisi bo’yicha Yevropada nechanchi o'rinni egallaydi? J: Rossiyadan keyingi 2- o'rinni egallaydi.

    23. Tug'ilishning pastligi sababli Germaniyada aholining tabiiy ko'payishi nechanchi yildan buyon manfiy qoldiqqa ega? J: 1972-yildan buyon.

    24. Germaniyada aholi ko'payishining manbayi nima hisoblanadi? J: tashqi migratsiya.

    25. Germaniya xorijiy migrantlar soni necha kishi? J: 12 millionga yaqin kishi.

    26. Germaniya xorijiy migrantlar soni bo'yicha jahonda nechachi o'rindagi davlat? J: AQSHdan so'ng 2-o'rindagi davlat.

    27. Xorijiy migrantlar tarkibida qaysi mamlakatlaridan ko'chib kelganlar son jihatdan ajralib turadi? J: Turkiya, Italiya, Gretsiya, sobiq Yugoslaviya davlatlari, Polsha hamda ayrim arab mamlakatlaridan ko'chib kelganlar.

    28. Xorijiy migrantlar ko'proq qayerlarda mujassamlashgan? J: g'arbiy va shimoliy federal yerlaridagi yirik shaharlarda.

    29. Germaniyaliklarning necha % dan ko'prog'i shaharlarda istiqomat qilishadi? J: 75 % dan ko'prog'i.

    30. GFRning eng yirik shaharlari - qaysilar? J: Berlin, Gamburg, Myunxen, Kyoln, Frankfurt-Mayn, Bremen.

    31. Mamlakat aholisining milliy tarkibida necha % dan ko'proq qismi nemis millatiga to'g'ri keladi? J: 90% dan ko'proq qismi.

    32. GFRning qaysi qismlarida qanday mazxab vakillari istiqomat qilishadi? J: shimoliy, markaziy va sharqiy hududlarida yashovchi nemislar orasida protestantlar (lyuteranlar) ko'pchilikni tashkil etsa, mamlakatning janubida ko'proq katoliklar istiqomat qilishadi.

    33. Germaniya aholisi qayerlarda juda zich holda joylashgan? J: yirik daryolarning vodiylarida.

    34. Aholi zich joylashgan qaysi hudud ayniqsa alohida ajralib turadi? J: Reyn vodiysi.

    35. Aholi eng yuqori darajada mujassamlashgan hudud - qaysi sanoat rayoni? J: Rur sanoat rayoni.


    36. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin