Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə23/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Germaniyada aholi nisbatan siyrak joylashganxududlar qaysilar? J: Tog'li hududlarida hamda

mamlakatning shimoli-sharqida.

  1. Germaniya iqtisodiy salohiyati va aholining turmush darajasi jihatidan jahondagi yetakchi davlatlardan biri bo’lib, qaysi guruhga a'zo davlat? J: «Katta yettilik» guruhiga.

  2. Yevropada Germaniya YIM va sanoat ishlab chiqarishi hajmi bo'yicha nechanchi o'rinda turadi? J: 1-o'rinda turadi.

  3. YIM- Yalpi ichki maxsulot.

  4. Germaniya sanoatining yetakchi tarmoqlari qatoriga qaysilar kiradi? J: mashinasozlik, kimyo, farmasevtika, ko'mir, qora metallurgiya, oziq-ovqat sanoati.

  5. Mashinasozlik tarmoqlaridan qaysi tarmoqlari juda yuqori darajada rivojlangan? J: stanoksozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, mikroelektronika, kemasozlik, aviakosmik mashinasozlik kabi tarmoqlari

  6. Germaniya qishloq xo'jaligining tayanch tarmoqlari qaysilar hisoblanadi? J: sut-g'osht qoramolchiligi va cho'chqachilik.

  7. Mamlakatning shimoliy va markaziy qismlarida asosiy qishloq xo'jalik ekinlari qaysilar hisoblanadi? J: bug'doy, arpa, makkajo'xori, kartoshka, qandlavlagi.

  8. Janubdagi tog' yonbag'irlari va tog' oralig'idagi vodiylarida uzum, tamaki hamda pivo ishlab chiqarishda qo'llaniladigan nima yetishtirish yaxshi rivojlangan? J: xmelni yetishtirish.

  9. Germaniya iqtisodiyotida qaysi sohalar ham muhim ahamiyatga ega? J: transport, bank- moliya sektori, turizm va boshqa xizmat ko'rsatish sohalari ham.

  10. Yevropadagi eng yirik aeroportga ega qaysi shahri qit'adagi asosiy bank-moliya markazlaridan biri hisoblanadi? J: Frankfurt-Mayn shahri.

  11. Germaniyaning qaysi qismi mamlakatning qolgan hududlariga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning pastroq ko'rsatkichlari bilan ajralib turadi? J: sharqiy yerlari (sobiq GDR).
    1. MAVZU: BUYUK BRITANIYA VA SHIMOLIY IRLANDIYA BIRLASHGAN QIROLLIGI.


  1. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Yevropaning qaysi orolida joylashgan? J: Yevropaning shimoli-g'arbidagi Britaniya orollarida joylashgan.

  2. Birlashgan Qirollik hududining asosiy qismini qayerlar tashkil qiladi? J: Buyuk Britaniya oroli va Irlandiya orolining shimoli-sharqi tashkil qiladi.

  3. Birlashgan Qirollik qirg'oqlari qaysi dengiz va okean suvlari bilan yuviladi? J: Shimoliy dengiz, Irlandiya dengizi hamda Atlantika okeani suvlari bilan.

  4. La-Mansh bo'g'izi Buyuk Britaniyani qayerdan ajratib turadi? J: Fransiyaning shimoli-g'arbiy qirg'og'idan.

  5. Quruqlikda mamlakat faqat qaysi Respublika bilan chegaradosh? J: Irlandiya Respublikasi bilan

  6. Hozirgi vaqtda Buyuk Britaniyaning nechtaga yaqin dengizorti hududlari, ya'ni mustamlakalari bor? J: 15 taga yaqin.

  7. Mustamlakalarning katta qismi qaysi dengizidagi orollarda joylashgan? J: Karib dengizidagi orollarda.

  8. Yevropa qit'asidagi yagona mustamlaka qaysi hududi Birlashgan Qirollikning dengizorti hududi hisoblanadi? J: Gibraltar.

  9. Buyuk Britaniyaning milliy mustaqilligi qachon e’lon qilingan? J: 1801-yil 1-yanvar.

  10. Buyuk Britaniyaning poytaxti? J: London shaxri

  11. Buyuk Britaniyaning yer maydoni qancha? J: 244,5 ming km2.

  12. Buyuk Britaniyaning aholisi qancha? J: 66,4 mln kishi. (2018-yil)

  13. Aholi zichligi 1km2 ga necha kishi to’g’ri keladi? J: 272 kishi (2018-yil)

  14. Boshqaruv shakliga ko’ra qanday davlat? J: konstitutsion monarxiya.

  15. Buyuk Britaniya hukmdori ayni paytda rasmiy ravishda Britaniya Hamdo'stligi Qirolliklari hisoblangan 15 ta mustaqil davlat, shu jumladan, qaysi davlatlarning rahbari ham hisoblanadi? J: Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyaning.

  16. Siyosiy-hududiy jihatdan Birlashgan Qirollik qanday davlat hisoblanadi? J: unitar davlat.

  17. Birlashgan Qirollik 4 ta qism (mamlakat) – ya’ni qaysilardan iborat? J: Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyadan iborat.

  18. Angliyadan boshqa nechta mamlakat qisman muxtoriyatga ega? J: 3 ta.

  19. Buyuk Britaniya relyefi qanday? J: janubi-sharqiy qismini ko'proq tekisliklar, shimoli-g'arbiy hududlarini esa, asosan, o'rta tog'lar egallaydi.

  20. Ayniqsa, qaysi hududlarda qadimgi parchalangan tog'lar keng tarqalgan? J: Shotlandiya va Uelsda.

  21. Mamlakatning eng baland nuqtasi - qayer? J: Ben-Nevis tog'i (1343 m) Shotlandiyada joylashgan.

  22. Birlashgan Qirollikda foydali qazilmalardan, asosan, qaysilar qazib olinadi? J: neft, tabiiy gaz va ko'mir.

  23. Neft va gazning yirik konlari qaysi dengiz sayozligida joylashgan? J: Shimoliy dengiz sayozligida.

  24. Nima uchun Buyuk Britaniya mineral yoqilg'ining barcha turlari importyoriga aylangan? J: chunki qazib olinadigan resurslar milliy iqtisodiyotning energiya manbalariga bo'lgan talabni qondira olmayapti.

  25. Atlantika okeanidan yil bo'yi esadigan nam shamollar hamda Golfstrim oqimi ta'sirida Buyuk Britaniyada qanday iqlim shakllangan? J: mo'tadil dengiz iqlimi.

  26. Yil davomida tez-tez yomg'irlar yog'adi, ayniqsa, mamlakatning qaysi qismida? J: g'arbida.

  27. Qish ancha iliq, yanvarning o'rtacha havo harorati necha oC atrofida? J: 0 oC atrofida.

  28. Birlashgan Qirollik Yevropa mamlakatlari ichida aholi soni bo'yicha nechanchi o'rinda turadi? J: 3-o'rinda.

  29. Aholining tabbiiy ko'payishi yillik hisobda necha % ga teng? J: 0,3 % ga.

  30. Aholi soni ko'proq nimaning hisobiga o'smoqda? J: tashqi migratsiya hisobiga.

  31. Ayniqsa, qaysi hududlardan ko'chib kelganlar ko'p? J: Janubiy Osiyo, Afrika, Karib dengizidagi orollardan.


  32. Yüklə 1,39 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin