Mavzulashgan


Rossiyaning yer maydoni qancha?



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə27/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Rossiyaning yer maydoni qancha? J: 17075 ming km2. 13.Rossiyaning aholisi qancha? J: 147,3 mln kishi. (2018-yil)

  1. Aholi zichligi 1km2 ga necha kishi to’g’ri keladi? J: 8,6 kishi (2018-yil).

  2. Rossiya nima uchun aralash tipidagi respublika hisoblanadi? J: chunki hukumat prezident va parlament tomonidan birgalikda shakllantiriladi.

  3. Konstitutsiyasiga binoan, Rossiya nechta turli maqomdagi hududlar federatsiyasi hisoblanadi?

J: 85 ta turli maqomdagi.

  1. Rossiya Federatsiyasining regionlari orasida qanday ahamiyatdagi shaharlar mavjud? J: respublika, oblast, o'lka, avtonom okrug, avtonom oblast va federal ahamiyatdagi shaharlar.

  2. Boltiq dengizi bo'yidagi qaysi oblasti Rossiyaning asosiy hududidan ajralgan holda joylashgan bo'lib, eksklav geografik o'ringa ega? J: Kaliningrad oblasti.

  3. Nima uchun mamlakatning tabiiy sharoiti xilma-xil? J: Rossiya Federatsiyasining hududi shimoldan janubga 4 000 km dan ortiq, g'arbdan sharqqa esa salkam 10 000 km masofaga cho'zilganligi uchun.

  4. Rossiya hududining necha % i tekisliklardan iborat? J: 70 % i.

  5. Eng katta maydonlarni qaysi tekisliklar egallaydi? J: Sharqiy Yevropa va G'arbiy Sibir tekisliklari.

  6. Baland tog'lar (Kavkaz, Oltoy, Sayan, Sixote-Alin va boshq.) Rossiyaning qaysi qismlarida joylashgan? J: sharqiy va chekka janubiy qismlarida.

  7. Rossiyada qanday qazilmalarning yirik zaxiralari mavjud? J: neft, tabiiy gaz, ko'mir, uran, temir rudasi, oltin, olmos va boshqa foydali qazilmalarning.

  8. Rossiyaning iqtisodiyoti uchun, ayniqsa, qaysi resurslar katta ahamiyatga ega?J: neft va tabiiy gazning resurslari.

  9. Neft va gazning yirik konlari, asosan, qayerda joylashgan? J: G'arbiy Sibir tekisligida.

  10. Rossiya, asosan, qaysi iqlim mintaqalarida joylashgan? J: mo'tadil, subarktika va arktika iqlim mintaqalarida.

  11. Faqatgina Qora dengiz bo'yidagi hudud qaysi iqlimga ega? J: subtropik iqlimga.

  12. Hududining necha % dan ortiq qismi agroiqlimiy resurslar bilan yetarli darajada ta'minlanmagan va bu holat qishloq xo'jaligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi? J: 70 % dan ortiq qismi.

  13. Asosiy tabiat zonalari qaysilar? J: tundra, tayga, aralash va keng bargli o'rmonlar, dasht va o'rmon-dasht.

  14. Rossiya qaysi resurslar bilan eng yaxshi ta'minlangan davlatlardan biri? J: o'rmon va yer resurslari bilan.

  15. Rossiya, ayniqsa uning Osiyodagi qismi, qanday resurslarga juda boy? J: suv va gidroenergetika resurslariga.

  16. Rossiyaning eng yirik daryolari qaysilar? J: Yenisey, Lena, Ob, Amur, Volga.

  17. Sibirda joylashgan qaysi ko'l Yer yuzidagi eng chuqur va eng ko'p chuchuk suv yig'ilgan ko'l hisoblanadi? J: Baykal ko'li.

  18. Rossiya Federatsiyasi aholi soni bo'yicha jahonda nechanchi o'rinda turadi? J: 9-o'rinda

  19. Rossiyada nechanchi yillarda aholining tabiiy kamayishi kuzatilgan? J: 1992-2012-yillarda.

  20. Nechanchi yildan boshlab mamlakatda minimal darajadagi tabiiy ko'payish qayd etilmoqda?J: 2013-yildan boshlab.

  21. Aholi ko'payishiga nima sezilarli darajada ta'sir ko'rsatmoqda? J: tashqi migratsiya.

  22. Rossiyada shahar aholisining ulushi necha % ga yaqin? J: 75 % ga yaqin.

  23. Eng yirik shaharlari qaysilar? J: Moskva (12 mln. kishidan ortiq) va Sankt-Peterburg (5 mln. kishidan ortiq).

  24. Hozirda jami nechta «millioner» shahar mavjud? J: 15 ta.

  25. Rossiya Federatsiyasi aholisi bo’yicha qanday davlat hisoblanadi? J: ko'p millatli davlat.

  26. Rossiyaning hududida nechtadan ortiq tub millat va elat vakillari yashaydi? J: 100 tadan ortiq.

  27. Aholining milliy tarkibida necha % qismi ruslarga to'g'ri keladi? J: 80 % qismi.

  28. Boshqa millatlar orasida qaysilar ko’proq? J: tatarlar, ukrainlar, boshqirdlar, chuvashlar, chechenlarning soni 1 mln. kishidan oshadi.

  29. Mamlakatdagi eng ko'p sonli din qaysi hisoblanadi? J: pravoslav xristianlik hisoblanadi.

  30. Ruslardan tashqari pravoslav xristianlik diniga qaysi millat vakillari e'tiqod qiladilar? J: ukrainlar, chuvashlar, mordvalar, osetinlar va boshqa bir necha millat vakillari ukrainlar, chuvashlar, mordvalar, osetinlar va boshqa bir necha millat vakillari.

  31. Qaysi xalqlar islom diniga mansub? J: Tatarlar, boshqirdlar, Shimoliy Kavkazdagi ko'plab xalqlar.

  32. Kimlar buddizm diniga sig'inishadi? J: Buryatlar, qalmiqlar hamda tuvaliklar.

  33. Rossiyada aholi zichligi qanday? J: o'rtacha ko'rsatkichi ancha past (1 km ga 8 kishi), aholining hududiy joylashuvi esa juda notekis.

  34. Aholi ko'proq Rossiyaning qaysi qismida mujassamlashgan? J: g'arbiy va janubiy qismida - shartli ravishda ajratiladigan «Sankt-Peterburg - Sochi - Irkutsk» uchburchagida mujassamlashgan.

    1. MAVZU: ROSSIYA FEDERATSIYASI XO’JALIGI.


  1. Rossiya Federatsiyasi YIM hajmi bo'yicha jahonda nechanchi o'rinda turadi? J: 6-o'rinda turadi (2017-y.).

  2. Qaysi mamlakatlari orasida esa Rossiya eng yirik YIM hajmiga ega? J: Sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida.

  3. Rossiyaning iqtisodiyoti qanday xarakterga ega? J: industrial xarakterga.

  4. Rossiyada sanoatning ko'plab tarmoqlari yaxshi rivojlangan bo'lib, iqtisodiyotining tayanchi qaysi tarmoq hisoblanadi? J: yoqilg'i-energetika sanoati.

  5. Rossiya neft zaxiralari bo'yicha jahonda nechanchi o’rinda turadi? J: 3-o'rinda.

  6. Rossiya ko'mir zaxiralari bo'yicha jahonda nechanchi o’rinda turadi? J: 2-o'rinda.

  7. Rossiya tabiiy gaz zaxiralari bo'yicha jahonda nechanchi o'rinda turadi? J: 1-o'rinda.


  8. Yüklə 1,39 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin