Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə29/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Osiyo qadimiy assuriyaliklar tilida qanday ma'noni anglatadi? J: «Quyosh chiqishi», ya'ni

«sharq» ma'nosini anglatadi.

  1. Osiyoning orollar bilan birgalikdagi umumiy maydoni qancha? J: 43,4 mln. km2 (Rossiyaning Osiyodagi qismi bilan).

  2. Osiyo aholisi necha mlrd. kishidan ziyod? J: 4,5 mlrd. Kishidan.

  3. Osiyoda insoniyatning deyarli necha % i yashaydi? J: 60 % i yashaydi (2018-y.).

  4. Osiyo ekvatorga va meridianga nisbatan qaysi yarim sharda joylashgan? J: ekvatorga nisbatan, asosan, Shimoliy, bosh meridianga nisbatan esa, asosan, Sharqiy yarim sharda joylashgan.

  5. Osiyo qirg'oqlari nechta okean suvlari bilan yuviladigan yagona qit'adir? J: to'rtta okean suvlari.

  6. Osiyoni qaysi ocean va dengizlar o'rab turadi? J: shimolda (Rossiyaning hududi) Shimoliy Muz, janubda Hind, sharqda Tinch okean, g'arbda Atlantika okeani havzasiga tegishli O'rta va Qora dengizlari o'rab turadi.

  7. Osiyoning siyosiy xaritasida, Rossiyani hisobga olmaganda, nechta mustaqil davlat mavjud? J: 47 ta.

  8. Bu davlatlarning ko'pi nimadan keyingi davrda siyosiy mustaqillikka erishgan? J: Ikkinchi Jahon urushidan keyingi davrda.

  9. Qit'aning eng yosh davlatlari qatoriga qaysilar kiradi? J: 1991-yilda mustaqillikni qo'lga kiritgan O'zbekiston, Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg'iziston, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston hamda 2002-yilda mustaqil davlatga aylangan Sharqiy Timor kiradi.

  10. Osiyoning qaysi davlatlari jahonning 10 ta eng yirik davlatlari qatoriga kiradi? J: Rossiya, Xitoy, Hindiston va Qozog'iston.

  11. Yana 4 ta qaysi davlatlarning maydoni 1 mln. km2 dan katta? J: Saudiya Arabistoni, Indoneziya, Eron va Mongoliyaning maydoni.

  12. Hududi 500 ming km2 dan ziyod bo'lgan qaysi davlatlari ham katta mamlakatlar hisoblanadi? J: Pokiston, Turkiya, Afg'oniston, Myanma, Yaman va Tailand.

  13. Shu bilan birga, Osiyoda maydoni 1 ming km2 dan kichik bo'lgan 3 ta davlat mavjud bular qaysilar? J: Bahrayn, Singapur va Maldiv Respublikasi.

  14. Osiyo davlatlarining aksariyatida dengizga bevosita chiqish imkoniyati mavjud. Ularning qaysilari serqatnov dengiz yo'llari va bo'g'izlar bo'yida joylashgan? J: Turkiya, Malayziya, Singapur, Koreya Respublikasi.

  15. Qit'a davlatlaridan nechtasi orollarda joylashgan va qaysilar? J: 9 tasi orollarda joylashgan - Indoneziya, Filippin, Sharqiy Timor, Singapur, Yaponiya, Shri-Lanka, Maldiv Respublikasi, Kipr va Bahrayn.

  16. Shu bilan birga Osiyoda nechta davlat quruqlik ichkarisida joylashgan? J: 13 ta davlat.

  17. Ulardan nechtasi sobiq Ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan yosh mustaqil davlatlar? J: yettitasi.

  18. Jahonning ichki kontinental davlatlaridan eng yirik qaysi ikkitasi aynan Osiyoda joylashgan? J:

Qozog'iston va Mongoliya.

  1. Qit'adagi 47 ta davlatdan nechtasi respublika va monarxiya boshqaruv shakliga ega? J: 34 tasi respublika, 13 tasi monarxiya.

  2. Osiyoda dunyoning 5 ta mutlaq monarxiyalaridan nechtasi joylashgan? J: 4 tasi (Saudiya Arabistoni, Ummon, Qatar, Bruney) joylashgan.

  3. Ma'muriy-hududiy jihatidan Osiyodagi 7 ta davlat federativ tuzilishga ega bular qaysilar? J: Hindiston, Pokiston, Myanma, Iroq, Malayziya, Nepal va Birlashgan Arab Amirliklari.

  4. Osiyo davlatlari nechta subregionga bo'linadi? J: 5 ta subregionga.

  5. Osiya subregionlari qaysilar? J: Markaziy, Janubi-g'arbiy, Janubiy, Janubi-sharqiy va Sharqiy Osiyodir.

  6. O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston va Tojikiston Respublikalari qaysi subregionini tashkil qiladi? J: Markaziy Osiyo subregionini tashkil qiladi.
    1. MAVZU: OSIYO MAMLAKATLARI TABIIY SHAROITI VA RESURSLARI VA AHOLISI.


  1. Jahon neft zaxiralarining, gazning va ko'mirning necha % dan ko'pi Osiyoning hissasiga to'g'ri keladi? J: neft zaxiralarining 70 %i, gazning 80 % dan ortig'i, ko'mirning 50 % dan ko'pi.

  2. Osiyoda neft va tabiiy gazga qaysi hududlar qaysilar? J: Fors qo'ltig'i va uning qirg'oqlari, Kaspiy dengizi, Turon tekisligi, Janubi-sharqiy Osiyoning dengiz sayozliklari.

  3. Qaysi hududlarda yirik toshko'mir, temir, marganes, xrom va turli rangli metall konlari joylashgan? J: Xitoy, Hindiston, Qozog'istondagi qadimiy platformalar hududida.

  4. Qaysi mamlakatlarda jahonning eng yirik qalayi konlari «qalayi belbog'i»ni hosil qiladi? J: Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida.

  5. Suv resurslari bilan yaxshi ta'minlangan hududlar qaysilar? J: Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari.

  6. Nima uchun Osiyodagi ko'plab davlatlarda yer resurslari (avvalo, ekin maydonlari) yetishmaydi? J: yirik tog' massivlari, qurg'oqchil cho'llar keng tarqalganligi, aholi zichligi yuqori bo'lganligi uchun.

  7. Tarixiy ma'lumotlar Markaziy Osiyo, Janubiy va Janubi-g'arbiy Osiyoda sug'orma dehqonchilik madaniyati necha ming yillar oldin shakllanganini tasdiqlaydi? J: 4-5 ming yillar oldin.

  8. Yer yuzasidagi barcha sug'oriladigan yerlarning necha qismi Osiyo mamlakatlarining hissasiga to'g'ri keladi? J: 3/4 qismi.

  9. Sug'oriladigan yerlarning kattaligiga ko'ra jahonda qaysi davlatlar yetakchilik qiladi? J: Xitoy birinchi, Hindiston esa ikkinchi o'rinda turadi.

  10. Aholisi eng ko'p bo'lgan qit'a qaysi? J: Osiyo qit’asi.

  11. Mintaqada necha kishidan ortiq, ya'ni jahon aholisining deyarli necha % i yashaydi? J: 4,5 mlrd. kishidan ortiq, ya'ni jahon aholisining deyarli 60 % i yashaydi (2018-y.).

  12. Osiyoda, qolaversa jahon davlatlari orasida aholi soni jihatidan alohida ajralib turadigan davlatlar qaysilar? J: Xitoy va Hindiston.

  13. Xitoy va Hindistonning aholisi, 2018-yil ma'lumotlariga ko'ra, necha kishiga teng bo'lgan? J: 1 mlrd. 394 mln. va 1 mlrd. 371 mln. kishiga teng bo'lgan.


  14. Yüklə 1,39 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin