Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə37/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Shahar joylarida aholining necha qismi yashaydi? J: 1/4 qismi yashaydi

  • Eng katta shahri qaysi? J: mamlakat poytaxti Kobul shahri

  • Kobulning aholisi necha mln. atrofida? J: 3 mln. atrofida

  • Avg’onistonning nisbatan yirik shaharlari qaysilar hisoblanadi? J: Hirot hamda Mozori-Sharif

  • Aholining etnik tarkibi ancha murakkab bo'lib, kimlardan iborat? J: pushtunlar, tojiklar, o'zbeklar, xazorliklar, balujlar, turkmanlardan iborat

  • O'zbekistonga chegaradosh shimoliy hududlarida necha mln. o'zbeklar istiqomat qiladi? J: 2 mln. o'zbeklar

  • Afg'oniston iqtisodiy jihatdan qanday davlat? J: sust rivojlangan agrar davlat

  • Iqtisodiy rivojlanishida nima katta ahamiyatga ega? J: xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan ko'rsatilayotgan moliyaviy yordam

  • Qishloq xo'jaligining asosini qanday dehqonchilik tashkil etadi? J: sug'orma dehqonchilik

  • Umuman olganda, dehqonchilikda nima muhim rol o'ynaydi? J: boshoqli ekinlar, paxta, meva va uzum yetishtirish

  • Chorvachilik tarmoqlaridan qaysilar yetakchi ahamiyatga ega? J: qo'ychilik (jumladan, qorako'lchilik) va echkichilik

  • Qorako'l teri tayyorlashda Afg'oniston jahon bo'yicha nechanchi o'rinda turadi? J: 1-o'rinda

  • Sanoat korxonalari nima asosida qurilmoqda? J: jahon hamjamiyati tomonidan moliyaviy yordam asosida.

    POKISTON


    1. Pokiston Islom Respublikasi qaysi mintaqada joylashgan? J: Janubiy Osiyoda

    2. Hududi janubda qaysi dengiz bilan yuviladi? J: Arabiston dengizi bilan

    3. Geografik o'rnining ijobiy xususiyatlari nimadan iborat? J: xalqaro ahamiyatga ega dengiz va quruqlik transport yo'llari o'tganligi, salbiy jihatlari - siyosiy vaziyati beqaror mintaqada joylashganligidan iborat.

    4. Siyosiy geografik holati qanday tavsiflanadi? J: Hindiston bilan Kashmir borasidagi ko'p yillik hududiy kelishmovchilik hamda Afg'oniston bilan chegaradosh hududlarining qo'shni davlatdan o'tgan «Tolibon» guruhlari nazorati ostida bo'layotganligi bilan

    5. Pokiston boshqaruv shakli jihatidan qanday davlat? J: parlamentar respublika

    6. Ma'muriy-siyosiy tuzilishi nuqtayi nazaridan esa qanday davlatdir? J: federativ davlat

    7. Pokiston federatsiyasi qaysi hududlarni o'z ichiga oladi? J: 4 ta provinsiya va 2 ta federal hududni

    8. Pokiston qachon mustaqillika erishgan? J: 1947-yil 14-avgust.

    9. Pokistoning poytaxti qaysi shahar? J: Islomobod shahri

    10. Pokistoning yer maydoni qancha? J: 803,9 ming km2

    11. Pokistoning aholisi necha kishi? J: 200,6 mln kishi (2018-y.).

    12. Pokiston qanday relyef shakillariga ega? J: shimoliy va g'arbiy qismlari baland tog'lar bilan band bo'lsa, sharqiy va janubiy hududlari esa tekislik relyefiga ega

    13. Mamlakatning katta qismini nima egallaydi? J: qo'shni Hindistondan boshlanadigan va Arabiston dengiziga quyiladigan Hind daryosining vodiysi

    14. Pokiston qanday boyliklar va konlarga boy? J: Tekislik hududlari neft, tabiiy gaz, ko'mir, tuz zaxiralariga ega, tog'li qismi esa turli metallarning konlariga boy

    15. Pokistonning asosiy hududida iqlim qanday tarkib topgan? J: issiq tropik iqlim hukmronlik qiladi, shuning uchun tekislik qismida cho'l va chalacho'l landshaftlari katta maydonlarda tarqalgan

    16. Pokiston aholi soni bo'yicha jahon davlatlarining nechtaligiga kiradi? J: birinchi o'ntaligiga

    17. Aholi zichligi 1km2 ga necha kishi to’g’ri keladi? J: 249,5 kishi (2018-yil)

    18. Yillik hisobidagi tabiiy ko'payish sur'atlari necha % dan baland? J: 2 % dan baland, ya'ni yiliga 4

    -4,5 mln. kishiga teng

    1. Urbanizatsiya darajasi necha % atrofida? J: 40% atrofida

    2. Mamlakatdagi eng yirik shahar - Arabiston dengizi sohilida joylashgan Karachining aholisi necha kishidan ortiq? J: 15 mln. kishidan ortiq

    3. Pokistonning boshqa yirik shaharlari qaysilar? J: Laxor, Feysalabad, Ravalpindi.

    4. Aholining necha % ga yaqin qismi panjobliklarga tog'ri keladi? J: 45 % ga yaqin qismi

    5. Aholining milliy tarkibida qaysi millatlarning ulushlari ham sezilarli? J: pushtunlar, sindlar, balujlarning ulushlari

    6. Pokiston iqtisodiyoti qanday davlatdir? J: tez o'sayotgan industrial-agrar davlat

    7. Sanoatining yetakchi tarmog'i qaysi? J: yengil sanoat

    8. Ayniqsa qaysi sanoati eksportbop mahsulotni katta hajmda ishlab chiqaradi? J: to'qimachilik sanoati

    9. Qishloq xo'jaligining asosiy tarmog'i dehqonchilik bo'lib, nimalar yetishtirishga ixtisoslashgan? J: bug'doy, sholi, shakarqamish, paxta yetishtirishga.

    10. Mamlakat eksporti tarkibida nimalar yetakchi o'rinlarga ega? J: gazlamalar, sholi, paxta, charm mahsulotlari, gilamlar yetakchi o’rinlarga ega.

    1. MAVZU: XITOY XALQ RESPUBLIKASI.


    1. Xitoy Xalq Respublikasi qaysi regionda joylashgan? J: Sharqiy Osiyoda

    2. Qirg'oqlari sharqdan qaysi okean dengizlari bilan yuviladi? J: Tinch okean dengizlari bilan

    3. Xitoy quruqlikda nechta davlat bilan chegaradosh? J: 15 ta

    4. Jahonning eng qadimiy va yirik davlatlaridan hisoblanadigan hozirgi Xitoy nechanchi yilda tashkil topgan? J: 1949-yil 1-oktabrda Xalq Respublikasi sifatida tashkil topgan.

    5. Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti qaysi shahar? J: Pekin shahri

    6. Xitoy Xalq Respublikasining yer maydoni qancha? J: 1394 mln km2

    7. XXR jahon mamlakatlari orasida hududining kattaligi bo'yicha nechanchi o’rinda turadi? J: 3-o’rinda

    8. Xitoy aholi soni va ishlab chiqarish hajmi bo'yicha esa nechanchi o'rinni egallaydi? J: 1-o'rinni


    9. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin