Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə33/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Mamlakatning eng yirik shahri - Bishkekning aholisi necha kishidan oshib ketdi? J: 1 mln. kishidan

  • Yirikligi jihatidan mamlakatning ikkinchi shahri hisoblanadigan O'shda necha kishidan ko'proq aholi yashaydi? J: 260 ming kishidan ko'proq aholi yashaydi (2018-y.).

  • Aholisining milliy tarkibida qirg'izlar va o'zbeklar ulushi qanchani tashkil etadi? J: qirg'izlarning ulushi 75 % atrofida bo'lsa, 15 % ga yaqin qismini o'zbeklar tashkil etadi

  • Qirg'iziston iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi sanoatga nisbatan ko'proq ahamiyatga ega bo'lganligi uchun, respublika qanday davlat hisoblanadi? J: agrar-industrial davlat hisoblanadi

  • Sanoati hozirgi vaqtda, asosan, qaysi tarmog'ga ixtisoslashgan? J: tog'-kon tarmog'iga ixtisoslashgan

  • Eng muhim sanoat mahsuloti nima hisoblanadi va u mamlakat eksportining eng katta qismini tashkil etadi? J: oltin hisoblanadi

  • Qirg'iziston sobiq Ittifoq davlatlari orasida oltin qazib olish hajmi bo'yicha qaysi davlatlardan keyingi o'rinda turadi? J: Rossiya va O'zbekistondan keyingi 3-o'rinda turadi

  • Oltin, asosan, Markaziy Tyanshanning baland tog'larida joylashgan qaysi kondan qazib olinadi? J: Kumtor konidan. U dunyodagi 10 ta eng yirik oltin konlaridan biri hisoblanadi.

  • Sanoatning boshqa tarmoqlaridan qaysilar katta ahamiyatga ega? J: yengil, oziq-ovqat, mashinasozlik va ko'mir sanoatlari

  • Elektr energetika Qirg'izistonda, asosan, nimaga tayanadi? J: GESlarga

  • Eng yirik GESlar qaysi daryoda qurilgan? J: Norin daryosida

  • Asosiy qishloq xo'jalik ekinlari qatoriga qaysilar kiradi? J: bug'doy, paxta, kartoshka, sabzavot, kungaboqar, tamaki kiradi.

  • Qirg'iziston tog'lari serhosil yaylovlarga boy bo'lganligi tufayli respublikada chorvachilikning qaysi tarmoqlari yaxshi rivojlangan? J: chorvachilikning qo'ychilik, echkichilik, qoramolchilik, yilqichilik singari tarmoqlar

  • Yiliga respublikaga nechadan ortiq xorijiy sayyohlar tashrif buyuradi? J: 3 milliondan ortiq

  • Sayyohlarning asosiy qismi qayerga dam olish uchun keladi? J: Issiqko'l atrofida
      1. MAVZU: TURKMANISTON RESPUBLIKASI.


    1. Turkmaniston Markaziy Osiyoning qaysi qismida joylashgan? J: janubi-g'arbiy qismida

    2. Turkmaniston qaysi davlatlar bilan chegaradosh? J: Shimolda Qozog'iston, shimoli-sharqda O'zbekiston, janubi-sharqda Afg'oniston, janubda Eron bilan chegaradosh.

    3. Turkmaniston g'arbda qaysi dengizga tutash? J: Kaspiy dengiziga

    4. Turkmanistonning iqtisodiy geografik o'rni qulay, chunki uning hududidan Markaziy va Janubi- g'arbiy Osiyo davlatlarini bog'lovchi qanday magistrallar o'tgan? J: temiryo'l va avtomobil

    magistrallari

    1. Mamlakat Kaspiy dengizi orqali qaysi davlatlar bilan bog'langan? J: Rossiya va Kavkaz davlatlari bilan.

    2. Turkmaniston - prezidentlik respublika.

    3. Nechanchi yilda mustaqillikka erishgan? J: 1991-yil 27-oktabrda.

    4. Turkmaniston respublikasining yer maydoni qancha? J: 491,2 ming km2.

    5. Turkmaniston respublikasining aholisi qancha? J: 5,9 mln kishi. (2018-yil)

    6. Ma'muriy-hududiy jihatdan nechta viloyat, respublika ahamiyatidagi shahardan iborat? J: 5 ta viloyat va 1 ta respublika ahamiyatidagi shahardan

    7. Poytaxti qaysi shahar? J: Ashxobod shahri

    8. Ashxobod shahri qaysi tog' tizmasi etagida joylashgan? J: Kopetdog' tog' tizmasi etagida

    9. Turkmaniston hududini, asosan, keng tekisliklar ishg'ol etadi va uning 80 % idan ortig'i qaysi cho'lga tog'ri keladi? J: Qoraqum cho'liga

    10. Tog'lar faqat qaysi hududlarida joylashgan? J: janubiy va sharqiy chegarabo'yi hududlarida

    11. Eng baland nuqtasi qayer? J: O'zbekiston bilan chegarada Ko'hitangtog' tizmasida joylashgan Buyuk Turkmanboshi (O'zbekistonda Ayribobo deb nomlanadi) cho'qqisi (3137 m.)

    12. Qaysi hududlari seysmik faolligi bilan ajralib turadi? J: Janubiy tog' va tog'oldi hududlari

    13. Ashxobodda qaysi sanada sodir bo'lgan zilzila mintaqada XX asrdagi eng falokatli zilzilalardan biri hisoblanadi? J: 1948-yil 9-oktabr sanasida

    14. Turkmanistonning eng muhim mineral boyliklari qaysilar? J: tabiiy gaz, neft va turli kimyoviy tuzlar.

    15. Respublika gaz zaxiralari bo'yicha jahon mamlakatlari orasida nechanchi o'rinda turadi? J: 4- o'rinda

    16. Kaspiy dengizi bo'yida neft va gaz konlaridan tashqari qanday konlar mavjud? J: yirik tuz konlari

    17. Respublikaning eng yirik suv manbayi qaysi daryo hisoblanadi? J: Amudaryo hisoblanadi

    18. Amudaryodan to'yinadigan qaysi kanal dunyodagi eng uzun sug'orish kanalidir? J: Qoraqum kanali (Qoraqumdaryo)

    19. Turkmaniston Markaziy Osiyoda aholi soni jihatidan nechanchi o'rinni egallaydi? J: oxirgi o'rinni

    20. Aholi, asosan, qayerlarda joylashgan? J: Amudaryo, Murg'ob va Tajan daryolarining vodiylarida, Kopetdog' etagidagi tekislikda va Kaspiy dengizi sohilida

    21. Turkmaniston aholisining yarmi qayerda istiqomat qiladi? J: shahar joylarida

    22. Ashxobod shahrining aholisi necha ming kishidan ortiq? J: 900 ming kishidan

    23. Poytaxtdan tashqari, qaysi shaharlari respublikaning eng katta shaharlari hisoblanadi? J: Turkmanobod, Dashoguz, Mari, Turkmanboshi shaharlari

    24. Aholisining milliy tarkibida turkmanlarning ulushi 85 % dan yuqori bo'lib, aholining necha % ga yaqin qismini o'zbeklar tashkil qiladi? J: 10 % ga yaqin qismini

    25. O'zbeklar, asosan, qaysi viloyatlarida yashaydi? J: Dashoguz va Lebap viloyatlarida


    26. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin