Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə35/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Tojikistonning eng katta sanoat korxonasi qaysi zavodi? J: Tursunzoda shahridagi Tojikiston alyuminiy zavodi

  • Bu korxona qayerdan keltiriladigan xomashyo asosida yirik GESlar ishlab chiqaradigan elektr energiyasidan foydalangan holda faoliyat ko'rsatadi? J: Rossiyadan keltiriladigan

  • Alyuminiy qaysi davlat eksportining tarkibida yetakchi o'ringa ega? J: Tojikiston

  • Elektr energetikasi nimaga tayanadi? J: GESlarga

  • GESlar orasida Vaxsh daryosidagi qaysi GES alohida iqtisodiy ahamiyatga ega? J: Norak GESi

  • Yengil sanoat tarmoqlari orasida qaysi sanoat alohida ahamiyat kasb etadi? J: to'qimachilik sanoati

  • Tojikistonda dehqonchilikning asosiy tarmoqlari qaysilar? J: donchilik, paxtachilik, bog'dorchilik va uzumchilik hisoblanadi.

  • Nimalar respublikaning muhim eksportbop mahsulotlari hisoblanadi? J: Paxta va turli mevalar

  • Qishloq xo'jaligi tarmoqlari qatorida nima katta ahamiyatga ega? J: pillachilik

    1. MAVZU: TURKIYA RESPUBLIKASI.


    1. Turkiya Respublikasining eng katta o'ziga xos jihatlaridan biri nimaga bog'liq? J: geografik o'rni bilan bog’liq.

    2. Nechanchi yildan Turkiya mustaqil respublika bo‘ldi? J: 1923-yil 29-oktabrdadan

    3. Turkiya hududining necha % i Janubi-g'arbiy Osiyoda? J: 97 % i

    4. Turkiya hududining necha % qismi Sharqiy Yevropada joylashgan? J: 3 % qismi

    5. Turkiyaning Osiyodagi hududi, asosan, qayerga to'g'ri keladi? J: Kichik Osiyo yarimoroliga

    6. Turkiyaning Yevropa qismi esa qayrda joylashgan va nima deb ataladi? J: Bolqon yarimorolida joylashgan bo'lib, Sharqiy Frakiya deb ataladi.

    7. Turkiya Respublikasining ikki qit'ada joylashgan qismlarini Qora va O'rta dengizlarini o'zaro bog'laydigan qaysi dengiz ba bo’g’izlar ajratib turadi? J: Marmar dengizi, Bosfor va Dardanell bo'g'izlari

    8. Turkiya qirg'oqlari qaysi dengiz suvlari bilan yuviladi? J: shimoldan Qora dengiz, g'arbdan Egey dengizi, janubdan O'rta dengiz suvlari

    9. Mamlakat iqtisodiy geografik o'rnining qulayligi nima bilan belgilanadi? J: uning bir nechta dengizga tutashligi, hududidan Yevropa va Osiyoni, O'rta va Qora dengiz havzalarini bog'laydigan xalqaro ahamiyatga ega suv va quruqlik transport yo'llarining o'tganligi bilan belgilanadi.

    10. Turkiya boshqaruv shakliga ko’ra qanday davlat? J: unitar davlat

    11. Nechanchi yilda Turkiyada respublikaning parlamentar shaklidan prezidentlik shakliga o'tildi? J: 2017-yilda

    12. Turkiyaning poytaxti qaysi shahar? J: Anqara shahri

    13. Turkiyaning yer maydoni qancha? J: 780,6 ming km2

    14. Turkiyaning aholisi necha kishi? J: 81,3 mln kishi (2018-y.).

    15. Turkiya qaysi tashkilotlarga a’zo? J: BMT, XVF va NATO ga a’zo

    16. Eng katta shahri esa qaysi? J: Bosfor bo'g'izi qirg'oqlarida joylashgan Istanbul

    17. Istanbulning aholisi necha kishidan ortiq bo'lib, Yevrosiyo shaharlari orasida yetakchi o'rinlardan birini egallaydi? J: 13 mln. kishidan ortiq

    18. Turkiya hududining relyefi, asosan, tog'li bo'lib, katta qismini qaysi tog'lar egallaydi? J: Kichik Osiyo va Armaniston tog'liklari, Tavr hamda Pontiy tog'lari

    19. Tekisliklar, asosan, qayerlarda uchraydi? J: dengizlar bo'yida

    20. Jahon miqyosida qaysi rudalarining zaxiralari bilan alohida ajralib turadi? J: xrom, simob, volfram rudalarining zaxiralari bilan

    21. Turkiya Respublikasining iqlimi qanday? J: Iqlimi subtropik bo'lib, dengizga tutash hududlarida sernam va iliq, mamlakatning markaziy va sharqiy hududlarida esa ancha quruq va keskin, ya'ni yozi issiq, qishi ancha sovuq.

    22. Relyefi tog'li bo'lganligi tufayli Turkiya qanday resurslarga boy? J: gidroenergetika resurslariga

    23. Eng yirik daryolari? J: Frot, Dajla, Qizilirmoq

    24. Eng katta ko'llari? J: Van hamda Tuz ko'llari.

    25. Aholi soni jihatidan Turkiya jahonning nechtalik qismiga kiradi? J: birinchi yigirmataligiga

    26. 2018-yil holatiga ko'ra, aholisi necha kishidan ortiq? J: 81 mln. kishidan

    1. Aholi zichligi 1km2 ga necha kishi to’g’ri keladi? J: 103,8 kishi (2018-yil)

    2. Aholining yillik ko'payishi necha % atrofida? J: 1,5 % atrofida, lekin tug'ilish jahon va Osiyo bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichlardan pastroq

    3. Urbanizatsiya darajasi necha % ga teng? J: 75 % ga teng (2018-y.).

    4. Yirik shaharlari qatoriga Istanbul va Anqaradan tashqari, qaysilar kiradi? J: Izmir, Bursa, Adana, Antaliya va boshqalar

    5. Yirik shaharlarning ko'pi qaysi hududlarida joylashgan? J: g'arbiy va janubiy dengizbo'yi hududlarida

    6. Mamlakatning qaysi qismida aholi juda zich? J: Marmar dengiziga tutash shimoli-g'arbiy qismida

    7. Mamlakat aholisining 1/5 qismi qayerda istiqomat qiladi? J: Sharqiy Frakiyada

    8. Aholisining etnik tarkibida turklar necha foizni tashkil etadi? J: 75 % dan ortiq

    9. Mamlakat janubi-sharqida jami aholining necha % idan ko'proq qismini tashkil etadigan kurdlar istiqomat qiladi? J: 15 % idan ko'proq qismini

    10. Asosiy din qaysi din hisoblanadi? J: islom dini

    11. Turkiya YIM hajmi bo'yicha jahonning yetakchi nechta davlatlar qatoriga kiradi? J: 20 ta davlatlari qatoriga kirib, yirik sanoat va qishloq xo'jalik ishlab chiqarishiga ega


    12. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin