Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə7/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Dunyoda kenglik bo'ylab katta masofaga cho'zilgan ikkita qaysi mintaqalar mavjud? J: Shimoliy va Janubiy o'rmon mintaqalari

  • Shimoliy o'rmon mintaqasi qaysi iqlimli hududlar bo'ylab joylashgan? J: mo'tadil va qisman subtropik iqlimli hududlar

  • Shimoliy o'rmon mintaqasi o'rmonlarining muhim xususiyati nimada? J: ularda, asosan, tik o'sadigan sifatli, ignabargli daraxtlarning o'sishidir

  • Bunday o'rmonlarga qaysi davlatlari boy? J: Rossiya, Kanada, AQSH, Finlandiya davlatlari

  • Janubiy o'rmon mintaqasida qaysi mamlakatlar eng katta o'rmonli maydonlarga ega? J: Braziliya, Peru, Kolumbiya, Venesuela, Kongo Demokratik Respublikasi, Hindiston, Myanma, Indoneziya kabi mamlakatlar.

  • Muhim noan'anaviy energiya manbayi sifatida qaysi resurslar hisoblanadi? J: Yerning ichki energiyasi, ya'ni geotermal resurslar

  • Geotermal energiyaga, ayniqsa, qaysi hududlar juda boydir? J: issiq tabiiy bug' va suv tektonik yoriqlar orqali Yer yuzasiga chiqib turadigan hududlar

  • Geotermal hududlar qanday mintaqalar bo'ylab joylashgan? J: tektonik harakatlar faol davom etayotgan, iqlimi sernam bo'lgan mintaqalar bo'ylab

  • Qaysi davlatlar geotermal resurslarga boy? J: Islandiya, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Filippin, Papua-Yangi Gvineya, Italiya, Meksika, AQSHning g'arbiy shtatlari, Rossiyaning sharqiy hududlari.
      1. MAVZU: ZAMONAVIY EKOLOGIK MUAMMOLAR.


    1. Tabiiy resurslardan foydalanish, ularni muhofaza qilish va qayta tiklash bilan bog'liq faoliyat sohasi nima deb ataladi? J: tabiatdan foydalanish deb ataladi

    2. Tabiatdan foydalanish qay tarzda amalga oshirilishi mumkin? J: oqilona va nooqilona tarzda

    3. Tabiatdan oqilona foydalanilganda, nimaga e'tibor beriladi? J: tabiiy boyliklar me'yorida iste'mol qilinib, ularni muhofazalash va qayta tiklashga, atrof tabiiy muhitning sog'lom holatini saqlashga kerakli darajada

    4. Ttabiatdan nooqilona foydalanish qanday hisoblanadi? J: Agar jamiyatning xo'jalik faoliyati natijasida tabiiy muhit va uning resurslari holati salbiy tomonga o'zgarib borsa

    5. Tabiatdan nooqilona foydalanilganda, qanday muammolar vujudga keladi? J: landshaftlardagi muvozanat buziladi hamda turli ko'lam va ko'rinishdagi ekologik muammolar

    6. Ekologik muammolar hududiy ko'lami jihatidan necha pog'onaga bo'linadi va qaysilar?

    J:3 pog'onaga

      1. global (sayyoraviy);

      2. regional (mintaqaviy);

      3. lokal (mahalliy).

    1. Global ekologik muammolar….. J: butun geografik qobiqning holatiga ta'sir ko'rsatadi va ularni yechish borasida jahondagi barcha davlatlarning harakatlarini birlashtirish lozim

    2. Regional ekologik muammolarning oqibatlari….. J: bitta yoki bir nechta qo'shni davlatlar hududida seziladi.

    3. Lokal ekologik muammolar….. J: kichik ko'lamdagi hududlar doirasida ro'y beradi.

    4. Atmosfera nimalar tufayli kuchli ifloslanmoqda? J: elektr energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirish hamda yong'inlar tufayli

    5. Atmosfera tarkibida qaysi moddalarning salmog’i oshib borishi katta ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda? J: is gazi (CO), karbonat angidrid (CO2) oltingugurt oksidlari (SO2, SO3), azot dioksidi (NO) salmog'ining oshib borishi natijasida.

    6. Atmosferadagi bu gazlar miqdorining ortishi natijasida nimaning isitish rejimi buzila boshladi? J: Quyoshning

    7. Qaysi davlatda bir nechta rivojlangan hamda o'tish iqtisodiyotidagi davlatlar maxsus shartnoma imzolab, bu borada aniq majburiyatlarni o'z zimmalariga olgan? J: Yaponiyaning Kioto shahrida 1997-yilda. «Kioto protokoli»)ni imzolab

    8. Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikmalar (freonlar)ning ko'p chiqarib yuborilishi natijasida qanday hodisa kuzatilmoqda? J: Yerdagi hayotning qalqoni hisoblangan ozon qatlamining tobora yupqalashib borishi kuzatilmoqda

    9. «Ozon tuynugi» deb nomlangan ana shu holat, dastlab va hozirda qayerda kuzatila boshlandi?

    J: dastlab Janubiy Amerikaning Antarktidaga tutash hududlari, so'nggi yillarda esa Yevrosiyoning shimoliy kengliklari ustida ham kuzatila boshlandi

    1. Kanadaning Monreal shahrida nechanchi yilda bir nechta davlatlar freon gazlarini ishlab chiqarishga va ulardan foydalanishga cheklovlar to'g'risidagi xalqaro bitimni imzolagan?

    J: 1987-yilda

    1. Mutaxassislarning fikricha, agar Monreal bitimi qat'iy ravishda bajariladigan bo'lsa, ozon qatlamining me'yordagi qalinligi nechanchi yilga kelib qayta tiklanadi? J: 2050-yilga kelib

    2. Cho'llashish deb nimaga aytiladi? J: cho'llik xususiyatlari xos bo'lgan hududlar maydonining kengayib borish jarayoniga aytiladi

    3. Cho’llashishning asosiy sabablari nima hisoblanadi? J: daraxt va butalarning kesilishi, chorva- mollarining tartibsiz boqilishi, suv resurslaridan nooqilona foydalanilishi hisoblanadi

    4. Cho'llashish, ayniqsa, qaysi hududdagi davlatlarga katta xavf-xatar tug'dirmoqda? J: Afrika, Janubi-g'arbiy, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlariga

    5. Quruqlik umumiy maydonining necha % qismida cho'llashish belgilari kuzatilmoqda? J: 40 % qismida

    6. Yer yuzasining tegishli qismida necha kishidan ortiq aholi istiqomat qiladi? J: 2 milliard kishidan ortiq

    7. Nechanchi yilda BMT cho'llashishga qarshi kurashish to'g'risidagi Xalqaro konvensiyani qabul qildi? J: 1994-yilda

    8. Nechanchi yildan boshlab har yili 17-iyunda Butunjahon cho'llashish va qurg'oqchilikka qarshi kurashish kuni nishonlanadi? J: 1995-yildan boshlab

    9. Nechanchi yillar oralig'i BMT tomonidan «Cho'llar va cho'llashishga qarshi kurashishga bag'ishlangan o'n yillik» deb e'lon qilingan? J: 2010-2020-yillar oralig'i

    10. Keskin ravishda o'rmonsizlanish jarayoni oxirgi necha yil davomida ro'y bermoqda? J: 100 yil davomida

    11. Qaysi hududlardagi o'rmonlar maydonining qisqarishi geografik qobiqdagi tabiiy muvozanat uchun jiddiy xavf solmoqda? J: ekvatorial mintaqadagi o'rmonlar hamda qurg'oqchil iqlimli

    tog'li hududlardagi o'rmonlar

    1. Buyuk Britaniyada oxirgi 50-60 yilda o'rmonlarning maydoni necha barobar ko'paygan? J: 3 barobar

    2. Yaponiyada o'rmonlarning kesilishi qat'iy cheklanganligi tufayli haligacha mamlakat hududining necha qismi o'rmon landshaftlari bilan band? J: 2/3 qismi

    3. Qaysi davlatda oxirgi yillarning o'zida bir necha million daraxt ko'chatlari cho'llarga ekib yuborilgan? J: Birlashgan Arab Amirliklarida

    4. Insoniyatning chuchuk suvga bo'lgan ehtiyojini qondiradigan asosiy manba nima? J: daryolar bo'lib ularning katta qismi aholi ancha siyrak yashaydigan sovuq va ekvatorial iqlimli hududlar bo'ylab oqadi.


    5. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin