Mavzulashgan


Oraliq irqlariga qaysilar misol bo'la oladi?



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə10/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Oraliq irqlariga qaysilar misol bo'la oladi? J: efiop, ural, pomir-farg'ona (Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O'zbekistonda keng tarqalgan) kabilar

  • Amerika qit'asi aholisining irqiy tarkibida qaysi aralash irq vakillari yuqori salmoqqa ega? J: metis, mulat, sambo aralash irq vakillari.

  • Dunyodagi asosiy irq vakillari.
      1. MAVZU: DUNYO AHOLISINING ETNIK VA DINIY TARKIBI.


    1. Aholining etnik tarkibi kimlar? J: hududlarda yashovchi etnoslar.

    2. Etnos nima degan ma’noni bildiradi? J: yunoncha etnos - «xalq».

    3. Etnoslar qanday guruhlar hisoblanadi? J: insonlarning tarixan shakllangan, yashash hududi, madaniyati, turmush tarzi bilan o'zaro farq qiluvchi ijtimoiy guruhlar

    4. Etnoslarlarning qanday ko'rinishlari mavjud? J: qabila, elat hamda millat ko'rinishlari

    5. Kishilarning eng qadimiy oddiy ijtimoiy uyushmalari nima hisoblanadi? J: Qabila

    6. Etnoslar hozirgi kunda, asosan, qaysi hududlarda saqlanib qolgan? J: Amazoniya, Okeaniya, Afrikaning markaziy hududlarida

    7. Elat nima? J: qabila va millat orasidagi etnik birlik bo'lib, kam sonli etnoslardan iboratdir.

    8. Elatlar, asosan, qaysi qit’a davlatlarida mavjud? J: Osiyo va Afrika davlatlarida

    9. Millat deb nimaga ataladi? J: Yagona tili, hududi, madaniyati, mentaliteti va milliy o'zligini anglash xususiyatlari yuqori darajada shakllangan, ko'pchilik holatlarda o'z siyosiy davlatchilik an'analariga ega bo'lgan yirik etnoslar millat deb ataladi

    10. Dunyo millatlari orasida vakillarining soni qancha? J: 100 mln. kishidan ortiq bo'lgan 12 ta, 50- 100 mln. kishi bo'lgan 12 ta, 25-50 mln. kishi bo'lgan 17 ta millat mavjud.

    11. Vakillarining soni 100 mln. kishidan ziyod bo'lgan millatlar (2018-y.)



      Millatlar

      Umumiy soni, kishi

      1

      Xanlar (xitoyliklar)

      1 mlrd. 310 mln.

      2

      Hindlar

      280 mln.

      3

      Bengallar

      235 mln.

      4

      Amerikaliklar

      200 mln.

      5

      Brazillar

      175 mln.

      6

      Ruslar

      150 mln.

      7

      Yaponlar

      130 mln.

      8

      Meksikaliklar

      147 mln.

      9

      Nemislar

      140 mln.

      10

      Panjobliklar

      110-120 mln.

      11

      Bixarlar

      115 mln.

      12

      Yavaliklar

      105 mln.

    12. Jahon davlatlari milliy tarkib xususiyatiga ko'ra qanday guruhlariga ajratiladi? J:

      • Bir millatli davlatlar,

      • Bir millatning boshqalariga nisbatan katta salmoqqa ega bo'lgan davlatlar,

      • Ikki millatli davlatlar,

      • Kelib chiqishi bir-biriga yaqin millatlardan iborat davlatlar,

      • Ko'p millatli davlatlar

    13. Bir millatli davlatlar qaysilar? J: Yaponiya, Islandiya, Norvegiya

    14. Bir millatning boshqalariga nisbatan katta salmoqqa ega bo'lgan davlatlar? J: AQSH, Fransiya, Turkiya

    15. Ikki millatli davlatlar qaysilar? J: Kanada, Belgiya

    16. Kelib chiqishi bir-biriga yaqin millatlardan iborat davlatlar? J: Afg'oniston, Pokiston

    17. Ko'p millatli davlatlar qaysilar? J: Hindiston, Indoneziya

    18. Jahondagi etnoslar tillarining o'xshashligi va qardoshligidan kelib chiqib, nechadan ortiq til oilalariga birlashtiriladi? J: 20 dan ortiq

    19. Etnoslar orasida qaysi til oilasiga mansub xalqlar soniga ko'ra yetakchilik qiladi? J: hind- yevropa til oilasiga mansub

    20. Jahon aholisining deyarli necha qismi hind-yevropa til oila tarkibiga kiruvchi tillarda so'zlashadi? J: 1/2 qismi

    21. O'zbeklar oltoy tillar oilasining qaysi guruhiga mansub millat hisoblanadi? J: turkiy guruhiga mansub

    22. Dunyoda so'zlashuvchilar soni 100 mln. kishidan oshgan 11 ta til mavjud bo'lib, qaysi tillar ular orasida yetakchilik qiladi? J: xitoy (1 mlrd. 310 mln. kishi), ingliz (420 mln. kishi), hind (350 mln. kishi), ispan (335 mln. kishi), rus (250 mln. kishi) tillari ular orasida yetakchilik qiladi.

    23. Qaysi tillar BMT faoliyatida qo'llaniladigan rasmiy tillar hisoblanadi? J: Xitoy, ingliz, ispan, fransuz, arab va rus tillari

    24. Dinlar qanday dinlarga bo'linadi? J: sodda (primitiv), mahalliy va dunyoviy dinlarga

    25. Diniy e'tiqodning eng sodda ko'rinishi bo'lgan primitiv dinlar hozirda, asosan, qayerda saqlanib qolgan? J: qabilalar orasida

    26. Primitiv dinlar hozirda qanday ko'rinishlari mavjud? J: Totemizm, animizm, fetishizm kabi ko'rinishlari.

    27. Mahalliy dinlar qanday dinlar hisoblanadi? J: bir yoki bir necha qardosh millatlar orasida tarqalgan dinlar, asosan, bir davlat yoki mintaqa doirasida tarqalgan.

    28. Mahalliy dinlar orasida qaysi din e'tiqodchilar soniga ko'ra peshqadamlik qiladi? J: induizm dini

    29. Qaysi dinlar ham mahalliy dinlar sirasiga kiradi? J: Sikxizm, konfutsiylik, iudaizm (yahudiylik), sintoizm dinlari

    30. Mahalliy dinlarning tarqalish mintaqalari.



      Mahalliy dinlar

      E'tiqod qiluvchilarning asosiy qismi tarqalgan
      mintaqalar

      1

      Induizm

      Hindiston, Nepal, Shri-Lanka

      2

      Sikxizm

      Hindiston (Panjob shtati)

      3

      Konfutsiylik

      Xitoy

      4

      Sintoizm

      Yaponiya

      5

      Iudaizm (yahudiylik)

      Isroil, AQSH

    31. Jahonning bir qancha davlatlarida tarqalgan, e'tiqod qiluvchilar soni ko'p bo'lgan nechta dunyoviy din mavjud? J: uchta dunyoviy din mavjud

    32. Dunyoviy dinlarga qaysilar kiradi? J: buddizm, xristianlik, islom dinlari kiradi.

    33. Xristianlik dini qanday mazhablarga bo’linadi?J: katoliklik, protestantlik va pravoslavlik mazhablariga

    34. E'tiqodchilar soniga ko'ra qaysi din yetakchilik qiladi? J: xristianlik. 2 mlrd. 400 mln. kishidan ortiq.

    35. Eng yosh din qaysi? J: Islom dini

    36. Paydo bo'lish davriga ko'ra dunyoviy dinlar orasida eng yoshi hisoblangan islom dini nechadan ortiq e'tiqodchilarga egadir? J: 1 mlrd 600 mln.dan ortiq e'tiqodchilarga ega

    37. Nechta davlat uchun davlat dini hisoblangan islom dini? J: 50 ta davlat uchun

    38. Islom dini qaysi hududlarda keng tarqalgan? J: Shimoliy Afrika, Janubi-g'arbiy, Markaziy, Janubiy, Janubi-sharqiy Osiyo hududlarida.

    39. Islom dinining qanday mazhablari mavjud? J: sunniylik va shialik mazhablari mavjud


    40. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin