Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə12/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

MAVZU: AMALIY MASHG’ULOT.


  1. Quyidagi davlatlar aholi zichligini aniqlang:

    1. Italiya - maydoni - 301,3 ming km2, aholisining umumiy soni - 60,6 mln. kishi;

Javobi: 201,1 kishi

    1. Nikaragua - maydoni - 129,5 ming km2, aholisining umumiy soni - 6,3 mln. kishi;

Javobi: 48,6 kishi

    1. Mongoliya - maydoni - 1566,6 ming km2, aholisining umumiy soni - 3,2 mln. kishi;

Javobi: 2,0 kishi

    1. Kamerun - maydoni - 475,4 ming km2, aholisining umumiy soni - 25,6 mln. kishi. Javobi: 53,8 kishi.

  1. Quyidagi jadvalni to'ldiring:




Davlatlar

Jami aho¬lisi, mln. kishi

Shahar aholisi, mln. kishi

Qishloq aholisi, mln. kishi

Urbanizatsiya darajasi, %




Turkiya

81,3

61

20,3

75

Uganda

44,1

10,6

33,5

24

Shvetsiya

10,2

8,8

1,4

86,2

Panama

4,2

2,9

1,3

69

  1. Quyidagi ibodat maskanlari ramzlari qaysi dinga tegishli ekanligini aniqlang.




  1. Buddaviylik dini II. Xristian dini III. Islom dini
    1. MAVZU: QIRG’IZISTON RESPUBLIKASI.


    1. Jahon xo'jaligi (iqtisodiyoti) bu….. J: turli ko'rinishdagi savdo-iqtisodiy aloqalar bilan o'zaro bog'langan barcha mamlakatlarning milliy iqtisodiyotlari majmuyi hisoblanadi.

    2. Milliy xo'jaliklar umumlashgan holda jahon xo'jaligi sifatida faoliyat ko'rsata boshlagan davr qaysi? J: XV-XVI asrlar, ya'ni Buyuk geografik kashfiyotlar davri bilan bog'liq.

    3. Jahon xo'jaligining rivojlanishi nima bilan bog'liq? J: ishlab chiqarish tarmoqlarining taraqqiyoti bilan

    4. Jahon iqtisodiyoti uchun nechanchi asrgacha bo'lgan davrda qishloq xo'jaligi yetakchi tarmoq bo'lgan? J: XVIII asrgacha bo'lgan davr

    5. Yevropada yuz bergan sanoat inqilobi nima uchun zamin yaratdi? J: sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi uchun

    6. Nechanchi asr oxirida kim tomonidan bug' mashinasining ixtiro qilinishi turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonalarining ishga tushirilishiga yordam berdi? J: XVIII asr oxirida J.Uatt tomonidan

    7. Nechanchi yillarga kelib ishlab chiqarish tarmoqlarida avtomatlashtirish jarayoni boshlandi?J: 1960-yillarga kelib

    8. Jahon xo'jaligining rivojlanishida uning asosiy sohalari katta ahamiyatga ega. Ular odatda nechta sektorga ajratiladi? J: uchta sektorga

    9. Jahon xo’jaligining sektor tarkibiga qaysila kiradi? J: Qishloq va o'rmon xo'jaligi, baliqchilik, ovchilik

    10. Birlamchi sektor tarkibiga qaysilar kiradi? J: tog'-kon sanoati

    11. Bu sektor tarmoqlari, asosan, nima tayyorlab berishga ixtisoslashgan? J: sanoat tarmoqlari uchun zaruriy xomashyoni tayyorlab berishga.

    12. Ikkilamchi sektor tarmoqlari nimaga yo'naltirilgan? J: tayyor mahsulot yaratishga yo'naltirilgan

    13. Uchlamchi sektorning asosiy vazifasi nima hisoblanadi? J: aholiga xizmat ko'rsatish.

    14. Hozirda jahon davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatiga ko'ra qanday tiplarga ajratiladi? J:

      1. agrar (iqtisodiyotning tarmoq tarkibida qishloq xo'jaligi salmog'i yuqori),

      2. industrial (iqtisodiyotning tarmoq tarkibida sanoat va qurilish sohalari salmog'i yuqori)

      3. postindustrial (iqtisodiyotning tarmoq tarkibida xizmat ko'rsatish, ayniqsa, intellektual soha tarmoqlari salmog'i yuqori) tiplarga ajratiladi

    15. Shu bilan birga iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi va sanoat salmog'iga ko'ra qanday davlatlar ham ajratiladi? J: agrar-industrial yoki industrial-agrar davlatlar ham ajratiladi.

    16. Qaysi davlatlar agrar, industrial, postindustrial, industrial-agrar va agrar-industrial davlatlarga misol bo'la oladi? J: Senegal agrar, Braziliya industrial, GFR postindustrial, O'zbekiston industrial-agrar, Kambodja agrar-industrial davlatlarga misol bo'la oladi.

    17. Jahon xo'jaligining yagona tizim sifatida rivojlanishi nimaga tayanadi? J: xalqaro mehnat taqsimotiga

    18. Xalqaro mehnat taqsimoti deb, nimaga aytiladi? J: ayrim davlatlar xo'jaligining ma'lum mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi va bu mahsulotlarni boshqa davlatlar bilan ayirboshlashiga aytiladi.

    19. Davlatlarning xalqaro mehnat taqsimotidagi o'rniga qaysi omillar ta'sir ko'rsatadi? J: ularning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, iqtisodiy geografik o'rni xususiyatlari (ayniqsa, dengiz yo'llariga nisbatan joylashishi), tabiiy resurslari kabi omillar.

    20. Har bir davlatda xalqaro ixtisoslashuv tarmoqlari, ya'ni qanday tarmoqlar shakllanadi? J: eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlar.

    21. Yaponiya jahondagi qaysi maxsulotlar eksporti bo'yicha peshqadamlik qiladi? J: radioelektronika, robottexnikasi mahsulotlari, avtomobil va dengiz kemalari eksporti bo'yicha

    22. Saudiya Arabistoni, BAA, Kuvayt kabi davlatlar qaysi xomashyoning asosiy eksportyorlari hisoblanadi? J: yoqilg'i xomashyosining asosiy eksportyorlari hisoblanadi

    23. Peru, Zambiya va Kongo Demokratik Respublikasi qaysi xomashyolarni eksport qiladi? J: mis rudasi va tozalangan misni.

    24. Kofe xomashyosini jahon bozoriga ko'p miqdorda olib kiradigan davlatlar? J: Burundi va Uganda

    25. Aynan nima davlatlarning jahon iqtisodiyotidagi o'rnini belgilaydi? J: xalqaro ixtisoslashuv.



    1. MAVZU: JAHON IQTISODIYOTI MARKAZLARI VA XALQARO INTEGRATSIYA JARAYONLARI.


  1. Jahon xo'jaligi rivojlanishi undagi muhim nimaning faoliyati bilan bog'liq? J: iqtisodiy markazlarning faoliyati bilan

  2. Qanday davlatlar jahon iqtisodiyotining asosiy markazlari sifatida tilga olinadi?J: Ishlab chiqarish, fan-texnika va moliyaviy resurslari katta bo'lgan, jahon xo'jaligi va siyosatida alohida o'rin egallagan davlatlar.

  3. Nechanchi asrdagi jahon iqtisodiyoti o'z miqyosiga ko'ra globaldir? J: XXI asrdagi. U to'liq ravishda bozor iqtisodiyoti tamoyillari, ishlab chiqarishning baynalminallashuviga asoslanadi

  4. Polisentrik nima? J: ko'p markazlilik holatining shakllanishi

  5. Hozirgi kunda qaysi davlatlar jahon iqtisodiyotida o'ziga xos o'ringa ega? J: G'arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika bilan bir qatorda MDH davlatlari, Xitoy, Yaponiya, Osiyoning yangi sanoatlashgan davlatlari, Fors ko'rfazi davlatlari, Hindiston, Braziliya, Meksika kabi iqtisodiy markazlar.

  6. 2017-yil holatiga ko'ra, Xalqaro valyuta fondi ma'lumotlari jahon yalpi milliy mahsulot (YMM)ning hududlarda necha foiz to'g'ri kelganini ko'rsatdi? J: yalpi milliy mahsulot (YMM)ning 28 %i Shimoliy Amerika (25,8 %i AQSHga tegishli), deyarli 15 %i G'arbiy Yevropa, 16 %i Xitoy hissasiga to'g'ri kelganini ko'rsatdi.





  1. Globallashuv jarayoni nimaning yuzaga kelishiga olib kelgan? J: iqtisodiy integratsiyaning yuzaga kelishiga.


  2. Yüklə 1,39 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin