Mavzulashgan


Quruqlikning necha qismidan ko'prog'ini egallaydigan qurg'oqchil iqlimli hududlarda suv tanqisligi mavjud?



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə8/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Quruqlikning necha qismidan ko'prog'ini egallaydigan qurg'oqchil iqlimli hududlarda suv tanqisligi mavjud? J: 1/3 qismidan ko'prog'ini

  • Qaysi davlatlarda chuchuk suv muammosi ancha dolzarb hisoblanadi? J: Shimoliy va Janubiy Afrika, Janubiy va Janubi-g'arbiy Osiyo mamlakatlari, shuningdek, O'zbekiston, Turkmaniston, Qozog'iston kabi Markaziy Osiyo davlatlarida

  • Hozirgi paytda qaysi hududlarda dengiz suvini chuchuklashtirish ishlari kengayib bormoqda?

    J: Fors qo'ltig'i, O'rta dengizbo'yi mamlakatlari, Qozog'iston, AQSH, Yaponiya, Karib dengizi orol mamlakatlarida

    1. Ekologik siyosat bu -….. J: ilmiy tavsiyalarni hisobga olgan holda, tabiiy muhitni muhofaza qilish va uni sog'lomlashtirishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni boyitishga qaratilgan harakatlar majmuasi

    2. Bunday siyosat qay doirada olib boriladi? J: milliy, regional va global doirada olib boriladi va o'zida tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslarini yaratish va ularga amal qilishni ko'zda tutadi.

    3. Keyingi yillarda qaysi mamlakatlar murakkab ekologik holatni sog'lomlashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilib, amaliyotda qo'llay boshladilar? J: AQSH, Yaponiya, Yevropa va MDH davlatlari, ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar

    4. BMTning atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi bo’lgan qanday tashkilot mavjud? J: YUNEP

    5. YUNEP xalqaro tashkilotning bosh idorasi qayerda joylashgan? J: Keniya poytaxti Nayrobi shahrida
      1. MAVZU: DUNYO AXOLISINING SONI, O‘SISHI VA JOYLASHUVI.


    1. Jahon aholisining soni, 2018-yil ma'lumotlariga binoan, necha kishidan ortiqdir? J: 7 mlrd. 620 mln. kishidan ortiq

    2. Ilmiy manbalar ma'lumotlariga ko'ra, insonlarning eng qadimgi ongli vakillari - Homo sapiens - bundan taxminan necha ming yillar avval paydo bo'lgan? J: 50 ming yillar avval

    3. Qaysi hududlarda ilk insonlar paydo bo'lgan va ular tomonidan birinchi bo'lib o'zlashtirilgan hududlar hisoblanadi? J: Shimoli-sharqiy va Sharqiy Afrika, Janubiy Yevropa hamda Old Osiyoda

    4. Uzoq davrlar davomida insoniyatning asosiy qismi qaysi qit'alarida istiqomat qilgan edi? J: Yevropa, Osiyo va Afrika qit'alarida

    5. Qayerda va nimaning rivojlanishi natijasida bu qit'alardagi aholining o'rtacha umr ko'rishi va tabiiy ko'payish darajasi ortdi? J: XIX asrda Yevropa va Amerikada ro'y bergan sanoat inqilobi, tibbiy xizmatning rivojlanishi natijasida

    6. Jahon aholisi soni XX asr davomida 1,6 mlrd. kishidan 6,1 mlrd. kishigacha yetgan bo'lib, uning eng yuqori sur'atlari nechanch yillardan keyingi davrlarga to'g'ri keladi? J: 1960-yillardan keyingi davrlarga

    7. Jahon mintaqalari aholi soni dinamikasi.





    1. Nimaning natijasida aholi orasida o'lim darajasining pasayishi hamda aholi sonining tez sur'atlarda o'sishi hisobiga yuzaga kelgan? J: Ikkinchi Jahon urushidan keyingi davrlarda Osiyo, Afrika va Okeaniya davlatlarining siyosiy mustaqillikka erishuvi, ularga BMT tomonidan insonparvarlik yordamlarining berilishi natijasida

    2. «Demografik portlash» bu….. J: o'lim darajasi pasayishi tufayli aholi sonining tez sur'atlar bilan ko'payishi

    3. Nechanchi yillarda jahonda «demografik portlash» jarayoni yuz berdi? J: 1960-1980-yillarda

    4. So'nggi yillarda aholishunos olimlar «demografik portlash»ga nisbatan deyarli nihoyasiga yetib borayotgan jarayon sifatida baho berayotgan bo'lsalarda, qaysi qit’aning bir qator davlatlarida aholining yillik tabiiy ko'payish darajasi hali ham yuqori darajada kuzatilmoqda? J: Afrika va Osiyoning bir qator davlatlarida.

    5. Depopulyatsiya bu ….. J: tug'ilishning o'limga nisbatan pastligi

    6. Shu bilan birga jahonning rivojlangan davlatlarida tabiiy ko'payishning manfiy holati nimaga olib bermoqda? J: demografik inqiroz yoxud depopulyatsiya yuz bermoqda

    7. Demografik inqirozni hozirgi kunda Yevropaning qaysi davlatlarida kuzatish mumkin?J: Germaniya, Ukraina, Serbiya va b.

    8. Mintaqalar aholisi sonining davriy o'zgarishi birinchi navbatda nimaga bog'liq? J: unda yuz berayotgan tug'ilish va o'lim ko'rsatkichlari nisbati asosida shakllanuvchi tabiiy ko'payish darajasi bilan bog'liq.

    9. Tug'ilish, o'lim va tabiiy ko'payish koeffitsiyentlari (1000 kishiga nisbatan, 2018-yilgi ma'lumotlar).

      Hudud

      Tug'ilish

      O'lim

      Tabiiy

      Go'daklar

      O'rtacha umr davri




      koeff.

      koeff.

      o'sish
      koeff.

      o'limi koeff.
      (har 1000

      erkaklar

      ayollar













      go'dakka



















      nisbatan)







      Jahon

      19

      7

      12

      31

      70

      74

      Afrika

      35

      9

      26

      50

      61

      64

      Amerika

      15

      7

      8

      13

      74

      80

      Osiyo

      17

      7

      10

      26

      71

      74

      Yevropa

      10

      11

      -1

      4

      75

      82

      Avstraliya va Okeaniya

      17

      7

      10

      21

      76

      80

    10. Qaysi qit’ada aholi tabiiy o'sish koeffitsiyenti jahon o'rtacha ko'rsatkichidan yuqori? J: Afrikada, (qolgan qit'alarda esa bu ko'rsatkich pastroq darajaga ega)

    11. Davlatlarda aholining tabiiy o'sishi yuqori darajada saqlanishiga qanday omillar katta ta'sir

    ko'rsatadi? J: ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillar


    1. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin