Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə4/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

O'zbekiston qanday davlatlardan biri hisoblanadi? J: o'tish iqtisodiyotidagi davlatlardan biri hisoblanadi
    1. MAVZU: MAMLAKATLARNING BOSHQARUV SHAKLI VA DAVLAT TUZILISHI


  1. Siyosiy boshqaruvning ikki asosiy - shakli qaysilar? J: respublika va monarxiya shakli

  2. Ma'lumki, bu ikkita boshqaruv shakli, birinchi navbatda, nimasi bilan farqlanadi? J: oliy davlat hokimiyatini shakllantirish va uzatish usullari bilan

  3. Respublika shakli Qadimgi Rim davridan ma'lum bo'lsa ham, uning keng tarqalishi nechanchi asrga to'g'ri keladi? J: XX asrning ikkinchi yarmiga?

  4. 2018-yil holatiga ko'ra, jahonning siyosiy xaritasida nechta respublika davlatlari mavjud? J: 150 ta

  5. Respublikalar asosan nechta turga bo'linadi? J: 3 ta turga bo'linadi: prezidentlik, parlamentar hamda aralash

  6. Prezidentlik respublikalarida hokimiyatning asosiy vakolatlari kimga tegishli va kim tomonidan shakllantiriladi? J: prezidentga tegishli bo'lib, hukumat (vazirlar mahkamasi) tarkibi davlat rahbari tomonidan shakllantiriladi

  7. Prezidentlik respublikalariga qaysi mamlakatlar misol bo'la oladi?J: AQSH, Meksika, Braziliya, Argentina, Indoneziya, Afg'oniston, Belarus, Qozog'iston, O'zbekiston kabi mamlakatlar

  8. Prezidentlik respublikasi shakli eng ko'p qaysi qit'alarida tarqalgan? J: Afrika va Amerika qit'alarida

  9. Parlamentar respublikalarda hukumat tarkibi kim tomonidan shakllantiriladi? J: parlament saylovlari natijalari asosida siyosiy partiyalar tomonidan shakllantiriladi, prezidentning funksiyalari esa cheklangan bo'ladi

  10. Parlamentar respublikalarga qaysi davlatlar misol bo’la oladi? J: Germaniya, Avstriya, Italiya, Bolgariya, Latviya, Estoniya, Gretsiya, Isroil, Hindiston, Janubiy Afrika Respublikasi va boshqalar

  11. Parlamentar respublikalar ko'proq qayerda joylashgan? J: Yevropada

  12. Aralash respublikalar qanday shakllantiradi? J: prezident va parlament birgalikda hukumat tarkibini shakllantiradi va uning faoliyatini nazorat qiladi

  13. Aralash respublikalar qatoriga qaysi mamlakatlar mansub? J: Rossiya, Portugaliya, Ukraina, Xorvatiya, Fransiya, Jazoir, Misr va boshqa mamlakatlar

  14. Hozirgi vaqtda dunyoda nechta ta monarxiya davlatlari mavjud? J: 44 ta monarxiya

  15. Monarxiya davlatlari ikkiga bo’linib bular qaysilar? J: konstitutsion va mutlaq monarxiyalar.

  16. Konstitutsion monarxiyalarda boshqaruv shakli qanday bo’ladi? J: davlat rahbari (qirol, amir, knyaz va h.k.)ning siyosiy vakolatlari ma'lum darajada cheklangan bo'lib, davlat boshqaruvida parlament va hukumatning o'rni muhim hisoblanad

  17. Mutlaq monarxiya boshqaruv shakliga ega bo'lgan davlatlarda boshqaruv qanday bo’ladi? J: monarxning vakolatlari cheklanmagan bo'ladi

  18. Hozirgi kunda monarxiya davlatlarining aksariyati qanday davlatlar hisoblanadi? J: konstitutsion monarxiyalar

  19. Konstitutsion monarxiya davlatlar soni nechta? J: 39 ta

  20. Konstitutsion monarxiya davlatlar hududlar bo’yicha qanday tasimlangan? J: 11 tasi Yevropada, 9 tasi Osiyoda, 3 tasi Afrikada, 10 tasi Amerikada, 6 tasi Avstraliya va Okeaniyada joylashgan.

  21. Konstitutsion monarxiyalardan nechtasi Britaniya Hamdo'stligi qirolliklari xisoblanadi? J: 15 tasi

  22. Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Papua-Yangi Gvineyada davlat bosh raxbari kim xisoblanadi? J: ularda rasmiy ravishda davlat rahbari Buyuk Britaniya monarxi (qirol yoki qirolicha) hisoblanib, amalda bu davlatlarning siyosiy tizimida asosiy rolni bosh vazir o'ynaydi..

  23. Mutlaq monarxiyalarning umumiy soni nechta va qaysi hududlarda joylashgan? J: 5 ta bo'lib, ulardan 4 tasi Osiyoda (Saudiya Arabistoni, Ummon, Qatar, Bruney), 1 tasi Yevropada (Vatikan) joylashgan

  24. Mutlaq teokratik monarxiya davlatlar qaysilar? J: Saudiya Arabistoni hamda Vatikan davlatlari, chunki bu ikki davlatda monarx diniy rahbar vazifasini ham bajaradi

  25. Ma'muriy-hududiy tizimi (davlat tuzilishi shakli) jihatidan jahon mamlakatlari necha tuga bo'linadi va qaysilar? J: ikki turga, ya'ni unitar va federativ davlatlarga

  26. Unitar davlatlar qanday tashkil topgan? J: butun mamlakat hududida yagona qonunchilik tizimi amal qiladi, siyosiy boshqaruv esa markazlashgan holda amalga oshiriladi

  27. Jahon mamlakatlarining aksariyati yani nechtasi unitar davlat hisoblanadi? J: 166 tasi

  28. Davlat tuzilishining birmuncha murakkab shakli - bu? J: federatsiyadir

  29. Federatsiya davlatlar qanday tashkil topgan? J: qonunchilik, ijro va sud hokimiyati markaziy (federal) hamda hududiy (shtatlar, provinsiyalar, respublikalar va boshqalar doirasida) darajalardan tashkil topadi

  30. Federativ davlatlarning soni, 2018-yil holatiga ko'ra, nechta va qaysi hududlarda mavjud? J: 28 ta bo'lib, shu jumladan, Yevropada 6 ta, Osiyoda 7 ta, Afrikada 6 ta, Amerikada 7 ta hamda Avstraliya va Okeaniyada 2 ta federatsiyalar joylashgan.

  31. Federativ davlatlarni barpo etishda qanday sabablar hisobga olingan? J: ularning tarixiy rivojlanganlik xususiyatlari (AQSH, Germaniya, Avstriya, BAA va b.), hududining benihoya kattaligi (Kanada, Avstraliya, Braziliya) yoki sochilib ketganligi (Mikroneziya Federativ shtatlari, Komor orollari va b.), aholisining ko'p millatliligi (Hindiston, Nigeriya, Bosniya va Gersegovina kabi), shuningdek boshqa sabablar

  32. Nechanchi yil va qaysi davlatda monarxiyadan voz kechilib, respublika boshqaruv shakliga o'tildi? J: 2008-yilda Nepalda

  33. Nechanchi yilda qaysi davlat parlamentar respublikadan prezidentlik respublikasiga aylandi? J: 2017-yilda Turkiya

  34. So'nggi yillarda federativ davlatlar safi qaysi davlatlar hisobiga ko'paydi? J: Iroq, Nepal, Sudan, Janubiy Sudan hisobiga.
    1. MAVZU: DUNYONING TABIIY RESURSLARI.


  1. Tabiiy resurslar deb nimaga aytiladi? J: inson hayoti va faoliyati davomida bevosita foydalaniladigan barcha turdagi tabiat ne'matlariga aytiladi

  2. Tabiiy resurslar orasida qaysi resurslarning iqtisodiy ahamiyati yuqori? J: mineral, yer, suv, biologik va iqlimiy resurslarning

  3. Tabiiy resurslar qanday guruhlarga bo'linadi? J: tugaydigan va tugamaydigan guruhlarga

  4. Qaysi resurslar tugaydigan tabiiy resurslar qatoriga kiradi? J: Yer, suv, mineral, biologik resurslar

  5. Tugaydigan resurslar qanday guruhlarga bo'linadi? J: tiklanadigan va tiklanmaydigan guruhlarga

  6. Tiklanish xususiyatiga qaysi resurslar ega? J: yer, suv hamda biologik resurslar

  7. Mineral resurslar, ya'ni foydali qazilmalar, qanday boylik hisoblanadi? J: tiklanmaydigan tabiiy boylik hisoblanadi


  8. Yüklə 1,39 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin