Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə16/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Jahon to'qimachiligida beshta mintaqa shakllangan, bular qaysilar? J: Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, MDH davlatlari, Yevropa va AQSH.

  • Qaysi mintaqalarda paxta va ipak tolali matolar katta salmoqqa ega? J: Osiyo mintaqalarida.

  • Qaysi mintaqada asosiy o'rinni sintetik tolali va trikotaj matolar egallaydi? J: Yevropa va AQSHda.

  • O'ziga xos «moda markazlari» shakllangan shaharlar qaysilar? J: Parij, London, Berlin va Nyu- York shaharlaridir.

  • Arzon ishchi kuchidan foydalanish imkoniyati mavjudligi sababli tikuvchilik sohasi korxonalari sekin-asta qanday mamlakatlarga ko'chib o'tmoqda? J: rivojlanayotgan mamlakatlarga

  • Charm-poyabzal tarmog'i nima ishlab chiqarishga ixtisoslashgan? J: teriga ishlov berish

    va undan turli mahsulotlar ishlab chiqarishga.

    1. Qaysi davlatlar charm - poyabzal tarmog’ining yetakchi davlatlari hisoblanadi? J: Xitoy, Italiya, Hindiston, Ispaniya, AQSH, Fransiya kabi davlatlar.
      1. MAVZU: JAHON DEHQONCHILIGI GEOGRAFIYASI.


    1. Jahon bo'yicha hozirgi paytda, taxminan, necha mlrd kishi qishloq xo'jaligi sohasida band? J: 1,4 mlrd. Kishi.

    2. Qishloq xo'jaligining asosiy xususiyatlaridan biri, nimada? J: tabiiy iqlim sharoiti bilan chambarchas bog'liq ekanligi.

    3. Ishlab chiqaradigan mahsulotlar xususiyatlariga ko'ra, qishloq xo'jalik tarmoqlari ikki guruhga bo'linadi bular qaysilar? J: dehqonchilik (ziroatchilik) va chorvachilik.

    4. Qishloq xo'jaligida mahsulot ishlab chiqarish xususiyatiga ko'ra, necha turga ajratiladi? J: ikki turga.

    5. Qishloq xo'jaligining birinchi turi qaysi? J: rivojlangan tovar qishloq xoijaligi bo'lib, unda ishlab chiqariladigan mahsulotlar bozor, birinchi navbatda, tashqi bozor uchun mo'ljallangan bo'ladi.

    6. Qishloq xo'jaligining ikkinchi turi qaysi? J: ichki iste'moli uchungina mahsulot ishlab chiqaradigan, odatda, kam samarali qishloq xo'jaligidir.

    7. Qaysi mamlakatlarda hali ham omoch kabi oddiy ish qurollaridan foydalaniladi? J: Markaziy va Sharqiy Afrika, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida?

    8. Dehqonchilikning eng yirik tarmog'i qaysi? J: Donli ekinlar yetishtirish

    9. Donli ekinlar turlari ancha ko'p bo'lib, ular jahon ekin maydonlarining yarmi ya’ni necha gektar yerga ekiladi? J: 0,7 mlrd. ga.

    10. Donchilik tarkibida nimalar yetishtirish sohalarning salmog'i katta? J: bug'doy, sholi va makkajo'xori yetishtirish.

    11. Jahon yalpi don mahsulotlari hosilining necha % i mazkur ekin turlariga to‘g‘ri keladi? J: 80 % i .

    12. Yana qaysi turdagi don mahsulotlari mavjud? J: arpa, suli, javdar kabi turdagi.

    13. Donli ekinlar orasida eng ko'p ekiladigan ekin turi qaysi? J: Bug'doy

    14. 2016-yil ma'lumotlariga ko'ra, jahonda necha mln. t bug'doy yetishtirilgan? J: 800 mln. t bug'doy.

    1. Bug'doy yetishtirishda qaysi davlatlar yetakchilik qiladi? J: Xitoy (131,7 mln.t), Hindiston (86,9 mln. t), Rossiya (73,3 mln. t), AQSH (62,9 mln. t), Kanada (30,5 mln. t).

    2. Jahonning asosiy bug'doy ekiladigan hududlari qayerlar hisoblanadi? J: Shimoliy yarim sharning o'rta kengliklari (AQSH, Kanada, Rossiya, Ukraina, Qozog'iston, Xitoy) va Janubiy yarim sharning o'rta kengliklari (Avstraliya, Argentina, Braziliya) hisoblanadi.

    3. Jahon donli ekinlari orasida yalpi hosili va ahamiyatiga ko'ra ikkinchi o'rinni qaysi don maxsuloti egallaydi? J: sholi.

    4. Agar bug'doy aksariyat hollarda dasht mintaqalari ekini hisoblansa, sholi, asosan, qanday hududlarda yetishtiriladi? J: musson iqlimli hududlarda.

    5. Jahonning asosiy sholichilik mintaqalari qaysilar hisoblanadi? J: Sharqiy, Janubi-sharqiy va Janubiy Osiyo.

    6. Qaysi davlatlar sholi yalpi hosili bo'yicha jahonda peshqadamlik qiladi? J: Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Bangladesh, Vyetnam kabi davlatlar

    7. Makkajo'xori jahon don hosilining necha qismini beruvchi ekin turi hisoblanadi? J: 1/4 qismini

    8. Jahonning eng ko'p makkajo'xori yetishtiruvchi davlatlari qaysilar hisoblanadi? J: AQSH, Braziliya, Meksika, Argentina, Xitoy.

    9. AQSH makkajo'xorining jahon bo'yicha umumiy hosilining necha % dan ortig'ini ta'minlaydi? J: 25 % dan ortig'ini.

    10. Aholi tomonidan iste'mol qilinadigan moyning asosiy qismi qaysi ekinlardan olinadi? J: soya, kungaboqar, yeryong'oq, chigit, zaytun kabi ekinlardan.

    11. Soya yetishtirishda qaysi davlatlar alohida o’rin tutadi? J: AQSH (jahon soyasining yarmi), Braziliya, Xitoy

    12. Yeryong'oq yetishtirishda qaysi davlatlar alohida o’rin tutadi? J: Hindiston, G'arbiy Afrika davlatlari

    13. Kungaboqar yetishtirishda qaysi davlatlar alohida o’rin tutadi? J: Ukraina, Rossiya, Argentina

    14. Zaytun yetishtirishda qaysi davlatlar alohida o’rin egallaydi? J: Italiya, Ispaniya kabi O'rta dengizbo'yi davlatlari.

    15. Ildizmevalilardan kartoshka yetishtirishda qaysi davlatlar yetakchi davlatlar hisoblanadi? J: Xitoy, Hindiston, Rossiya, Ukraina, AQSH.

    16. Qandli ekinlardan qandlavlagi yetishtirishda aysi davlatlar yetakchilik qiladi? J: Rossiya, Fransiya, AQSH.

    17. Shakarqamish yetishtirishda qaysi davlatlar yetakchilik qiladi? J: Braziliya, Hindiston, Xitoy.

    18. Qaysi maxsulotlar quvvat beruvchi ekin turlari hisoblanadi?J: Choy, qahva, kakao.

    19. Choy yalpi hosili bo'yicha qaysi davlatlar peshqadamlik qiladi? J: Xitoy, Hindiston, Keniya

    20. Qahva hosilini yetishtirish bo'yicha qaysi davlatlar peshqadamlik qiladi? J: Braziliya, Indoneziya, Vyetnam.

    21. Kakao dukkaklari yig'ish bo'yicha qaysi davlatlar peshqadamlik qiladi? J: Kot-d'Ivuar, Gana, Indoneziya.

    22. Texnik ekinlar orasida paxta katta salmoqqa ega bo'lib, qaysi davlatlar eng ko'p paxta yetishtiradigan davlatlar hisoblanadi? J: Xitoy, AQSH, Hindiston, Pokiston, Braziliya, O'zbekiston


    23. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin