Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə17/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Tabiiy kauchuk (geveya) yetishtirishda qaysi davlatlar katta salmoqqa ega? J: Tailand, Indoneziya, Malayziya, Hindiston, Xitoy davlatlari.

  • Jahon davlatlari YIMda qishloq xo'jaligining salmog'i (2017-y., %).

    YIMda qishloq xo'jaligi salmog'i yuqori bo'lgan davlatlar

    Qishloq xo'jaligining YIMdagi
    salmog'i, %

    YIMda qishloq xo'jaligi salmog'i past bo'lgan davlatlar

    Qishloq xo'jaligining YIMdagi
    salmog'i, %

    Liberiya

    77

    Monako

    0

    Somali

    65

    Qatar

    0,1

    Gvineya-Bisau

    62

    San-Marino

    0,1

    Kongo DR

    55

    Kuvayt

    0,3

    MAR

    55

    Lyuksemburg

    0,4
      1. MAVZU: JAHON CHORVACHILIGI VA BALIQCHILIGI GEOGRAFIYASI.


    1. Chorvachilik qanday tarmog' sanaladi? J: jahon qishloq xo'jaligining chorva mollarini ko'paytirish bilan shug'ullanadigan tarmog'i.

    2. Chorvachilik qanday tarmoqlarga bo'linadi? J: qoramolchilik, qo'ychilik, echkichilik, cho'chqachilik, yilqichilik, tuyachilik, parrandachilik, darrandachilik, asalarichilik, pillachilik kabi tarmoqlarga.

    3. Chorvachilikning eng katta ahamiyatiga ega tarmoqlari qaysilar hisoblanadi? J: Qoramolchilik, qo'ychilik, cho'chqachilik va parrandachilik.

    4. Aholi iste'molidagi jami go'shtning, taxminan, necha % ini yetkazib beradi? J: 30 % ini, sutning asosiy qismini.

    5. Intensiv va ekstensiv qoramolchilik qayerlarda rivojlangan?J: Mo'tadil mintaqaning o'rmon va dasht zonalarida intensiv, qurg'oqchil hududlarda esa ko'chmanchi ekstensiv qoramolchilik rivojlangan.

    6. Jahonda qoramollarning umumiy soni necha mlrd. boshdan ortiq? J: 1,3 mlrd. boshdan ortiq.

    7. Qora mollarning soniga ko'ra qaysi mamlakatlari ajralib turadi? J: Hindiston (298 mln. bosh), Braziliya (220 mln. bosh), Xitoy (108 mln. bosh), AQSH (92 mln. bosh) va Pokiston (79,4 mln. bosh) mamlakatlari ajralib turadi (2016-y.).

    8. Qo'ychilik, asosan, qanday tarmog' hisoblanadi? J: jahonning quruq tog' yaylovlari, dasht va chalacho'l mintaqalarida rivojlangan chorvachilik tarmog'i hisoblanadi.

    9. Qo’ychilik, asosan, qaysi mintaqalarda rivojlangan? J: Mayin va yarimmayin junli qo'ychilik iqlimi yumshoq, namroq dasht, chalacho'l mintaqalarida; teri va go'sht beruvchi qo'ychilik, jumladan, qorako'l qo'ychiligi esa qurg'oqchil chalacho'l va cho'l mintaqalarida rivojlangan.

    10. Ma'lumotlarga ko'ra, jahon bo'yicha necha mlrd. boshdan ortiq qo'y mavjud? J: 1,1 mlrd. boshdan ortiq.

    11. Qaysi davlatlar qo'ylarning umumiy soni bo'yicha yetakchilik qiladi? J: Xitoy (162 mln. bosh), Avstraliya (67,5 mln. bosh), Hindiston (63 mln. bosh), Eron (42,5 mln. bosh), Nigeriya (42 mln. bosh) kabi davlatlar (2016-yil).

    12. Qaysi davlatlar intensiv qo'ychilik yuqori darajada rivojlangan davlatlar hisoblanib, ular jahon bozoriga katta miqdorda jun va teri yetkazib bermoqda? J: Avstraliya va Yangi Zelandiya.

    13. Cho'chqachilik jahon go'sht mahsulotlarining necha % dan ortig'ini tayyorlab beruvchi tarmoq hisoblanadi? J: 40 % dan ortig'ini.

    14. Cho’chqachilik tarmog’i qanday hududlarda rivojlantiriladi? J: donchilik va kartoshkachilik rivojlangan rayonlarda hamda yirik shaharlar va oziq-ovqat sanoati markazlari yaqinida.

    15. Cho'chqalarning umumiy soni necha mlrd. boshga yaqin? J: 1 mlrd. boshga yaqin.

    16. Qaysi davlatlar cho'chqachilik tarmog'ining peshqadamlari hisoblanadi? J: deyarli yarmi Xitoy hissasiga to'g'ri keladi (457 mln. bosh). AQSH (71,5 mln. bosh), Braziliya (40 mln. bosh), Ispaniya (29,2 mln. bosh), Germaniya (27,4 mln. bosh) kabi davlatlar.

    17. Parrandachilik qanday tarmoq hisoblanib, asosan, qaysi rayonlarda rivojlangan? J: aholi iste'moli uchun parhez go'sht (jami iste'moldagi go'shtning 20 % ga yaqini), tuxum va yumshoq pat tayyorlab beruvchi tarmoq hisoblanib, asosan, donchilik rayonlarida rivojlangan.

    18. Qaysi davlatlar parranda soniga ko'ra jahonda yetakchi o'rinlarni egallaydi? J: Xitoy (6,2 mlrd. bosh), AQSH (2,2 mlrd. bosh), Indoneziya (2,1 mlrd. bosh), Braziliya (1,4 mlrd. bosh), Eron (1 mlrd. bosh) kabi davlatlar.

    19. Chorvachilikning, asosan, mo'tadil mintaqa davlatlariga xos bo'lgan davlatlar qaysi? J: Xitoy, Yaponiya, O'zbekiston, Ispaniya, Italiya va h.k.

    20. Cho'l sharoitli davlatlar uchun an'anaviy hisoblangan tuyachilik qaysi davlatlarda tarkib topgan? J: Somali, Sudan, Mavritaniya va b.

    21. Jahonning ko'plab mintaqalarida rivojlangan yilqichilik qaysi davlatlar yetakchilik qiladi? J: Xitoy, Braziliya, Meksika.

    22. Shimoliy mintaqalardagi bug'uchilik rivojlangan davlatlar qaysi? J: Rossiya, Kanada, AQSH.

    23. Shimoliy kengliklar hamda daryo qayirlarida shakllangan darrandachilik qaysi davlatlar yetakchi? J: Rossiya, Kanada, Skandinaviya davlatlari.

    24. Xo'jalikning eng qadimiy tarmoqlaridan biri? J: Baliqchilik.

    25. Baliq ovlash bilan qaysi davlatlar shug'ullanadi? J: amalda suv havzalariga ega bo'lgan jahonning deyarli barcha davlatlarida.

    26. Baliqlar asosan, qayerlarda ovlanadi? J: asosiy qismi sho'r (dengiz va okeanlar), qolgan qismi esa chuchuk suv havzalaridan ovlanadi.

    27. Baliqchilik bo'yicha okeanlar orasida qaysi okean yetakchi?J: Tinch (okeanlarda ovlanadigan baliqning 66 %) okeani.

    28. Baliqchilik bo'yicha qaysi dengizlari peshqadamlik qiladi? J: Norvegiya, Bering, Oxota, Yapon dengizlari.

    29. Baliqchilik bo'yicha qaysi davlatlar yetakchi hisoblanadi? J: Xitoy (jahon baliq ovlash hajmining 1/3 qismi to'g'ri keladi), Indoneziya, Hindiston kabi davlatlar.
      1. MAVZU: JAHON TRANSPORT GEOGRAFIYASI.


    1. Transport tizimini haqli ravishda jahon iqtisodiyotining nimasi deb ham nomlashadi? J: «qon tomiri» deb ham nomlashadi.

    2. Transport tarmoqlari rivojlanishi qanday omillar bilan bog'liq? J: davlatlarning ijtimoiy-

    iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, maydoni, hududining o'zlashtirilganligi kabi omillar bilan.

    1. Transport qanday tarmoqlarga bo'linadi? J: quruqlik (temiryo'l, avtomobil va quvur), suv (dengiz va daryo) hamda havo transporti tarmoqlariga.

    2. Avtomobil transporti keng tarqalgan transport turi hisoblanib, u nechanchi asrda keng rivojlandi? J: XX asrda.

    3. Avtomobil transport turida nimaning mavjudligi uning eng ommabop transport turiga aylanishiga sababchi bo'ldi? J: «eshikdan-eshikkacha» olib borib qo'yish imkoniyatining mavjudligi.


    4. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin