Mavzuning dolzarbligi i-bob. Asosiy tushunchalar


Dastur — bu berilgan algoritmga asoslangan biror-bir algoritmik tilda yozilgan ko‘rsatmalar (buyruqlar, operatorlar) to‘plamidir. Dasturlash



Yüklə 61,83 Kb.
səhifə3/19
tarix20.02.2023
ölçüsü61,83 Kb.
#85108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Dildora.kurs ishi.nortura.domla

Dastur — bu berilgan algoritmga asoslangan biror-bir algoritmik tilda yozilgan ko‘rsatmalar (buyruqlar, operatorlar) to‘plamidir.
Dasturlash — esa bu dastur tuzish jarayonidir. U quyidagi qadamlardan iborat:
♦ dasturga bo‘lgan talablar;
♦ qo‘yilgan masala algoritmini tanlash yoki ishlab chiqish;
♦ dastur kodlarini (matnlami, buyruqlami) yozish;
♦ dasturni to‘g‘rilash;
♦ test o‘tkazish.
Hozirgi kunda juda ko‘p algoritmik tillar mavjud bo‘lib ularni dasturlash tillari deb ataymiz. Algoritmik til — algoritmlarni bir xil va aniq yozish uchun ishlatiladigan belgilashlar va qoidalar tizimidir. Algoritmik til oddiy tilga yaqin bo‘lib. U matematik belgilami o‘z ichiga oladi. Qo‘yilgan masalalarni yechishga tuzilgan algoritmlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mashinaga berib, yechib bolmaydi. shu sababli yozilgan algoritmni biror-bir algoritmik tilga o‘tkazish zarur. Har qanday algoritmik til o‘z qo’llanilish sohasiga ega. Masalan, muhandislik hisob ishlarini bajarishda Pascal, Beysik va boshqalar. Ro‘yxatlarni ishlash uchun PL/1 va boshqalar. Iqtisod masalalarini yechishda Pascal, Kobol va boshqalar. Mantiqiy dasturlash uchun Prolog va boshqalar. 0‘quv jarayonlari uchun Beysik, Pascal va boshqalar. Pascal, Fortran va Kobol tillari universal tillardan hisoblanadi. Si va Assembler tillari mashina tiliga ancha yaqin tillar bolib. o‘rta darajadagi tillardir. Algoritmik til inson tillariga qancha yaqin bo’lsa. U tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir.

1.2.Dasturlash tilining elementlari
Hozirgi kunda juda ko‘p algoritmik tillar mavjud. Bu tillar ichida Pascal tili universal tillardan biri bo‘lib. boshqa tillarga qaraganda imkoniyatlari kengroq tildir. So‘nggi yillarda Pascal tili juda takomillashib, tobora ommalashib bormoqda. Pascal tilida dastur tuzish uchun Turbo Pascal va Delphi dasturlash vositalari mavjud. Bu dasturlash vositalari zamonaviy kompyuter texnologiyasining hamma talablarini o‘z ichiga olgan va unda dastur tuzuvchi uchun hamma qulayliklar yaratilgan.
Delphi dasturlash vositasi Turbo Pascal tilining rivoji bo’lgan Object Pascal tilini ishlatadi. Hozirgi kunda bu tilga juda ko‘plab yangiliklar kiritilgan, uning imkoniyatlari yanada kengaytirilgan, shu sabab bu tilni Delphi tili deb ham atash mumkin. Delphi tili ham boshqa dasturlash tillari kabi o‘z alfavitiga va belgilariga ega. U 26 ta bosh lotin harflarini, 0 dan 9 gacha bolgan arab raqamlarini va quyidagi belgilarni ishlatadi: bo‘shliq belgisi; 4 ta arifmetik amallar + mantiqiy amallami bajarish uchun , <=, >= , <>, = belgilarini ishlatadi. Bulardan tashqari vergul, nuqta, ikki nuqta, kichik qavs, katta va o‘rta qavslar. Dasturda izohlar istalganjoyda berilishi mumkin. Ular katta qavs ichida yoziladi. Masalan. Program ad; { Bu dastur nom i}.


Yüklə 61,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin