2.3. Delphining forma komponentalari Forma komponentalari, bu dasturni boshqarish uchun maxsus tugmachalar bo’lib, uni formaga joylashtirishdan oldin bosh oynadan kerakli komponentalar palitrasi tanlanadi. Masalan, Standart (Standart) komponentalar palitrasida quyidagi piktogrammalar (tugmachalar) majmuasi mavjud:
MainMenu — dastur bosh menyusi. Komponenta murakkab iyerarxik tuzilmali menyu yaratish uchun xizmat qiladi.
PopupMenu — yordamchi yoki lokal menyusi. Bu menyu oynada sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish bilan chiqadi.
Label — metka (belgi). Bu komponenta forma oynasiga uncha uzun bolmagan bir qatorli yozuvni chiqarishda ishlatiladi va uning piktogrammasi panelda «A» ko‘rinishda berilgan.
Edit — kiritish qatori. Forma oynasida matnli qator kiritish va tahrirlashda ishlatiladi.
Memo — ko‘p qatorli matn muharriri. Ko‘p qatorli matnlarni kiritish yoki chiqarishda ishlatiladi.
Button — buyruq tugmasi. Bu komponenta dasturchi tomonidan berilgan bir necha buyruqlarni bajarishda ishlatiladi.
CheckBox — bog’liq bo’lmagan tanlash tugmasi. Dasturda bu komponentaning asosiy mantiqiy xossasi (Checked) o‘zgartiriladi.
RadioButton — bog’liq bo’lgan tanlash tugmasi . Yangi tanlash tugmasi bosilganda, oldin tanlangan tugma avtomatik ravishda ozod etadi.
ListBox — ro‘yxatdan tanlash. Ro‘yxat variantlarini taqdim etadi va tanlash imkonini yaratadi.
ComboBox — kiritish qatoriga ega ro‘yxatdan tanlash. Ro‘yxatdan kombinatsiya qilib tanlash.
ScrollBar — yo’lchali boshqarish. Windows oynasi chetlaridan gorizontal yoki vertikal yo‘lcha tashkil etadi.
GroupBox — elementlar guruhi. Ma’no bo‘yicha bir necha bogliq komponentalami guruhlashda ishlatiladi.
RadioGroup — bog’liq guruhlangan tanlash tugmalari (o‘chirib yoquvchi tugmalar). Bir necha bog’liq tanlash tugmalari xossalarini saqlaydi.
Panel — panel. Bu komponenta xuddi GroupBoxga o‘xshab bir necha komponentalarni birlashtirish uchun xizmat qiladi.
Actionlist — ta’sir qilish ro‘yxatlari. Foydalanuvchi dasturga markazlashgan holda ta’sir qilishi uchun ishlatiladi.