III-BOB. DELPHI VIZUAL DASTURLASH MUHITIDA KOMPONENTALAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYALARI 3.1. Label, Edit, Memo matn komponentlari va Button tugmachasi Label belgisi. Belgi tushuntirishlar, nomlar, mavzular va boshqa har xil turdagi matnli ma’lumotlarni ekranga joylashtirish uchun ishlatiladi. Belgi uchun Caption asosiy xossalardan biri bo‘lib. unda ekranga chiqariladigan matn joylashadi. Matnni ekranga joylash uchun Delphining Standart palitrasidan (uskunalar panelidan) «A» piktogrammasi belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda matnga joylashtirilishi lozim bo’lgan joy ajratiladi. Natijada Labell matn maydoni hosil qilinadi va Caption xossasiga kirilib kerakli matn teriladi. Matnga ishlov berish uchun (masalan, kattalashtirish yoki kichiklashtirish; kursiv yoki qalin qilish va boshqa) ya’ni unga o‘zgartirish kiritish uchun kerakli xossa tanlanib ular o‘zgartiriladi. Masalan, kiritilgan matnni kattalashtirish yoki kichiklashtirish uchun oldin matn maydoni ajratilib, keyin Font xossasiga kiriladi va muloqot darchasidan shrift, uning o’lchami va rangi tanlanib Ok tugmasi bosiladi. Label komponentasi nafaqat m a’lumotlami ekranga joylash-tirish uchun xizmat qiladi, balki dastur natijalarini chiqarishda ham ishlatish mumkin. Buning uchun dasturda Label5. caption: =' Dastur natijasi'; buyrug‘i berilishi kerak. Misol: Label5.caption:='yechim='+s; buyerda s:String o‘zgaruvchisi. Edit kiritish qatori. Edit kiritish qatori matnni bir qatordan kiritish va uni tahrirlash uchun ishlatiladi. M atn kiritish qatorini ekranga joylash uchun Delphining Standart palitrasi (uskunalar paneli) dan «ab» piktogrammasi belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda matn kiritilishi lozim bolgan joy ajratiladi. Natijada Editl matn kiritish maydoni hosil qilinadi. Matnni kiritish dasturi ishchi holatiga o‘tilganda bajariladi. M atn qatoriga kiritilgan m a’lumot faqat matn, ya’ni String (qator) bo‘lib hisoblanadi. Edit kiritish qatoriga kiritilgan m a’lu-m otni dasturda o‘qib va uni raqamga o‘tkazish uchun ko‘p hollarda Val funksiyasidan foydalaniladi. Bu funksiya Turbo Pascalda quyidagicha yoziladi. Val(Editl.Text,a,cod) — bu yerda a: Real; — o‘zgaruvchisi bo‘lib. Editl.Text maydonidagi m a’lumotni raqam qilib o‘zlashtiradi. cod: Integer; deb e’lon qilinadi. Memo matn chiqarish qatori. Memo matnlam i bir necha qator qilib chiqarish uchun ishlatiladi. Memo matn chiqarish qatorini ekranga joylash uchun Delphining Standart palitrasi (uskunalar paneli) dan «ab» piktogrammasi yonidagi Memo tugmasi belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda m atn chiqarilishi lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada Memol matn chiqarish maydoni hosil qilinadi. Bu matn chiqarish maydoni dasturda natijalami chiqarishda qo‘l keladi. Natijani chiqarishda u dastur ichida quyidagicha ishlatiladi. Memol.Lines.add('Yechim='+S); Memo maydonini tozalash esa natijani chiqarishdan oldin modulda Memol.Clear; buyrug‘ini berish bilan amalga oshiriladi. Button tugmachasi. Button tugmachasi bosilishi natijasida kutilishi lozim bo‘lgan jarayonlar (masalan, hisoblashlar yoki bajarilishi lozim bolgan operatsiyalar) bajarilishga tushiriladi. Button tugmachasini ekranga joylash uchun Delphining Standart palitrasi (uskunalar paneli) dan «Ok» piktogrammasi belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda tugmacha qo‘yilishi lozim bolgan joy ajratiladi. Natijada Bottoml tugmachasi hosil qilinadi. Tugmacha nomini o‘zgartirish Caption xossasiga kirilib o‘zgartiriladi. D astu rd ag i hisob lash jaray o n lari, kiritish v a ch iq arish operatsiyalari ho sil q ilin g an tu g m a c h a n i ikki m a rta te z -te z b o sish b ila n «co6HTHani q a y ta ish lash » d a rc h a sig a o ‘tilib , u y e rd a n m o d u l ic h ig a k erak li o p e ra to rla rn i y o zish b ila n am alg a o shiriladi.