6.1. Makroiqtisodiy muvozanat tushunchasi Makroiqtisodiy muvozanatga erishishni hal etish muammosi
iqtisodiyotning
eng
muhim
masalalaridan
biridir.
Umuman
makroiqtisodiy muvozanatga erishish deganda, iqtisodiy tizimni tashkil
etuvchi uning barcha tarkibiy qismlarining barqaror va o‘zaro mutanosib
ravishda rivojlanishi tushuniladi.
Iqtisodiy muvozanatlik – bu makroiqtisodiy darajada jamiyat
ehtiyojlariga mavjud iqtisodiy resurslar miqdori va ijtimoiy ishlab
chiqarish natijalari hajmi hamda tarkibining o‘zaro mos kelishidir.
Iqtisodiy muvozanat
xususiy va umumiy bo‘lishi mumkin.
Xususiy muvozanat – bu alohida olingan bozorlar, milliy xo‘jalikning
turli xil tarmoqlari va iqtisodiy sektorlaridagi muvozatdir.
Umumiy muvozanat – bu bir vaqtning o‘zida barcha bozorlarda muvozanat
o‘rnatilishi, butun bir iqtisodiy tizimdagi muvozanat, ya’ni
makroiqtisodiy muvozanatdir. Bunday makroiqtisodiy muvozanatga esa
yalpi talab va yalpi taklif o‘zaro tenglashgandagina erishiladi.
Umumiy makroiqtisodiy muvozanatni aniqlashda muvozanat narxlar
darajasi va milliy ishlab chiqarishning real hajmi tushunchalaridan keng
foydalaniladi. Muvozanat narxlar darajasi mikroiqtisodiyotda o‘rganilgan
alohida olingan tovar yoki xizmat narxidan butunlay farqli ravishda
iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan millionlab tovarlarning o‘rtacha narxi
bo‘lib, u agregatlangan, ya’ni umumlashtirilgan ko‘rsatkich hisoblanadi.
Milliy ishlab chiqarishning real hajmi ko‘rsatkichi ham endi bir yoki bir
necha tovar yoki xizmat turi bo‘yicha hisoblanmasdan, balki endi u
agregatlanganligi sababli mamlakatda va uning tashqarisida milliy ishlab
chiqarish omillari hisobiga ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlarni o‘z
ichiga oladi.
Iqtisodiy hodisa va jarayonlarga monistik (yagona) tarzda qaralgan
mikroiqtisodiyotdan farqli o‘laroq, makroiqtisodiy hodisa va jarayonlarni
o‘rganishda, shuningdek yalpi talab va taklif muvozanatini xarakterlashda
ikki xil yondoshuv, ikki xil maktab ko‘rib o‘tiladi:
-