Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


 Keynscha makroiqtisodiy model: asosiy qonun va xulosalar



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/105
tarix15.10.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#155981
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105
Makroiqtisodiy tahlil

6.3. Keynscha makroiqtisodiy model: asosiy qonun va xulosalar 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, klassik maktab vakillarining iqtisodiy 
hodisa va jarayonlar haqidagi asosiy xulosalari davr sinovi (XX asrning 
birinchi yarmi)ga dosh bera olmadi. AQSh tarixida eng chuqur iz 
qoldirgan inqiroz – Buyuk Depressiyadan (1929-1933yillar) chiqib ketish 
yo‘llarini izlash masalasi o‘sha davrning rivojlangan davlatlari oldiga 
ko‘ndalang qilib quyildi.
Bu davrda ushbu mamlakatlarda ishsizlik darajasi ortdi, ishlab 
chiqarish sur’atlari pasaydi va umuman iqtisodiy faollik darajasi susaydi. 
Masalan, AQShda bu davr ichida YaIM 30%ga kamaydi, ishsizlik 
darajasi 3%dan 25%ga oshdi va 1940 yilgacha o‘rtacha 19%ga teng 
bo‘ldi. 1931-1935 yillar ichida sof investitsiyalar manfiy bo‘ldi. Narxlar 
darajasining pasayishi (iste’mol narxlari indeksi bu davrda 25%ga 
kamaydi) tovarlar taklifi ortiqchaligini bartaraf etmadi, chunki yalpi talab 
darajasi unga nisbatan ko‘proq darajada pasayib ketdi. Bir so‘z bilan 
aytganda, Buyuk Depressiya klassiklarning 
taklif talabni keltirib 
chiqaradi
(Sey qonuni), degan xulosasini inkor etdi va aksincha, 
xarajatlar ishlab chiqarish darajasini belgilab beradi yoki bozor 
iqtisodiyotiga xos ichki qonuniyatlarga ko‘ra talab doimo taklifdan kam 
bo‘lishini belgilab berdi.
Modelning asosiy qoidalari: 

real va pul sektorlari o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq.

barcha bozorlarda nomukammal raqobat hukm suradi. 
Keyns fikricha, foiz stavkasi investitsiyalar va jamg‘armalar nisbati 
natijasida kapital bozorida shakllanmay, balki pul bozorida – pulga 
bo‘lgan talab va taklif nisbati natijasida o‘rnatiladi. Shuning uchun pul 
bozori to‘liq makroiqtisodiy bozor bo‘lib qoladi, undagi sharoitning 
o‘zgarishi tovarlar bozoridagi sharoitning o‘zgarishiga ta’sir etadi.
Keyns bu talqinni quyidagicha asosladi: bir xil darajadagi foiz 
stavkasida amaldagi investitsiyalar jamg‘armalar bilan mos tushmasligi 
mumkin, chunki investitsiyalar va jamg‘armalar turli iqtisodiy agentlar 
orqali amalga oshiriladi, bu agentlar esa (firmalar, uy xo‘jaliklari) turli 
maqsadlarni ko‘zlaydilar. Investitsiyalarni firmalar, jamg‘armalarni esa 
uy xo‘jaliklari amalga oshiradilar.


46 

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin