49
«investitsiya» atamasi jamg‘armani yangi ishlab chiqarish quvvatlari va
boshqa
real aktivlar
ni yaratish maqsadida ishlatilishini anglatadi.
Investitsiyalar tarkibiga mashina va asbob-uskunalarni xarid qilish,
qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, zahiralarni o‘zgartirish uchun
qilinadigan barcha xarajatlar kiritiladi. Shunisi muhimki, iqtisodchilar
investitsiyalarni real aktivlarni sotib olishga qo‘yilmalar bilan bir qatorda
zahiralar bilan ham bog‘laydilar. Qimmatli qog‘ozlar (masalan, aksiya va
obligatsiyalar)ga mablag‘larni sarflash
moliyaviy
yoki
portfel
investitsiyalar
deb ataladi. Ishlab chiqarish quvvatlarini, ya’ni real
aktivlarni ko‘paytirishga xizmat qiladigan real investitsiyalardan farqli
o‘laroq, moliyaviy investitsiyalar mulkning qayta taqsimlanishini va unga
egalik qilish huquqini bir sub’ektdan ikkinchisi tomon o‘zgarishini
bildiradi. Investitsiyalarni amalga oshirish tovarlar bozori bilan bog‘liq
bo‘lsa, qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisi moliyaviy bozor bilan
bog‘liqdir.
Investitsiyalar yalpi xarajatlarning tarkibiy qismi bo‘lganligi sababli,
ular yalpi talab o‘zgarishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi,
jamg‘armalar esa aksincha teskari yo‘nalishda ta’sir etadi, ya’ni
jamg‘armalarning ortishi yalpi talabni kamaytiradi. Shuning uchun
keynschilar iste’molga moyillikning kamayishini investitsiyalarni
ko‘paytirish orqali to‘ldirishni taklif etadilar.
Foiz stavkasi investitsiya bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun muhim
ahamiyatga egadir. Istalgan vaqtda firmalar investitsiyalarni amalga
oshirishlarida muqobil qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Yuqori foiz stavkalari sharoitida kutiladigan sof foyda me’yori eng ko‘p
bo‘lgan investitsiya loyihalari amalga oshirilsa, past foiz stavkasida ilgari
foyda keltirmagan loyihalarni endilikda amalga oshirish imkoniyati
tug‘iladi va iqtisodiyotda investitsiyalar hajmi ortadi. Shuning uchun
investitsiyalar hajmi va foiz stavkasi o‘rtasida teskari funksional
bog‘liqlik mavjud bo‘lib, uni quyidagi chizmada ko‘rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: