55
jamg‘arma egri chizig‘i
musbat qiyalikni, investitsiya egrisi gorizontal
chiziqni aks ettiradi. Jamg‘armalarning ortishi jamg‘arma egri chizig‘ini
chapga va yuqoriga S1 dan S2 ga siljitadi. Agarda investitsiyalar miqdori
o‘zgarmasa, u holda jamg‘armalarning ortishi yalpi daromadlarni Y1 dan
Y2
gacha kamayishiga olib keladi, ya’ni jamg‘armalarning ortishi
iqtisodiy vaziyatning yomonlashuviga olib keladi (6.8.1-b rasm).
6.8.1-a rasmda daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmagan
va shuning
uchun gorizontal chiziq ko‘rinishida aks ettirilgan avtonom xarajatlar egri
chizig‘i (in’eksiyalar) va yalpi daromadning muayyan bir qismini tashkil
etuvchi MLR×Y ga teng bo‘lgan oqimlar egri chizig‘i keltirilgan. Oqimlar
egri chizig‘i qiyaligi MLR kattaligi orqali aniqlanadi. Keltirilgan grafik
nafaqat jamg‘armalarni, balki har qanday turdagi oqimlarni (masalan,
soliqlar, import) iqtisodiyotga ta’sirini o‘rganish imkoniyatini beradi.
Oqimlar kattaligi oshganda, MLR ortadi va oqimlar egri chizig‘i kattaligi
yanada tikkaroq bo‘ladi. Natijada avtonom xarajatlar kattaligi o‘zgarmas
bo‘lganda yalpi ishlab chiqarish hajmi Y1 dan Y2 ga qisqaradi.
Qisqасhа хulоsаlаr
Umumiy makroiqtisodiy muvozanatni aniqlashda muvozanat narxlar
darajasi va milliy ishlab chiqarishning real hajmi tushunchalaridan keng
foydalaniladi. Muvozanat narxlar darajasi mikroiqtisodiyotda o‘rganilgan
alohida olingan tovar yoki xizmat narxidan butunlay farqli ravishda
iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan millionlab tovarlarning o‘rtacha
narxi
bo‘lib, u agregatlangan, ya’ni umumlashtirilgan ko‘rsatkich hisoblanadi.
Milliy ishlab chiqarishning real hajmi ko‘rsatkichi ham endi bir yoki bir
necha tovar yoki xizmat turi bo‘yicha hisoblanmasdan,
balki endi u
agregatlanganligi sababli mamlakatda va uning tashqarisida milliy ishlab
chiqarish omillari hisobiga ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlarni o‘z
ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: