54
6. 8. Tejamkorlik paradoksi
Oddiy keynscha modeldan ma’lum bo‘ldiki, iqtisodiyotning o‘sishini
ta’minlash uchun yalpi xarajatlarni oshirish kerak, ular esa in’eksiyalar
hisoblanib, yalpi daromadlarni multiplikator
samarasi orqali oshishini
ta’minlab beradi. Xarajatlardan chiqib ketgan oqimlar esa yalpi
daromadni
multiplikativ qisqartirib, iqtisodiyotni retsessiya yoki
depressiya holatiga olib kelishi mumkin.
Bunday paradoksdan shunday xulosa kelib chiqadi:
iqtisodiyot
qanchalik jamg‘arsa, u shunchalik kambag‘allashadi. (Paradoks shundaki,
agarda kishi o‘z jamg‘armalarini oshirsa, u boyib boradi, iqtisodiyot esa
jamg‘armalar
ortgan
sayin
kambag‘allashadi).
Tejamkorlik
paradoksining grafik ko‘rinishi 6.8.1-rasmda ikki xil usulda ko‘rsatilgan:
1) investitsiyalar va jamg‘armalar grafigida (a); 2) oqimlar va
in’eksiyalar grafigida (b).
Dostları ilə paylaş: