37
5.3. Modellashtirish ob’ektlarining tahliliga yondashuv asoslari.
Ob’ektli va funksional yondashuv
Bunda asosan ob’ekt to‘g‘risida quyidagilarni aniqlashimiz va
tasavvur qilishimiz zarur: boshqaruv ob’ektining elementlari,
ularning
o‘ziga xos xususiyatlari va faoliyat ko‘rsatish usullari, boshqariladigan va
boshqarilmaydigan parametlari, moddiy – material oqimda ob’ekt
elementlarining o‘zaro bog‘liqliklari va bu bog‘liqliklar xususiyatlari,
faoliyat natijasida erishilgan natijalar strukturasi
va dinamikasi asosida
ob’ekt strukturasi va uning faoliyat dinamikasini aniqlab olish va
modellash tahliliga X– ob’ektning kirishi, R – qayta ishlash yoki boshqa
energiyaga
almashtirish,
ob’ekt chiqishi shartlari asosida
yondashiladi.
Agar ikkita ob’ektlar o‘rtasida qandaydir o‘xshashlik mavjud bo‘lsa,
bu ob’ektlarning birini original va ikkinchisini esa model sifatida
qarashimiz mumkin. Original sifatida qabul qilingan iqtisodiy ob’ektni
vektor ko‘rinishidagi
x(t)
kirishga va vektor ko‘rinishidagi
y(t)
chiqishiga
ega bo‘lgan o‘zgartiruvchi
deb qabul qilinsa, uning ustida aktiv
eksperimentlar o‘tkazib, kirishdagi o‘zgarishlar chiqishda qanday natija
berishini oldindan aytish mumkin.
Originalning biz o‘rganmoqchi bo‘lgan xususiyatlarining matematik
modeli harflar, sonlar, matematik belgilar
asosida tuzilgan formulalar,
tenglamalar yordamida beriladi va ob’ektning matematik modeli deyiladi.
Iqtisodiy ob’ektning dinamik modeli strukturali funksional model
hisoblanadi. Chunki unda ob’ektning tuzilishi va funksiyasi qayd etilgan
bo‘ladi. Iqtisodiy ob’ektning elementlari funksiyasi uni ma’lum bir
holatga olib kelish emas, balki chiqishda kerakli
natijalarni olishdan
iboratdir. Shuning uchun ham har bir ob’ekt elementining funksiyasi x
i
ni
ga aylantirishdan iboratdir.
Umuman olganda iqtisodiy ob’ektning kirishi va chiqishi vaqt
bo‘yicha uzluksiz va diskret funksiya bo‘lib, ularning o‘zaro bog‘liqligi
uzluksiz va diskret modellar orqali ifodalanadi.
Y
Y
R
X
)
,
1
(
m
i
x
i
)
,
1
(
n
i
y
i
x
R
y