8.4. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish yo‘llari
Davlat budjeti taqchilligi 3 usulda moliyalashtirilishi mumkin:
pul emissiyasi hisobiga;
o‘z mamlakati aholisidan qarz olish hisobiga (ichki qarz);
boshqa mamlakatlardan yoki xalqaro moliyaviy tashkilotlardan qarz
olish hisobiga (tashqi qarz hisobiga).
77
Birinchi usul davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirishning
emissiyali yoki pullik usuli hisoblanadi, ikkinchi va uchinchi usul esa
majburiyatli usullar hisoblanadi.
Xulosa
qilib
aytganda,
davlat
budjeti
kamomadini
moliyalashtirishning har qanday usuli o‘z afzallik va kamchiliklariga ega
va turli mamlakatlar o‘z budjet taqchilligini bartaraf etishda u yoki bu
usuldan alohida va birgalikda foydalanib, iqtisodiyotdagi mavjud
muammolarini hal etishlari mumkin bo‘ladi.
8.5. Davlat qarzlari, uning turlari va oqibatlari.
Absolyut miqdori bo‘yicha davlat qarzining iqtisodiyotga salbiy
ta’sirini aniqlash murakkab masala. Buning uchun davlat qarzi miqdorini
milliy daromad kattaligiga yoki YaIMga nisbati olinadi, ya’ni d=D/Y.
Agar qarzning o‘sish darajasi sur’atlari YaIMning o‘sish darajasi
sur’atlaridan past bo‘lsa, qarz unchalik xatarli hisoblanmaydi. Iqtisodiy
o‘sishning past sur’atlarida davlat qarzlari jiddiy makroiqtisodiy
muammoga aylanadi.
Davlat qarzlarining jiddiy muammo ekanligi va uning salbiy
oqibatlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
iqtisodiyotning samaradorligi pasayadi, chunki moliyaviy
aktivlar ishlab chiqarish sektoridan qarzlarni to‘lashga
sarflanadi;
daromadlar xususiy sektordan davlat sektori tomonga qayta
taqsimlanadi;
daromadlarning tengsizligi kuchayadi;
qarzlarni to‘lamaslik oqibatida foiz stavkasi oshadi, oqibatda
qisqa muddatda investitsiyalar siqib chiqariladi, uzoq muddatda
esa kapital zahiralari va mamlakat iqtisodiy salohiyatining
qisqarishi ro‘y beradi;
qarz bo‘yicha foizlar to‘lash zaruriyati soliqlarni oshirishni talab
qilishi iqtisodiy rag‘batni susaytiradi;
uzoq muddatda yuqori darajadagi inflatsiya xavfi tug‘iladi;
kelajak avlodga qarz yukining tushishi ularning farovon
yashashiga to‘sqinlik qiladi;
qarz bo‘yicha foizlar yoki qarzning asosiy qismini xorijliklarga
to‘lash YaIM ma’lum bir qismining chetga chiqib ketishiga olib
keladi;
qarz va valuta inqirozi tahdidi tug‘ilishi mumkin.
|