76
mudofaaga xarajatning oshib ketishi;
yashirin (xufyona) iqtisodiyotning ko‘payishi.
Budjet kamomadining
strukturaviy, davriy
va
amaldagi
ko‘rinishlari
mavjud.
8.3. Davlat budjeti konsepsiyalari
Budjet kamomadiga bo‘lgan munosabat salbiy hisoblanib,
balanslashgan budjet g‘oyasi eng maqbul hisoblanadi. Tarixan davlat
budjeti holatiga bo‘lgan munosabat uchta konsepsiya orqali ilgari
surilgan:
a) budjetning yiliga balanslashuvi g‘oyasi;
b) budjetning iqtisodiy davrning fazalari bo‘yicha balanslashuvi
g‘oyasi (davriylik asosida);
v)
budjetning
balanslashuvi
emas,
balki
iqtisodiyotning
balanslashuvi g‘oyasi.
Keyns nazariyasi retsessiya, ya’ni iqtisodiyotning pasayish davri
bilan kurashishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u eng avvalo budjetni tartibga
solishda uning vositalari (davlat xarajatlari va transfertlar, ya’ni budjet
xarajatlarini oshirish va soliqlarni, ya’ni daromadlarni kamaytirish)dan
foydalanishni shart deb hisoblangan va shu sababdan bu nazariya
«moliyaviy kamomad» g‘oyasiga asoslangan deb aytish mumkin.
Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda 50-60 yillarda bunday keynscha
retseptning qo‘llanilishi 70-yillar o‘rtalariga kelib budjet taqchilligining
surunkali bo‘lib qolishi va inflatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib
keldi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yil davomida ham, iqtisodiy
davrning turli fazalarida ham budjet taqchilligiga yo‘l qo‘ymaslik,
ma’lum bir davrda bunday vaziyat yuzaga kelgan sharoitda esa uning
surunkali bo‘lib qolishining oldini olishga qaratilgan keskin chora-
tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: