Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


IS egri chizig‘i va uning yasalishi



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/105
tarix15.10.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#155981
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   105
Makroiqtisodiy tahlil

10.2. IS egri chizig‘i va uning yasalishi 
IS egri chizig‘ini hosil qilishda: 1) yalpi xarajatlar modeli («keyns-
xochi» modeli; 2) avtonom rejalashtirilgan xarajatlarning foiz stavkasiga 
funksional bog‘langanligi asos bo‘lib xizmat qiladi.
Investitsiyalarga xarajatlar miqdori va foiz stavkasi o‘rtasida teskari 
bog‘liqlik mavjud bo‘lib, foiz stavkasi qanchalik yuqori bo‘lsa, 
firmalarning investitsiyalarni amalga oshirishlariga xohishlari shunchalik 
kam bo‘ladi. Investitsiyalar funksiyasini quyidagicha yozish mumkin: 
I = I (R)
yoki, agarda bog‘liqlik chiziqli bo‘lsa:
 
I = I – dR
bunda, I – avtonom investitsiyalar, R – foiz stavkasi, d – investitsiya 
xarajatlarini foiz stavkasiga nisbatan sezuvchanligini va foiz stavkasi bir 
birlikka o‘zgarganida investitsiyalarga xarajatlar miqdori qanchalik 
o‘zgarishini aks ettiruvchi koeffitsientdir. Koeffitsient d > 0, formulada 
uning oldida "manfiy" ishora turganligi sababli, egri chiziq pastga qiya 
bo‘lib qaragan.
Investitsiyalarga yalpi talab egri chizig‘i investitsiyalarga bo‘lgan 
talab miqdorining foiz stavkasiga teskari proporsional bog‘liqikda 
ekanligini aks ettiradi (10.2.1-a rasm).
Investitsiyalarga yalpi xarajatlar egri chizig‘ining
siljishi
avtonom 
investitsiya (I) lar miqdorining o‘zgarishi oqibatida sodir bo‘ladi: ularning 
oshishi egri chizziqni o‘ngga, kamayishi esa chap tomonga qarab siljitadi. 
Bu o‘zgarishlarni odatda keynscha yo‘nalish vakillari investorlar 
investitsiya 
xarajatlarining 
kutilayotgan sof foyda me’yorini 
baholashlaridagi pessimistik yoki optimistik kayfiyatlari bilan 
bog‘laydilar. Avtonom investitsiyalar darajasi oshishining oqibatlari 
10.2.1-b rasmda I ning o‘nga, ya’ni I’ gacha siljishiga sabab bo‘ladi.


104 

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin