Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/105
tarix15.10.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#155981
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   105
Makroiqtisodiy tahlil

Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida 
2022 yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish konsepsiyasini tasdiqlash 
toʻgʻrisida" gi 2019 yil 5 fevraldagi Farmonining asosiy mazmuni 
nimalardan iborat?
2.Fillips egri chizig‘i qaysi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni 
ko‘rsatadi? Bu bog‘liqlik qanday tavsiflanadi? 
3. Antiinflatsiya siyosatining mohiyati nimalardan iborat? 
4. Fillips egri chizig‘ining uzoq davrdagi modifikatsiyasi qanday 
tavsiflanadi?


102 
10-BOB. 
TOVAR VA PUL BOZORLARINING O‘ZARO 
BOG‘LIQLIGI TAHLILI 
10.1. Tovar va pul bozorlarining o‘zaro bog‘liqligi.
IS-LM modeli va uning mohiyati 
IS-LM modeli o‘zida tovar va pul bozorlarining o‘zaro birgalikdagi 
muvozanatini aks ettiradi. U keynscha turdagi model bo‘lib (demand-
side), iqtisodiyotni qisqa muddatda o‘rganadi va zamonaviy yalpi talab 
nazariyasining asosi bo‘lib xizmat qiladi.
IS-LM modeli: 1) tovar va pullar bozorlarining o‘zaro bog‘liqligini 
ko‘rish; 2) birgalikdagi muvozanat holatida va har bir alohida bozorda 
ularning muvozanatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash; 3) ushbu 
bozorlarda muvozanat o‘zgarishining iqtisodiyotga ta’sirini ko‘rish; 4) 
fiskal va pul-kredit siyosatlari samaradorligi tahlilini amalga oshirish; 5) 
yalpi talabga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash; 6) davriy 
tebranishning har bir fazasida barqarorlashtirish siyosatining turli xil 
yo‘llarini tahlil etish imkonini beradi.
IS-LM modeli oddiy keynscha modelning barcha shartlarini saqlab 
qoladi:
1) narxlar darajasi o‘zgarmas, ya’ni (R=const) va u ekzogen kattalik 
hisoblanadi, shuning uchun barcha o‘zgaruvchilarning nominal va real 
qiymatlari o‘zaro mos keladi; 
2) yalpi taklif absolyut elastik (ishlab chiqarish hajmi) va har qanday 
hajmdagi yalpi talabni qanoatlantira oladi
3) daromad (Y), iste’mol (C), investitsiyalar (I), sof eksport (X
n

endogen o‘zgaruvchilar hisoblanadi va model ichkarisida aniqlanadi; 
4) davlat xarajatlari (G), pul taklifi (M), soliq stavkasi (t) ekzogen 
o‘zgaruvchilar hisoblanadi va modeldan tashqarida shakllanadi 
(tashqaridan kiritiladi).
5) YaIM=SIM=MD, chunki soliqlarni faqat uy xo‘jaliklari to‘laydilar 
va biznesga egri soliqlar mavjud emas.
Ammo bunda aytish kerakki, faqat foiz stavkasining o‘zgarmasligi 
(doimiyligi) sharti bundan istisno, agar «keyns-xochi»da foiz stavkasi 
R=const va ekzogen ko‘rsatkich bo‘lgan bo‘lsa, IS-LM modelida u endi 
endogen ko‘rsatkich hisoblanadi va model ichida shakllanadi; uning 
darajasi pul bozoridagi vaziyat (muvozanat)ga qarab o‘zgaradi va 


103 
aniqlanadi, rejalashtirilgan avtonom xarajatlar foiz stavkasiga bog‘liq 
bo‘ladi.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin