Ushbu bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi:
Fan va texnika taraqqiyoti jamiyatimizni informatsion jamiyatga aylantirdi. Bu jamiyatda faloiyat ko‘rsatuvchilarning aksariyat qismi axborotlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan banddirlar. Bunday ishlarni zamonaviy kompyuterlarsiz amalga oshirish qiyin. Ulardagi ma’lumotlarni qayta ishlash mashina grafikasi yordamida amalga oshirish foydalanuvchiga katta qulayliklar tug‘diradi. Bugungi kunda juda ko’plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo’lib, ularni qaysi sohada qollanilishi bilan bir biridan farqlanadi. Biz o’rganmoqchi bo’layotgan dastur Amerikaning Autodesk firmasi tomonidan ishlab chiqilgan 3D o‘lchamdagi grafika va 3DS MAX dasturidir.Autodesk firmasining juda ko’plab dastur mahsulotlari mavjud bo’lib (AutoCAD, ArchiCAD, AutoCAD Electrical, 3ds Max, Design Review…), butun dunyoda keng ommalashib ketgan, eng so’ngi texnologiyalarni o’zida mujassamlashtiradi. Firmaning dastur mahsulotlari ichida AutoCAD dasturi muhim o’rin tutadi. U asosiy bo’lib, qolgan dasturlar uning asosida yaratilgan hisoblanadi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishining maqsadi:uch o‘lchovli grafika va uch o‘lchovli grafikaning amaliy dasturiy paketlari hisoblangan 3D MAX dasturi yordamida zamonaviy ko’rinishdagi video lavhalarni yaratish.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: 3Ds MAX dasturida ob’ektni modellashtirish;
3Ds MAX dasturida ob’ektga material va yorug‘lik berish;
3Ds MAX dasturida ob’ektni vizuallashtirish, animatsiya.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati.Bugungi kunda 3D o‘lchamdagi grafika va 3DS MAX dasturida yaratilgan modellarini keyinchalik turli maqsadlarga moslab yanada takomillashtirish va maxsus effektlari bilan boyitish mumkin bo’ladi.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti 3 o'lchovli dasturlar yordamida obyektlarni modelini yaratish.
Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti 3D o‘lchamdagi grafika va 3DS MAX dasturidir yordamida video lavha olingan.