Kompyuter animatsiyasi (to‘lig‘icha kompyuter vositasida yaratilgan animatsion filmlar).
1-rasm
Kompoziting - oddiy usulda tasvirga olingan kinotasvirlarga kompyuter effektlarini yoki kompyuter yordamida yaratilgan alohida elementlarni kiritish.
Zarralar tizimibirinchi marta 1983 yilda Tiv tomonidan bulutlar, olov kabi noaniq shakldagi ob’ektlarni modellashtirish uchun kiritilgan. Odatda, zarralar tizimi - bu animator tafakkurida paydo bo‘ladigan, yashaydigan va ma’lum vaqtdan so‘ng yo‘qoladigan (umri tugaydigan) elementlar to‘plamidan tashkil topgan ob’ektdir. O‘ziga xos zarralar tizimi elementlari quyidagi parametrlarga ega:
Zamonaviy grafik tizimlar imkoniyatlari nafaqat sanab o‘tilgan parametrlarni, balki undan ko‘prog‘ini nazorat qilish imkoniga ega. Bundan tashqari ular oldindan o‘rnatilgan effektlarga ham, misol uchun, Fire (olov), Flow (oqim), Smoke (tutun) va boshqalarga ega. Protsedurali modellashtirish yoki funksiya yordamida modellashtirish sodda va tushunarli parametrli yagona model yordamida ob’ektlarning katta sinfini yaratishga imkon beradi. Ob’ektlarni yaratish va ularni boshqarishning protsedurali modeli kompyuter grafikasining ko‘pgina muammolarini yechish uchun o‘rinli, xususan, sahna animatsiyasi uchun. Ob’ektga tekstura berishda protsedurali model tasvirning har bir detalini to‘liq nazorat qilishga imkon beradi. Tipik misol - gradient teksturani lozim topilganda olib tashlash yoki qo‘shish mumkin. Olamda hech narsa - odamlar ham, tabiat ham, bizni o‘rab turgan predmetlar ham mukammal emas. Biroq bu nomukammallik ko‘zni quvontiradi. Reallikka to‘liq mos tushuvchi olamni tasavvurga keltirishda hamma joyda - tabiat yaratgan ob’ektlarda ham, inson tomonidan yaratilganlarida ham tartibsizliklar mavjudligini hisobga olish lozim. Mukammal buyumlar faqat kompyuter grafikasi olamida mavjud. Biroq, aynan kompyuter tasvirlarining ideal ko‘rinishi dizaynerlar oldidagi muammolardan biri hisoblanadi. Tartibsizlikning muhim xarakteristikasi - uning tasodifiylik tabiatidir. Uni tasvirlashning eng sodda yo‘li - tasodifiy funksiyadan foydalanish hisoblanadi. Zamonaviy dasturiy paketlarda ham, amaliy dasturlash tillari kompilyatorlarida ham oldindan aniqlangan tasodifiy funksiyalar mavjud. Bu imkoniyat tasvirlarda tasodifiy tartibsizliklarni qo‘shishda muhim ahamiyatga ega.
Sinusoidal tebranish Kompyuter grafikasida sinus va kosinus funksiyalari juda muhim hisoblanadilar. Buning tasdig‘i sifatida quyidagi formulani keltirish mumkin.
y=sinE’! [(vaqt*chastota)*amplituda+siljish]
1.3-раем. Хар хил частота ва амплитудали синусоидал тебранишлар
Bu egri chiziqlar parametrlarning quyidagi qiymatlarida chizilgan:
sinusoida: chastota=1; amplituda=2; siljish=0;