2-ilova (3.2) “Maxsus MTM va yordamchi mehnat ta’limi maktablari” mavzusi bo‘yicha muammoli ma’ruza mashg‘ulotida talabalar faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari
3-ilova (3.3) Muammo yechimini eng sarasini tanlash va baholash texnikasi
Alternativ yondashuvlarni (talabalarda) baholash varag‘i
Guruh
Alternativ yondashuvlar
1-si
2-si
3-si
4-si
1
2
3
N
Jami
I – muhokama ishtirokchisi
D – darajali baho (ayni zarur taklifdan – 1-o‘rindan, to zarurati kam, ikkinchi darajali taklifgacha – n - gacha);
B – alternativlar bahosi, ballarda (1 – yuqori baldan to 10 – past ballgacha);
X – hosil qilish D x B
7-MAVZU
MAKTABGACHA YOSHDAGI ESHITISHIDA NUQSONI BOR BOLALAR
7.1. Ma’ruzada o’qitish texnologiyasi
O‘quv soati: 2 soat
Talabalar soni:
O‘quv mashg‘ulotining shakli
Mavzuiy – ko‘rgazmali ma’ruza
Mavzu rejasi
1. Eshitish analizatorida kamchiligi bor bolalar.
2. Eshitish analizatorida kamchiligi bor bolalar toifalari.
3.Eshitish analizatorining ahamiyati;
Mashg‘ulotningmaqsadi:Psixik jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning umuman barkamol bo‘lib o‘sishiga yoki to‘sqinlik qiluvchi ta’sirlar va omillar to‘g‘risida tushunchaberish.
Pedagogik vazifalar:
Turg‘un eshitish nuqsonlari kelib chiqish sabablari to‘g‘risida ma’lumot berish
Eshtish nuqsonlari bor bolalar bilan ishlashhaqida tushuncha berish;
Eshitish va ko‘rish analizatorlari ahamiyatini tushuntiradi;
O‘quv faoliyati natijalari:
Eshituv nuqsonlarining turlarini tushuntiradi.
Eshitish va ko‘rish nuqsonlari bor bolalarga ta’lim berish usullarini (inklyuziv talim) yoritadi.
Eshitish va ko‘rish analizatorlari ahamiyatini tushuntiradi;
Texnik vositalardan foydalanish va talabalar bilan ishlashga mo‘ljallangan auditoriya
Monitoring va baholash
Og‘zaki nazorat, savol-javob, reyting tizimi asosida baholash.
«MAKTABGACHA YOSHDAGI ESHITISHIDA NUQSONI BOR BOLALAR» mavzusi bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat bosqichlari
Faoliyatning mazmuni
O‘qituvchining
Talabaning
I. Kirish bosqichi (10daqiqa)
1.1.Mavzuning nomi, maqsadi, kutilayotgan natijalarni e’lon qiladi.(1-ilova)
1.2.O‘quv mashg‘ulotining shaklini tushuntiradi
1.3.Mavzu bo‘yicha ma’ruza matnlarini tarqatadi(2-ilova)
1.4.Mavzuning rejasi va asosiy tushunchalarini eshittiradi va qisqacha izoh beradi.
Tinglaydilar.
Mavzu nomini va rejasini yozib oladilar.
II. Asosiy bosqich (60 minut)
2.1.Berilgan savolarga o‘ylab javob berishlarini taklif qiladi3-ilova)
1.Bolaning rivojlanishida eshituv analizatori qanday o‘rin tutadi?
2.Eshituv nuqsonlarining qaysi turlarini bilasiz?
3.Ko‘rish analizatorining ahamiyati nimada?
4.Ko‘rishdagi nuqsonlarning kelib chiqish sabablari nimada?
Tezkor so‘rov o‘tkazadi. So‘rov o‘tkazish jarayonida talabalarni yo‘naltiradi, javoblarni aniqlashtirib to‘ldiradi.
Savollarni muhokama qilib, ularga javob beradi.
Yozib oladilar.
Matnlarini o‘qib, savollarga javob topadilar. Ma’lumotni muhokama qilib, fikr almashib, sis-temalashtiradi.
III. Yakuniy bosqich (10 minut)
3.1.Mavzuni umumlashtiradi, umumiy xulosalar qiladi, yakun yasaydi.
3.2.Talabalarga qo‘ygan baholarini e’lon qiladi.
3.3.Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: 1) nazorat savollariga og‘zaki javob berish;
2) qo‘shimcha adabiyotlardan mavzuga tegishli bo‘lgan yangi ma’lumotlarni to‘plash.
Eshitadilar.
Vazifani yozib oladilar.
1-ilova (2.1) Mavzu: Eshitishda nuqsoni bor bolalar. Reja: Surdopedagogika – eshitishda nuqsoni bor bolalarni ta’lim atrbiyasi bilan shug’ullanadigan fan.
Eshitish nuqsonini kelib chiqish sabalari.
Eshituv nuqsoni bo’lgan bolalar ta’lim-tarbiya oladigan muassasalar.
2-ilova
Mavzu: Eshitishda nuqsoni bor bolalar. Reja: Surdopedagogika – eshitishda nuqsoni bor bolalarni ta’lim atrbiyasi bilan shug’ullanadigan fan.
Eshitish nuqsonini kelib chiqish sabalari.
Eshituv nuqsoni bo’lgan bolalar ta’lim-tarbiya oladigan muassasalar.
Tayanch iboralar: Embrional-pusht xomila. Fonenematik eshituv –nutqdagi tovushlarni analiz sintez qilish qobiliyati.
Surdopedagogika-defektologiyaning bir tarmog’i bo’lib, eshitishda nuqsoni bo’lgan shaxslar ta’lim tarbiyasi masalalari, hamda muammolari bilan shug’ullanuvchi fandir.Surdopedagogika taraqqiyoti davomida eshitishida nuqson bo’lgan shaxslar uchun ta’lim-tarbiya muassasalari tizimi shakllanadi.1950-1960 yillari kar va zaif eshituvchi bolalarga tuliqsiz o’rta va o’rta ma’lumot beruvchi maxsus maktablar tashkil topa boshladi. 1980-1990 yillardan boshlab surdopedagogikasi sohasida har bir o’quvchining qobiliyatlarini rivojlantirish uchun qulay shart –sharoitlar yaratuvchi defferesialashgan maxsus muassasalarni tuzish ikmoniyatlarini o’rgandi. Bizning jamiyatda eshitish nuqsoniga ega bo’lgan bolalar normal tengdoshlari kabi ham aqlan, ham jismonon tarbiyalanishga haqli bo’lib mustaqil hayotga, yetuk komil insonlar etib tayyorlanadi.
Shaxsning rivojlanishida ijtimoiy muhit asosiy rol o’ynaydi.Eshitish nuqsoniga ega bo’lgan bolalar turli muhitni boshdan kechiradi. Eshitishning buzilishi va nutqning yo’qligi bola rivojlanishiga chuqur ta’sir etib, o’zigi xos ijtimoiy muhitga kirib boradi. Bu muhitda kar yoki zaif eshituvchi bola o’zigi xos ta’sirga egaki uning nutqi muloqat vositasi va tafakkur quroli sifatida shakllanmaydi. Bu o’ziga xoslikni hisobga olgan holda bolalar ta’lim tarbiyasi buziladi.Bolaninig rivojlanish jarayoniga ijtimoiy muhit turlicha ta’sirini ko’rsatadi. Shuning uchun unga yetarli sharoit yaratib berib, ijtimoiy muhitda o’’zaro to’g’ri munosobatni o’rnatishga sharoit yaratadi. Yosh boladagi eshitish analizatori faoliyatining buzilishi kattalarning o’xshash nuqsonidan farqli ravishda ko’riladi. Katta odamda nuqson paydo bo’lgunga qadar nutq,idrok va barcha shaxsiyatlar shakllangan bo’ladi.
Bolalik davrida eshitishni yo’qotish esa bolaning psixik rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatib, bir qator ikkilamchi nuqsonlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi eshitish nuqsoni bolaning nutqiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.Karlikning erta paydo bo’lishi esa nutqning umuman rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin.
Respublikamizda 19 ta kar va zaif eshituvchi bolalar maktablari bor 7000 ta kar va zaif eshituvchi bolalar, 3000 ta maktabgacha yoshdagi bolalar mavjud. Eshitish nuqsonlarining kelib chiqish sabablari tug’ma va ortirilgan bo’ladi. Inson rivojlanishida nutq muhim faoliyatdir. U ruxiy jarayonlarning tarkib topishida va bolaning umuman barkamol bo’lib o’sishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bo’lib, atrofdagilarga taqlid etish yo’li bilan rivojlanib boradi.Og’zaki nutqning shakllanishida eshitish analizatori, nutqni harakatga keltiruvchi analizator ishtirok etadi.Nutqni xarakatga keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan mustaxkam bog’langan holda ishlaydi.Eshituv analizatorining rivojlanish darajasi esa ko’p jihatdan talaffukkurga bog’liq. Bola nutqining o’sib borishi tovushlar talaffuzi fiziologik va fonematik eshitishining kamol topib borish darajasi bilangina xarakterlanib qolmay, balki eng muhimi o’z nutqi va atrofdagilar nutqidagi so’zlarni tuzilishini, tovush tarkibini farqlay bilish qobiliyati bilan ham xarakterlanadi.
Inson rivojlanishida biologik omillar turlicha ta’sir etadi. Embrionlik davrda, homilaning rivojlanishida va tug’ilgandan keyin eshitishning buzilishiga bir qancha sabablar ta’sir etadi:
- onaning yuqumli kasalliklari (qizilcha, grip, skarlatina, qizamiq):
- onani antibiotiklar ta’sirida va alkagol ta’sirida zaharlanishi:
- ona va homilaning qon rezus faktori to’g’ri kelmasligi:
-tug’ilish jarayonida gemolitik kasalliklar bilan tug’ilishi:
-tug’ilish jarayonidagi travmalar (shikastlar):
- tug’ilgandan keyingi yuqumli kasalliklar bilan kasallanish:
-e’tiborsizliklar natijasida quloq yo’liga yot jismlarning tushib qolishi.
Defektologlar ma’lumotlariga ko’ra eshitishida nuqsoni bor bolalarning rivojlanish darajasi shu nuqsonning bola hayotining qaysi davrida paydo bo’lganiga va og’ir yengilligiga bog’liq.
Masalan: ikki yoshida yo’qolganida xam karlik natijasida bola atrofdagilar nutqini eshitmaydi va xattoki bilgganlarini xam asta-sekin unutadi. Boladagi karlik bilan saqovlik qo’shilib u kar-sakov bo’lib qoladi.Bolaga o’z vaqtida maxsus yordam ko’rsatilmasa, unda aqli zaiflik belgilari ham paydo bo’ladi.
Ma’lumotlarga ko’ra karlik va zaif eshituvchanlikning nasliy shakli 30-50 % ni nasliy karlik va zaif eshituvchanlik 80% oilalarda resissiv tipda ketadi. 19 % domimant tipda ajdodlaridan yosh avlodlarga, birgina ota-onadan bolalariga o’tadi, 1 % aralash tipda bo’ladi.
Surdopedagogikada eshitishida nuqsoni bor bolalar kar-saqov (gung), zaif eshituvchi, keyinchalik kulog’i kar bo’lgan bolalar guruhiga bo’linib o’rganiladi.
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maktabgacha muassalarda bolani har tamonlama rivojlantirish uni maktab ta’limga tayyorlashni amalga oshiradi .
Yasli-bog’chalarga bolalar 1,5 yoshdan
Bolalar bog’chasiga 3 yoshdan qabul qilinadi.
Maxsus umumta’lim maktablarida ta’lim tasdiqlangshan o’quv reja va dasturlar asosida amalga oshiriladi sinf va tarbiya guruhlari 10-12 kishidan, murakkab nuqsonli bolalar uchun 5-7 kishidan iborat bo’ladi.
Maxsus maktabgacha va maktab muassalarida eshitishi buzilgan bolalarga ta’lim tarbiya, korreksion ishlar olib boriladi, hamda ularni oilasiga tibbiy, moddiy va pedagogik yordam ko’rsatiladi. Respublika karlar jamiyati eshitishda nuqsoni bo’lgan o’simrlarni kasb-hunarga yo’llab, moddiy tamonidan ta’minlab mamlakatimiz siyosiy va madaniy hayotiga munosobatini olib boradi.
Eshitish qobiliyati zaif bolalar bilan ishlashda surdopedogoglar katta yutuqlarga erishmoqdalar.Mamlakatimizda turli korxonalarga hamma bilan zaif eshituvchilar barovar mehnat qilmoqdalar. Tarbiyachi va o’qituvchilarning asosiy vazifasi – qulog’i og’ir bolalarni boshqa anamaliyalardan ajratib, ularga alohida maxsus muassasalarda ta’lim-tarbiya olishini ta’minlashdan iborat.