onglilik va faollik — bilimni talabalar tomonidan ongli ravishda va faol qatnashib egallashlik;
ko‘rgaznialilik — “yuz marotaba eshitgandan bir marotaba ko‘rgan yaxshi” tamoyilidan kelib chiqib, bilim berishda turli tuman ko‘rgazma qurollardan samarali foydalanish;
tizimlilik va muntazamlilik— bilimni ma’lum bir tizimda va uzluksiz ravishda berib
borish; mustahkamlik— bilimni tushunarli tilda qayta-qayta takrorlash yo‘li bilan berish;
tushunarlilik — bilimni hammaga tushunarli va hammabop qilib berish;
ilmiylik— bilimni talabalarga avvaldan mavjud bilimlarga asoslanib va ulardan kelib chiqqan holda berish;
nazariya va amaliyot birligi — bilim berishda nazariy bilimlarning amaliyotda ishlashini, ya’ni uni hayot bilan, amaliyot bilan bog‘liqligini ko‘rsatib berish.
Onglilik va faollik tamoyili.Bu tamoyil asosida ilm tomonidan aniqlangan, insonning haqiqiy bilim egallashi uchun, u-bu bilimlarni chuqur anglab yetgan holda aqliy quvvatini intensiv ishlatishi natijasida yetishi mumkin, degan qonuniyat yotadi. Bilimlarni anglaganlik holati quyidagi omillardan kelib chiqadi: o‘qishning sababi; talabaning bilish faolligi darajasi; talabalarning bilish faolligining boshqarilishi va bilim berishni tashkil qilish hamda boshqa omillar.