Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Q.X. Azizov “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fanidan o‘quv qo‘llanma. Toshkent-2021, TDTU. -121 b. INNOVATSIYA VA TA’LIM TIZIMINING UZVIYLIGI Abduraxmanov Ravshan Anarbaevich tf.b.f.d. (PhD), dotsent O‘zMU Jizzax filiali Jizzax shahri Annotatsiya:Ushbu maqolada jahonda va respublikamizda yuz berayotgan ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, ta’lim tizimining innovatsiya bilan uzviy bog‘liqligi, rivojlanishi, innovatsiya tushunchasining genezisi va uning hozirgi holati tahlili, innovatsiyani amalga joriy etish jarayoni bosqichlarining ketma-ketligi va ijtimoiy mexanizmini tavsiflovchi tarkibiy elementlar va ularning o‘zaro aloqaga kirishish usuli, innovatsiya rivojlanishning ijtimoiy mexanizmi kabi jihatlari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar:innovatsiya, ta’lim tizimi, innovaisya genezisi, innovatsiya fenomeni, rivojlanish omili, rivojlanish resursi. So‘nggi yillarda jahonda yuz berayotgan voqealar jamiyatning ta’lim tizimi mamlakatning rivojlanish omili sifatidagi ahamiyatini yanada oshirish davr talabi bo‘lmoqda. Milliy ta’lim tizimi dunyoda yuz berayotgan o‘zgarishlar jarayonlarida, ayniqsa, ta’sirchan bo‘lgan qismi sanalgani bois juda muhim rol o‘ynaydi. Ta’lim tizimini davr talablariga muvofiq o‘zgartirish dolzarb muammoga aylanmoqda. Har qanday modernizatsiya yuksak texnologiyalarni o‘zlashtirishni taqozo etadi, ularni esa faqat eng yangi ilmiy ma’lumotlar asosida ishlab chiqish mumkin. Innovatsiyalar doim ta’lim tizimi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan, shu bois u tinimsiz rivojlanib bormoqda. Albatta, ta’lim innovatsiyalar sonini bevosita belgilamaydi. Ammo ta’lim