Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad -fayllar.org
a). Ildizmevali sabzavotlarga ishlov berish Ildizmevali sabzavotlar tarkibida uglevodlar, darrnondorilar. rang va hid beruvchi ekstraktiv moddalar ko'p bo’ladi.
Ildizmevali sabzavotlardan sabzi, lavlagi, turp, sholg'om, rediska ko'p ishlatiladi. Bu sabzavotlar saralanib olingandan so'ng, ustki tuproqlardan yuviladi va po'sti yupqa qilib pichoq yoki qirg'ich yordamida archiladi, so'ngra oqib turgan sovuq suvda yuviladi va taom turiga ko'ra kerakli shakllarda to'g'raladi. Ildizmevali sabzavotlar asosan: somoncha, parrak-parrak, kubcha , tilim-tilim, shuningdek murakkab usulda pichoq yoki maxsus moslamalar yordamida yulduzcha, tojsimon, atirgul, tabiatdagi turli shakldagi gullar, spiralsimon ko'rinishda to'g'rash mumkin. Bu to'g'rash usullari asosan taomlarni bezatishda ko'llaniladi.
b).Karamlarga ishlov berish Karamlar tarkibida S, К darmondorilari, mineral moddalar, oqsil, uglevodlar bo'ladi. Karamlar qizil o'zakli,oq o'zakli, savoyi karami, gul karam turlariga bo'linadi.
Oq o'zakli, qizil o'zakli, savoyi karamlari ustki ifloslangan barglari, ustki o'zagi olib tashlanib, yuviladi. Gul karamni bir oz qoraygan, ifloslangan yerlari pichoq yordamida qirib tashlab yuviladi. Agar gul karam zararkunanda hashoratlar bilan zararlangan bo'lsa, tuzli sovuq suvga botirib olinadi.
Karamlar somoncha, pallacha, kvadrat shakllarida to'g'raladi. Karam do'lma uchun uning o'zagi o'yib olinib yuviladi va tuzli qaynab turgan suvga solib yarim tayyor holgacha qaynatiladi va suvdan olinib, sovitilib barglari ajratiladi, qalin o'zagi qirqib olinib, bir tekis bir xil kattalikda barglari yoyilib, unga qiyma o'raladi.
v).Piyozlarga ishlov berish
Piyozlar tarkibida o'tkir hid va ta'm beruvchi efir rnoylari, S darmondorisi bo'ladi. Piyozlar bosh piyoz, sarimsoq piyoz, ko'k piyo^ turlariga bo'linadi. Bosh piyoz saralanib olingandan so'ng ildiz tomoni qirqib olinib, qurigan po'stlari ajratib olinadi va sovuq suvda yuviladi.
1-rasm. Kartoshkani oddiy usulda kesish: 1-tilim-tilim; 2-parrak-parrak;
3-somoncha; 4-tog‘ri-to‘rtburchakli uzunchoq; 5-kubik; 6-pallacha
.
Piyozni faqat ishlatishdan oldin to'g'rash kerak, oldindan to'g'rab qo'yilsa efir moylari uchib ketadi va so'lib qoladi. Bosh piyoz asosan xalqa va yarim halqa shakllarida to'g'raladi.
Qivma tayyorlash uchun yupqa. mayda qilib to'g'raladi yoki chopqida chopiladi. Ko'k piyozni ildizi kesib olinib, ustki so'ligan, sarg'aygan barglari olib tashlanadi, sovuq suvda yuviladi.
Sarimsoq piyozni ildizi kesib olinib, pallacha donachalariga ajratiladi va ustki po'stlog'idan tozalanib yuviladi.
g).Mevali sabzavotarga ishlov berish
Mevali sabzovotlarga pomidor, baqlajon. qalampir kiradi. Ular tarkibida karotin, uglevodlar, S, V darmon dorilari bor.
Pomidor katta kichikligi, pishish darajasiga qarab saralanadi, sovuq suvda yuviladi, band tomoni kesib olib tashlanadi. Yortacha va mayda pishgan pomidorlar salatlar uchun, yirik ezilgan pomidorlar taomlarga qovurilib ishlatiladi.
Baqlajon saralanib band tomoni kesilib yuviladi, katta baqlajonlarning po'sti tozalanadi, parrak-parrak, kubik shakllarida kesib taomlarga ishlatiladi.
Achchiq va shirin qalampirlar saralanadi, yuviladi, urug'i olib tashlanib yana yuviladi. Taomlar turiga ko'ra somoncha, mayda kubcha shakllarda to'g'raladi.
Baliqqa ishlov berish
Baliqdan tayyorlangan taomlar yuqori biologik qimmatli oqsillarning manbai hisoblanadi. Baliq oqsili tuzilishiga ko'ra kishi tanasida oson va tez hazm bo'ladi, yangi to'qimalarni hosil qiladi. Baliq yog'i tarkibida A. D darmondorilari borligi bilan qimmatlidir. Baliq yog'i te’ enydi va organizmda yengil hazm bo'ladi.
Baliq tarkibida fosrfor, natriy, kalsiy, kaliy mineral moddalari, yod. mis, marganis kabi mikroelementlari bor. Taom tayyorlashda turli oilalarga mansub bo'lgan baliqlar ishlatiladi.
Okun oilasida olabug'a, sudak, dengiz okuni, yersh kabi baliqlar go'shti mazali, yog'siz. qiltanoqlari kamligi bilan qadrlanadi. Losos oilasidagi baliqlar yog'li nozik go'shtli, qiltanoqlari bo'lmasligi bilan farqlanadi.
Osvotr oilasidagi osyotr, sevryuga, beluga, ship, kaluga, sterlvad baiiqlari yog'li, mazali. mayin to'qimali bo'ladi. Cho'rtan baliq ov qiltanoqli, terisi oson shilinuvchi bo'ladiKarp oilasidagi baliqlar eng ko'p isiemol qilinib ularga karp, sazan, do'ngpeshona. qizilko'z. xek, leshch kabi baliqlar kiradi. Ularning go'shti mayin, xushxo'r, o'rtacha yog'li, lekin mayda qiltanoqlari ko'p bo'ladi.
Baliqlar umumiy ovqatlanish korxonalanga tirik, sovutilgan va muzlatilgan holda keltiriladi. Bundan tashqari tuzlangan. konservalangan, dudlangan baliqlar yaxna taom va gazaklar tayyorlashda ishlatiladi.
Tirik baliqni ozuqaliq qiymati yuqori bo'ladi, sovutilgan baliqning ichki harorati l"S dan 5"S gacha bo'ladi. Muzlatilgan baliq ichki harorati X"S dan 6"S gacha bo'ladi. Muzlatilgan baliqni muzdan tushirish uchun 10-15"S haroratdagi suvga 2-4 soat solib qo'yiladi. Bunda 1kg baliqqa 2 litr hisobida suv olinishi kerak. Baliq tarkibidagi mineral moddalar suvga chiqib ketmasligi uchun I litr suvga 7-13 gramm hisobida tuz solinadi.
Baliqqa ishlov berish keltirilgan baliq turlariga ko'ra 3 turga bo'lanadi: tangachali baliq, tangachasiz baliq va tikanakli baliqqa bo'linadi.
a). Tangachali baliqlarga ishlov berish
Tangachali baliqqa birlamchi pazandalik ishlovi berish jarayoni quyidagilardan iborat:
Baliqni tangachalaridan maxsus qirg'ich yoki pichoq yordamida dum tomonidan bosh tomoniga qaratib qirib tozalanadi. Baliq sirg'anib ketmasligi uchun maxsus qo'lqop yordamida dumidan ushlab turiladi.
Baliqni suzg'ich va qanoatlarini olib tashlash uchun suzgich qanot atrofi terisi ikki yoqlama bir oz kesilib dum tomonidan teri bilan birlashgan qismidan bosh tomonga qarab kesib olinadi. Ularni ehtiyotkorlik bilan chopib olish ham mumkin. ••
Baliq boshidagi oyquloq qopqoqlari ikki chetidan bir oz kesiladi, qopqog'i ko‘tarilib, ichidagi oyquloq maxsus ingichka pichoq yordamida kesib olinadi. Baliqning ko‘zi ham olib tashlanadi.
Ichak-chavoqlaridan tozalash uchun baliq bosh tomonini o‘zingizga qaratib qorin suzgich qanotlari o'rtasidan kesib, bo'yi bo'ylab qomi yoriladi, so‘ng ichidagi ichak-chavoqlari olib tashlanadi, bunda o‘t pufagi yorilib ketmasligi kerak. Baliq qomi ichidagi qora terisi tozalanadi, so'ngra oqib turgan suvda yaxshilab yuviladi.
b). Tangasiz baliqqa ishlov berish
Tangasiz baliqlarga Iaqqa baliq, zubatka, ilonbaliq, beldyuga kiradi. Tangasiz baliq usti shilimshiq modda bilan qoplangan bo'Iib, terisi qalin, ko'pincha qora rangda va bemaza bo'ladi. Shu sababli ulaming terisi shilib tashlanadi.