Eshitishida nuqsoni bo‘Igan bolalarda
xotira funksiyasi va xususiyatlari
Xotira o'tmishning ifodasi sifatida quyidagi asosiy funksiyalari
yordamida amalga oshadi: ilk idrok etilgan materialni eslash,
saqlash, tanish va bayon etish. Eslab qolish ixtiyoriy va ixtiyorsiz
boiadi. Agar inson o‘z oldiga materialni eslab qolish maqsadini
qo'ymasa, material irodaviy harakatlarsiz, istaksiz esda saqlansa,
bu ixtiyorsiz eslab qolish sanaladi. Agar inson oldida materialni
eslab qolish, uni egallash maqsadi tursa, bu ixtiyoriy eslab qolish-
dir. T.V. Razonova tadqiqotlarida eshitishida nuqsoni boig an bolalar
87
predmetni joylashuv o‘rni bilan aloqasini ixtiyorsiz ravishda eslab
qolishi kuzatilgan. Amaliyotda tekshiruvchilarga tanish predmetlar
tasvirlangan 16 ta rasm berilgan. Rasmlar berkitilgan holda bo'lgan.
Tadqiqotni ketma-ketlikda rasmlarni ochib ko'rsatgan, eshitishida
nuqsoni bo'lgan bolalar ochilayotgan rasmda nima tasvirlanga-
nini bayon etishgan. Keyin rasmlar planiyotdan olinib, qayta
ko'rsatilgan. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bola bu rasmning jo'yini
ko'rsatishi lozim bo'lgan. Tekshiruvchi sifatida bog'cha yoshidagi va
II, IV va VI sinfda o'qiydigan eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar
tanlangan. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar topshiriqni yaxshi
bajarganlar, ixtiyorsiz predmetlar joylashgan joyni eslab qolganlar.
Faqat bog'cha yoshidagi kar va sog'lom bolalar o'rtasida farq sezil-
gan. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar sog'lom tengdoshlari kabi
rasmlarning joylashuv o'rnini yaxshi eslab qolganlar. Shuningdek,
eshitishida nuqsoni bo'lgan bola eslab qolgan materialni so'z orqali
bayon etish (so'zli ifoda) holati T.V. Razonova tomonidan tadqiq etil-
gan. Tadqiqotda eslab qolish obyekti sifatida 6 ta o'xshash sxematik
figuradan foydalanilgan. Ayrim figuralar uchburchak, ba’zilari doi-
ra shaklida bo'lgan. Figuralar ketma-ketlikda ko'rsatilgan. Tekshiri-
luvchilarga III va IX sinf eshitishida nuqsoni bo'lgan va sog'lom
o'quvchilariga diqqat bilan har bir figurani ko'rib chiqish va es
lab chiqish taklif etilgan. Tekshiriluvchilarga ko'rgan figuralarini
aniq bayon etishlari tushuntirilgan. Tadqiqot natijasida, ko'rsatilgan
figuralarni so'zli ifodalash asosida esda qolgani, figuralarga xos in
dividual belgilar aniq saqlangani kuzatilgan. So'zli ifodalanmagan
figuralar boshqa figuralar bilan almashtirib yuborilgan holda esda
qolgan. Yuqori sinfdagi eshitishida nuqsoni bo'lgan o'quvchilar III
sinfdagi o'quvchilarga nisbatan so'zli ifodalarni ko'p qo'llaydilar.
Lekin eshitishida nuqsoni bo'lgan o'quvchilar eshituvchilarga
nisbatan figuralar kam so'zli ifodani bayon etganlar. Eshitishida
nuqsoni bo'lgan o'quvchilar imo-ishoralarni ham qo'llaganlar, bu
ham eslab qolish jarayonini samarali bo'lishgacha olib kelgan. Bu
tadqiqot natijasiga ko'ra, eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar mu
rakkab materialni eshituvchilarga nisbatan yomon eslab qoladilar.
Agar eshitishida nuqsoni bo'lgan bola eslab qolish lozim bo'lgan
figurani so'zli bayon etsa, bu eslab qolish jarayoniga ijobiy ta ’sir
ko‘rsatgan. Materialni eslab qolish berish usuliga bog'liqligi yuqori-
da ta’kidlangan tadqiqotda tekshiriluvchiga figuralar ikki xil usul
bilan beriladi. Birinchi usulda figura ekranda butunligiga, ikkinchi
usulda ketma-ketlikda asta-sekin namoyon bo'lgan. Tadqiqotlarda
ko'rsatilishicha, barcha figurani bir vaqtda ko'rsatilganda eshitishida
nuqsoni bo'lgan va sog'lom bolalarni obyektni eslab qolishida farq-
lar kuzatilmadi. Ketma-ketlikda predmetlarni ko'rsatilganda eshiti
shida nuqsoni bo'lgan o'quvchilar sog'lom o'quvchilarga nisbatan
yomon eslab qolganlar. Ketma-ketlikda figuralarni ko'rsatish eshiti
shida nuqsoni bo'lgan bolalarning eslab qolishini qiyinlashtirgan.
Bunda figuralarning ayrim qismlari idrok etilib, asosiy mohiyatiga
e’tibor kam qaratilgan. Shunday qilib, eshitishida nuqsoni bo'lgan
bolalar idrok etilganni bir butunga fikriy integratsiya qilishda qiy-
nalishi dalillandi.
Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarda so'zlarni egallash maxsus
ta ’lim jarayonida amalga oshadi va sog'lom bolalardan shu xususi-
yati bilan orqada qoladi. Tadqiqotlarning birida eshitishida nuqsoni
bo'lgan va sog'lom bolalarning 3 turdagi so'zlarni idrok etish tadqiq
etilgan.
1. Ko'rish orqali idrok etilayotgan predmet va hodisalarni ifo-
dalovchi so'zlar.
2. Taktil analizatori yordamida idrok etiluvchi predmet belgisini
ifodalovchi so'zlar.
3. Ovozli hodisalarni ifodalovchi so'zlar.
Tadqiqot natijalari tahlili ko'rsatishicha, ko'ruv orqali qabul
qiluvchi so'zlarni, ifodalovchi so'zlarni eslab qolishda eshitishida
nuqsoni bo'lgan va sog'lom bolalarda farq kuzatilmaydi. Ovozli
hodisalarni ifodalovchi so'zlarni eslab qolishda eshitishida nuq
soni bo'lgan va sog'lom bolalar o'rtasida farq mavjud. Bu turdosh
so'zlarni eslashida eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar sog'lom
bolalardan qoladi. Lekin teri analizatori orqali idrok etilayotgan
so'zlarni eslashida eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar eshitu
vchi bolalardan ustunligi kuzatildi. Tadqiqotda eshitishida nuq
soni bo'lgan bolalar asosan ovoz chiqaruvchi hayvonlar va ovoz
chiqarib ishlaydigan mexanizmlarni ifodalovchi so'zlarni yaxshi
eslab qolishi namoyon bo'ldi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bola-
89
larda obyektlarning ovozi haqidagi tasavvur saqlangan analizatorlar
faoliyati asosida amalga oshadi. Eshituv tasavvurlari doirasidagi
fe’llar ko'ruv vibratsiyasi, taktil doirasidagi fe’llar bilan almashti-
rilishi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda ko‘p kuzatiladi. Ayrim
eshitishida nuqsoni bo‘lgan V sinf o‘quvchilari so‘zlarni, fe’llarni
quyidagicha almashtirib qo‘llaydilar: qor — yaltiraydi, daryo —
tolqinlanadi, muz — sinadi, bolaklanadi, shamol - esadi, bo‘ron
— u yoqdan bu yoqqa boradi. Maxsus tadqiqotlarda hikoyalarni
eslab qolish va bayon etish xususiyatlari ham o‘rganilgan. Bunda
eshituvchi bolalar hikoya mazm unini o‘z so‘zlari bilan gapirib be-
radilar, kar o‘quvchilar esa bu matnning mazmunini gapirib bera
olmaydilar. Bu holatni D.M. Mayans va L.K.Zankov eshitishida
nuqsoni bo‘lgan bolalar qo‘llaydigan so‘zlar «inert», so‘z birik-
malarida qotib qolgan so‘zlardan foydalanishida deb asoslaydi-
lar. Shunday qilib, eshitishida nuqsoni boigan bolalar so‘zlashuv
xotirasining o‘ziga xosligi ular so‘zlashuv nutqining sekin tempda
rivojlanishiga bog‘liqdir.
Shuningdek, o‘quvchilarni ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira
ni qo‘llashga o‘rgatish muhimdir. 0 ‘rganilayotgan materialni
o‘tilgani bilan qiyoslashga o‘rgatish ham xotiraning rivojlanishiga
ijobiy ta ’sir ko‘rsatadi. ENB o‘quvchilarda uzoq muddatli xoti-
rada eslab qolishga o‘rgatish savol-javob orqali amalga oshiriladi.
Savol-javob faqat o'tilayotgan mavzu bo‘yicha emas, balki o‘tilgan
mavzu bo‘yicha bo‘lishi kerak. Eshitishida nuqsoni boigan bo
lalar xotirasini rivojlantirishda yaxshi samara beradi. Bu takror
turi o‘quvchilarda qiyoslash operatsiyasini faollashtiradi, fikr ope-
ratsiyasini rivojlantiradi. Eshitishida nuqsoni boigan o‘quvchini
vaqtlar bo‘yicha ajratilgan takrorlashga o‘rgatish muhimdir. Agar
eshitishida nuqsoni boigan bolalarga eslab qolish uchun berilgan
material hajmiga ko‘ra katta va oson bolsa, uni hammasini yodlash
talab etiladi. Eshitishida nuqsoni boigan o‘quvchilarni so‘zlarni
ma’nodosh so‘zlar bilan almashtirish o‘qilgan matn mazmunini
o‘z so‘zlari bilan bayon qilishga o‘rgatish muhimdir. Bu eshitishida
nuqsoni boigan bolalarning fikrlash xotirasini rivojlantirishga ijo
biy ta ’sir ko‘rsatadi.
90
Kar va zaif eshituvchi bolalarning obrazli xotirasini tekshirish-
da T.Y. Ribakov (1911) tomonidan tavsiya etilgan «Shaklni top»,
D.Vekslerning subtest shkalasi metodikalaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |