Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Savol va topshiriqlar
1. Idrok va sezgi jarayonlariga umumiy tavsif bering.
2. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar sezgi va idrokining o'ziga 
xos xususiyatlarini yoriting.
3. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar nutqini shakllantirishda 
ko'ruv sezgisining o'rni qanday?
4. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarni fan asoslariga o'qitish 
jarayonida taktil-vibratsion sezgilarni qo'llash mumkinmi?
5.2. Eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarning
diqqat xususiyatlari
«Diqqat — ongimizning muayyan obyektga yo'naltirilishi va unda 
to'planishidan iborat psixik holat. Diqqat ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ix- 
tiyoriydan keyingi turlarga ajratiladi»1 — deb bayon etilgan izohli 
lug'atda. Diqqat mohiyati inson tomonidan biror narsalarni aniq aks 
ettirishda ko'zga tashlanadi. Bir vaqtning o'zida boshqa narsalardan 
biror predmetni ajratib idrok etishga yordam beradi. Diqqatning 
fiziologik asosini bosh miya ayrim qismlaridagi qo'zg'alishlarning 
ayrim markazlarda to'planishi tashkil etadi.
Inson tomonidan sezgilar orqali qabul qilinayotgan barcha narsa­
larni idrok etish diqqatsiz amalga oshmaydi. Idrok, demak diqqat- 
siz yuz bersa yuzaki, fragmentar sodda tarzda amalga oshadi. Shu 
bois, o'quvchilarning o'quv fanlarini to'la, keng o'zlashtirishlarida, 
m a’lumotlarni tushunishlarida diqqat jarayoni o'ta muhimdir. 
Shu bilan birga diqqat xususiyatlari: turg'unlik, bo'linuvchanlik, 
taqsimlanish, ko'chish kabilar ham tez sur’atla? bilan takomillashib 
boradi. Diqqatni biror joyga to'play olish, uni shu nuqtada m a’lum
1 Psixologiya. Q isqacha izo h li lug'at. — Т.: 1998. 15-b.
84


muddat ushlab turish diqqatning sifatlaridandir. Diqqatni bo‘la 
olish har bir shaxsning qo'lidan kelavermaydi. Bu narsa asab tola- 
lari hujayralarining harakatchanligiga bog‘liq. Diqqat asosan o‘quv 
faoliyat asosida amalga oshib boradi. Normal eshituvchi shaxs­
larda ham, eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarda ham ta ’lim -tar­
biya ning asosiy maqsadi diqqatni tarbiyalashdir. Nuqsonli bolalar 
diqqati qator bolalarda, bolalar diqqatini o‘qituvchi, tarbiyachining 
og‘zaki nutqi boshqarib borsa, eshitish qobiliyati buzilgan bolalar 
diqqatida ko‘rish taassurotlari yetakchilik qiladi. Eshitishida nuq­
soni bo‘lgan bolalar bir vatqning o‘zida ham ko‘rgazma material­
larni idrok qilish, ham o‘qituvchining labidan uqib olishi amalda 
m um kin emas. Shu bois, bu bolalarga dastlab narsalar namoyish 
etiladi. Undan keyin ular tushuntiriladi. Bu toifa bolalarda I va II 
signal tizim lari orasida munosabatlar tez shakllanmaydi. Sinflar 
yuqorilashgan sari eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bosh mi- 
yalaridagi qo‘zg‘alish m arkazlari izchillashib boradi. Asta-sekin bu 
holat normal bolalar xususiyatlariga yaqinlashib boradi. Bu ishlar 
surdopedagogning ishini birm uncha murakkablashtiradi. Ayniqsa, 
boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchi, tarbiyachilar og'zaki ko‘rsatmalar 
bilan bolalar diqqatini boshqara olmaydi. Bu toifa bolalar diqqa­
tini ko‘rish va tebranish qo‘zg‘atkichlari orqali boshqarib borish 
imkoniyati mavjud.
Bu bolalar diqqatini to ‘plash, yig‘ish, tarbiyalashda turli-tu- 
m an ko‘rgazmali qurollardan keng foydalanish ijobiy samaralar 
beradi. Og‘zaki nutq um um an nutq orqali karlar bilan muloqot 
qilish surdopedagoglarning bolalar bilan bo‘ladigan faoliyatlarida 
asosiy vositadir. Bu bolalarda nutqni o‘stirish orqali ular diqqatini 
boshqarib, tarbiyalab borish m um kin. Shu narsa juda muhim ki, 
gapirayotgan kishining lablariga butun diqqatni qaratish oson vazi- 
yat, ish emas. «Labdan o‘qish, — degan edi F.F. Rau, — bu nutq 
a’zolaridan chiqayotgan og‘zaki nutqni ko‘rish idrokidir». Bu narsa 
gapirishga oson. Ammo, uni bu yerda qanchalik diqqat zarurligini 
anglamoq uchun boshdan kechirm oq kerak. Shu bois, bu toifa 
bolalar normal eshituvchi bolalardan ko‘ra tezroq, ko'proq char- 
chaydilar. Bu bolalarga yordam tarzida daktil nutqdan foydalanish 
tavsiya etiladiki, bu usul orqali bolalar idroki yengillashib, o‘quv
85


materiallarini egallashlari osonlashadi. Daktil nutqi eshitishida 
nuqsoni bo'lgan bolalar ta’lim-tarbiyasining dastlabki yillarida 
keng qo‘llanilishi tavsiya etiladi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bo­
lalar diqqatini ushlab turishning uchinchi xususiyati, sharti sur- 
dopedagogning sinfdagi o'zini to'g'ri tutishidir. Surdopedagog 
quyidagi qoidalarga amal qilmog'i zarur. Butun sinfga yuzi bilan 
qaragan holda darsni olib borishi. M umkin qadar sinfda bilim 
berganda yurmasligi, to'g'ri kelgan holda tushuntirmasligi lozim. 
Ko'rgazma qurollar namoyish qila turib, bir vaqtning o'zida uni 
tushuntirishga harakat qilmasligi kerak. Kar va zaif eshituvchi bo­
lalarning diqqatlarini to'plashning to'rtinchi sharti shuki, darsda 
m umkin qadar ko'proq ko'rgazma qurollardan foydalanish lozim. 
Beshinchi sharti shundan iboratki, eshitishida nuqsoni bo'lgan 
bolalar diqqati ovozli qo'zg'atkichlarga bog'liq emas. Eshitish qo­
biliyati buzilgan bolalar diqqatini to'plash, bir maromda m a’lum 
muddat ushlab turishning asosiy omillaridan biri mimikalardir. 
Bu narsa juda katta ta ’sirga, jalb etuvchi kuchga ega. Kar va zaif 
eshituvchi bolalarda diqqat maxsus ta ’lim-tarbiyaning asosiy ta- 
lablaridan hisoblanadi.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin